erouy.ru

::::Jumboq:::: (2-sahifa)

Qo‘shnilar bilan

qarab qochdi va bir..ikki..qadam..

Zoir qanday qilib bir necha soniya xavoda muallaq uchayotganini xis qildi.

So'ng suvga sho'ng'idi.Butun badani zirqirab ketdi.

Beli bilan qattiq toshga urildi.

Og'riqdan baqirmoqchi bo'ldiyu og'zi va o'pkasiga suv to'lib kirdi.Bir ikki o'qchib suv ostida oxista oqim bo'ylab oqib ketdi..

Zokir nima qilishini bilmay qotib qoldi.

Zoir Farxod deb qichqirdiyu jim bo'lib qoldi.U yoqda nimalar bo'ldi.

Zokir o'sha tomonga borib aniqlik kiritmoqchi bo'ldiyu qo'rquv ustunlik qilib uyi tomon qochdi.

Yo'l bo'yi yugurib ketarkan uyidagilariga nima deyishni ham pishitib ketdi.Farxod haqida aytsa o'zini choxga tashlagan bo'ladi.Shunchaki Zoir yo'qolib qoldi deb aytaman.

Uyga qaytgan Zokir shunday dedi ham.Yarim oqshom deyarli qishloqninv barcha erkaklari Zoirni izlay boshlashdi.Zokir ularga Zoir oxirgi martta qayerda bo'lganini ko'rsatdi.Dadasi esa bu orada yuragini changallab qoldi uni kasalxonaga olib ketishdi.

Bir necha soat izlaniahlar natiha bermagach tong otgach qidiruvni davom ettirishga kelishib olishdi yana melitsyaga ham habar beriŝhadigan bo'lishdi.

Zoirni izlayotganlar orasida albatta Dovud bilan Xalim ham bor edi.

Sal oldingi daxshatdan xaliam o'ziga kelmagan Zokirni ikkisi chetga surib so'roq savol qila boshlashdi.

-Nima bo'ldi Zoirga..?Nima qilib yurgandilaring bu palakat joyda aa?

Dovud vishshilab Zokirning yelkasini changalladi.

-Xo'kkiz qochib ketgan ekan dedi Zokir mo'ltirab qarab..

Zoir bilan qaytarishga kelgandik.Zoir narigi tomondan men bu tomondan o'tayotgadik birdan u Farxod deb qichqrdiyu jim bo'lib qoldi.Menimcha Farxod uni jarga itarib yubordi!

-Jin ursin Farxodni.

So'kindi Xaĺim.

-Bo'lishiumkinmas u o'zi o'lar xolatda edi yana shuncha balanddan tashlab yuborgandik.U tirik bo'lishi mumkin emas.

-Unda ertasiga bizni izlab kelgan kim edi??

Zokir yig'lamsirab gapirdi.

Menimcha Farxodning arvoxi bizdan qasd olmoqchiga o'xshaydi.

-Dovdir bo'lma sayrayverasanmi og'zim bor deb.

Dovud orqa oldiga qarab.

-Xo'p u tirik qolgan ham deylik unda nega melitsyaga bermay yashirinib yuribdi nima u bizdan o'ch omoqchimi??

Xalim yutinib qo'ydi.

-Bo'ldi bas ertaga melitsiyadagilar kelsa hammasi ayon bo'ladi hech kim hech kimga lom mim demasin!!

Ertasiga tong otishi bilan odamlar yana qidiruvga zo'r berdi.Sal keyinroq chaqiruvdan keyin yetib kelgan qidiruv hodimlari ham qo'shilishdi.

Jarlikning sayoz tamonidan soy bo'yiga tushga ikta vadalas to tushgacha chiqmay Zoirni aniqrog'i uning tanasini qidirishdi.

-Topildi!!!!

Pastdan qichqirdi kimdir.Olomon gurrrr etib o'sha tamon yugurishdi shu barobarida Dovud va xamtovoqlari ham.

Pastdagi hamqishloqlari battar qichqira boshlashdi..

-Oooo bu Zoir emaaaaaas...Bu Farxooooood Farxooood..

Bir zumda olomon ichida bu vaximali xabar tarqaldi.

Qiduruvda qatnashayotgan Farxodning dadasi Rustam aka esa bu xabardan o'g'limmm deb ingradiyu yerga yiqildi.

Uni ham Zoirning dadasi ortidan kasalxonaga jo'natishdi.

Tushdan so'ng qishloqni melitsiya bosdi.Uch to'rt mashina xavsizlik xodimlari surishtiruv ishlarini darxol boshlab yuborishdi.Tepaga ko'tarilgan Farxodning bo'lka nondek shishib ketgan tanasi ekspertizga olib ketilayotganda pastdan vadalaslar ikkinchi tanani ham topishdi.

bu safar qishloq axli bu tana egasi Zoir ekaligini takidlashdi.

Qishloq axliga bir yilga yetar mish mishlar tarqadi.Ekspertiza xulosasi shu bo'ldiki Zoir baxtsiz xodisa tufayli vafot etgan.Lekin Farxodni avval o'ldirishib so'ngra suvga tashlashgani ma'lum bo'lgach melitsyadagilar har bir erkakni so'roq savol qila boshladi.

