Chat (1) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: Zilol jonim asalim (bahorgi voqealar-2)
Davomi..... Zilol shirakayf holda oshxonadan uyga kirdi televizorni yoqib asta to'shakka cho'zildi. ...davomi
Eng yangi ehtiroslar sayti
Savol Javob o'yini haftaning juft kunlari 21:00da!
Yulduzim))
<< 1 2
xonadan chiqishga qarab yurdi.
- To’xtab turing. – tortmadan biri katta biri kichik qutilarni olgan Zahro ularni Boburga tutqazdi. – Bular sovg’a. Yaxshi nishonlab keling. Baxtli bo’linglar.
Yigit uydan chiqqach nima ekan deya qiziqib qutilarni ko’zdan kechirdi. Biri ajoyib farang atiri, ikkinchisi juda chiroyli ayollar qo’l soati. O’zining sepidagilardan shekilli deya portfeliga solib oldi.
Dars tugab barcha guruhdoshlar oliygoh yaqinidagi anchagina dabdabali restoranga yo’l olishdi. Ichkariga kirib og’izlari ochilib qoldi ularni: tug’ulgan kun bazmi uchun yozilgan dasturxon shohona bezatilgan edi.
Hamma shod, barcha xursand. “Chaqaloq” Shahlo sharafiga qadahlar ko’tarildi. Sovg’alar tortiq qilindi. Boburning berganlarini hafsalasizlik bilan olgan Qiz mensimaygina yonidagi stolga qo’ydi. Shu payt davraga yan bir mehmon kirib keldi: qo’lida guldasta, ko’zlari kibrli boqib turgan, yoshi o’ttizga yetib qolgan bo’lsa ham ancha hashamatli kiyimlar kiyib tilla soat taqib olgan kishi. Yangi tashrifchining iqboliga shoshgancha yugurib chiqqan Shahloning yuzida Bobur uchun tanish kulgu balqdi. Buketni qizga topshirgan mehmonning qo’llari uning bo’yniga yo’naldi. Qo’llar pastga olingach hamma dong qotdi qizning bo’ynida yarqirashidan juda qimmatbaholigi sezilib turgan briliant ko’zli taqinchoq paydo bo’ldi. Hadya evaziga mukofot uchun tutilgan lablarga qizning yanog’i emas – dudoqlari javob bo’ldi.
Bu vaziyatga arang chidab turgan Bobur yon tomonidagi qizlar suhbatini eshitib portladi, Bir vaqtlardadgidek eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi davradan, qulog’i ostida esa o’sha gaplar tinmay yangrardi “Bu kishini taniysanmi? Shahloning opasini rahbari ekan, praktikaga borganda yoqtirib qolibdi. Mana endi ikkinchi xotin qilib olyapti ekan. O’ziyam shu paytgacha rosa silkitdida shu odamni – bo’ynidagi olmos hech gapmas ularni oldida...”
Uyiga qaytguncha turli narsalarni o’ylab mastdek gandiraklab ketayotgan yigitning yodiga bir gap keldi “Baxtli bo’ling...” Zahroning alvidosi kabi jarangladi bu so’zlar!
Shoshib yotoqxonaga kirgan Bobur Zahroni uyerda ham topolmadi – xuddi quyoshi yo’q osmon kabi fayzsiz hovlidagi maxzunlik yopiq eshik-derazalardan o’tib shu yerni ham to’ldirgandi.
Ikkisi hech birga yotmagan yotoqxona-kravati ustida birgina xat yotardi: ”Bobour aka, siz albatta baxtli bo’lasiz. Sizni shuncha vaqtdan beri qiynab kelganim uchun kechiring. Rosti o'shanda sizni aldagandim - doim sizni sevib yurganman...” Yerga cho’kkalab qolgan yigit najot qidirgandek atrofga boqdi. Kravat tagidan nimadir yaltiradi – bu u hech qachon qo’liga olib varaqlamagan to’y albomlari edi. Muqovasida o’sha bir martagina jilmayganida olingan surat, yo’qotgan yulduzi nur sochib turibdi – ibo bilan yerga boqib turgan Zahro.
Uyiga qaytgandan beri onasining hamma so’rovlariga “Ha” “Yo’q” degan qisqagina javob berib o’tirgan, nima qilib qo’yganini aytolmasdan Sog’inganimdan ko’rgani keldim deya olgan Zahroning joniga eshikdan kirib kelgan Bobur oro kirdi.

P.S. Xato va kamchiliklar uchun uzr so'rayman.
Ovoz oldi:[* 10] [* 1]
<< 1 2
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Tasodifiy Video XXX
molodej_uzbek.3gp (3.6 mb)
Комментарии (0)
Super kelinchak
На главную
EroTop.mobiwaplog