Jinoyat ishlari hodimlari uyma uy yurib Farxodni oxirgi ko'rganlardan ko'rsatmalar ola boshladi.

Farxodning Shirin bilan uhrashuvlaridan boxabar ba'zilar Shirinni detektivlar qarshisiga anaa deb chiqarib qo'yishdi ham.

Shirnni so'roq savol qilganda qiz barchasini oqizmay tomizmay aytib berdi.Qayerda qachon uchrashishganiyu qachon ortlariga qaytishganigacha.

Shirinning dadasi qizining kechasi uhrashuvga chiqqanidan darg'azab bo'lib uy qamog'iga mahkum qildi.

Izquvarlar harchand urinmasin qo'lga ilinarli hech nima topisholmadi.

Bu orada Dovud bilan Xalim qil ustida o'tirgandek o' tirishdi.Na yeyishlarida na yotishlarida tayin bo'ldi.

Kasalxonadagi Rustam aka esa o'sha yoqning o'zida vafot etib qo'ya qoldi.

Farxodni yo'qlovchi oxirgi odam ham vafot etgach uning o'limi shunchaki yopilmagan ish sifatida qolib ketdi.

Oradan uch oy o'tdi.Dovudning sovchilari Shirinning uyidagilarini xoliga qo'yavermagach boz ustiga dadasi hali ham qiziga achchiq qilib yurganidan qizning rayiga ham qaramay rozilik berib yubordi.

Unashtiriuluv o'tgach bir oydan so'ng Dovudning uyidagilari qizni to'y qilib olib ketadigan bo'lishdi.Dovudga dadasi shaxar yaqinidan mashina tuzatadigan ishxonani ijaraga olib tagiga bitta jiguli olib bergach hammasi Dovud uchun "Happy and" bo'lib tugadi.

Xammasi bosdi bosdi bo'lib yakunlanganidan xursand Dovud kechqurun ishdan ertaroq chiqib tanish "opasining" qo'ynida "kayf"qilib uyiga qaytgan ham ediki ortidan Xalim yugurgilab kelib qoldi.

-Haa Xalim nega xansirab yuguryabsan buncha!!

-Ee anavi dovdir melisaga boraman hammasini aytaman deb dod voy solyabdiku endi nima qilamiz.

-Nima itemganey shunaqa deyabdimi nima jin urdi uni!!

-Mashinaga o'tirchi boraylikchi unikiga..

Dovud bilan Xalim Zokirni uyidan zo'rg'a chaqirib olishdi.Bir o'zi ekan chiqshgada qo'rqdi.

-Ha nima uydagilaring biror yoqqa ketdimi??

Dovud Zokirni mashinasiga solib qishloqdan chiqib ketarkan bizni heh kim ko'rmadimi deb bir razvedka qilib oldi.

-Haa akam oyim bila dadamni yana kasalxonaga olib ketishdi mazalari yo'q.Biror yoqqa ketyabmizmi??

-Hmm xoli joyda gaplashamiz sen Xalimga nimalardir debsan shu rostmi??

-Dovud men ..Men ortiq chidolmayman Zoir har kuni tushimga kirib yalinadi.Bu yoqda kunda kechasi derazamni taqillatadi kimdir.Qarayman hech kim yo'q kecha esa..

-Nima kecha ??

-Kecha derazam ochiq edi kehqurun nimadir xirillab ovoz chiqardi d-d-deraza tomondan..Qarasam Farxood..

Zokir oxiri yig'lab ham yubordi.

-O'laa erkakman deb yurishini buni.

-Men aytaman Dovud barini aytaman.Qo'rqma bu ishni men Zoir bilan qiganman desam silarga hech kim hevlch Nima qilmaydi.

-Menga qara ooo'v dovdir hech kimga hech nima aytmaysan eshitdingmi.Dovud mashinani to'xtatib Zokirga qichqirdi.

-Yo'q yo'q..Zokir huddi aqldan ozgandek mashina dan tushib qochishga urindi

Farxod, Farxod meni kechiiir..

Zokir qoqilib yerga yiqildi..Yotgan ko'yi ko'zlari ola kula bo'lgancha huddi qarshisida Farxod turgandek tinmay kechirim so'rardi..

Dovud bilan Zokir heh nimaga tushinmagancha vaximaga tushishdi.

Zokir bunaqa alaxsirashda to'g'ri ularni qamoqqa ravona etardi.

Ikkisining orasida Xalim dadilroq chiqib cho'ntagidan qayrilma pichoqni oldiyu so'ngi bor atrofga olazarak boqib haliam yerda ag'anab tinmay Faxodlab qichqirayotgan Zokirni bir necha bor duch kelgan joyiga pichoqni tiqib oldi.

Zokir xirillab og'zidan qon sizib chiqqandayam tilidan Farxod kechiiir degan bir jumlani takrorlay takrorlay tinchib qoldi.

-Yo'oooq..jinni bo'lib qoldingmi??

Dovud cho'kkalab qoldi.

Xozirgina ko'z oldida ro'y bergan vaxshiylik tasodif emas shunchaki qotillik edi.

-Eey ey Dovud davay tez yukxonani och..

-N.n.nimaaa ..

-Dovdirama blad xozir birov ko'rsa tamommiz yukxonani och tez..

Xalim bu safar qattiqroq do'qladi.

Dovud unda rosmana qo'rqa boshladi endi.

Ikkalasi Zokirni yukxonaga ortib egizagi ortidan tashlab yuborishdi.

Xalim xam ishni puxta qilarkanov mashinani qayt qayta yuvib bagajni qayta qayta tekshirdi qon qolmaganmikin deb.

Kun ertasi qishloqda yana duvduv gap yoyildi.Anzur akaning ikkinchi o'g'li ham yo'qolib qolibdi.

Bir zumda qishloqni militsya bosdi.

Qidiradigan joy ham ma'lum bo'lib qolgani uchun vadalaslar ko'p kuttirmadi.

Bu safar o'lik sal uzoqroq ketib qolgan shekilli ikki kun deganda Zokirning o'ligi topildi.Bu paytda Anzur aka boshidan ikkinchi insultni o'tqazib ortidan uchinchisigayam yo'l bervoribdilarda..Qishloqda yana qo'shmotam yuz berdi..

Yana so'roq tergov boshlandiyey kampirlargacha uchastkaga olib ketildi.

Ammo baxtga qarshi hech kim ko'rmagan hech kim hech nimani bilmaydi.

Zamonimiz shunaqada o'zi Bildim-tutilding!

Bilmadim-Qutulding!!

Dovud o'sha tundan beri Xalim bilan gaplashmay qo'ydi.Uyda ham ishda ham jimgina ishini qiladi.

To'yiga ham oz qoldi..

Ertalab ishga ketarkan oldidan kelyaotgan qiz Shirin ekanini ko'rib yo'lini to'sdi!

-Shirin to'xta senda gapim bor!!

-Menda yo'q yo'lizdan qolmang!

-Xali bo'lg'usi eringga shunaqa muomila qilasanmi!!

Shirin alamdan lom mim deyolmadi.

-Uchrashuvga chiqmayman debsan,nima men moxovmanmi yo biror joyim so'pog'mi.

Shirin unga lom mim demay turishidan Dovud battar xavolandi!

-Xali qarab tur birinchi kechadayoq tagimda dodlatmasammi seni!!

Shirin tishini tishiga qo'yib bu surbetning gaplariga quloq solib turgandi oxirgisi uni "portlatdi".

Dovudning yuziga zarb bilan shapaloq tortdida uyiga yugurib ketdi.

Qiz ich ichidan rosa xo'rligi kelib yo'l bo'yi yig'ladi.Agar Farxod tirik bo'lganida bormi bu kunlar bo'lmasdi..

Omin kim suyuklisga qasd qilgan bo'lsa o'zi ham shu kuyga tushsin!

Qiz ko'rinmay ketguncha ortidan g'azab bilan qarab turgan Dovud chirt etib yega tupurguncha ishiga jo'nadi.

Vaqt oqar suvdek ekan!

Bir zumda to'y kuni ham keldi deng.

Dovud ertalab uyg'onganidan bir fikrda kechasi chimildiqda Shirinning " dodini" berish!!

U shunchalar telba bo'lib qolgandiki oxirgi ishlardan xatto to'yda o'tirganlarida ham Shirinning qulog’iga chimildiq haqidagi gapini yana bir vor shipishtib qo'ydi.

Shirinni faqat oyisining yuzimni qora qilma qizim deb yolvorib so'ragani uni bu go'rsoxtaning yonida tutib turgan yagona sabab edi.

Yor yor ostida kuyovning uyiga kirib kelishdilar.

-Kuyovbola siz bir shamollab keling kelin tayyor bo'lguncha ho'p..

Yangalari Dovudni "badarg'a" qilgach kuyovbola hayajondi bosish uchun cho'ntagidan bir dona sigaret oldida tutatganchabog'il ortiga o'tdi.

Ichiga achchiq tutunni chuqir yutarkan shundoq oyog'i ostidagi kihkina ariqdan shildirab oqayotgan suvgabqaab istamasa ham yodiga Farxod kelib ketdi.Yoqimsiz xotiralardan bezib aftini bujmaytirgancha ortiga o'girilgadi hamki unga vajohat bilan tikilib turga Farxodni ko'rdi.

Uninng boshidan qon oqib yarim yuzini qoplagan.Nimadir demoqchi bo'ldiyu ovoz o'rniga faqat xirillab qo'ydi.

-Fa a a arxod..duduqlanib Dovud o'zini yo'qotib qo'ydi.

Farxodning qoqsuyak bo'lib ketgan sovuq qo'llari uni iskanjaga olganda ko'z oldi qorong'ulashib hushini yo'qotdi.

Kuyov bola keldi degan pichir pichirdan Shirinning yuragi tez tez ura boshladi.Xozir Dovud kelib undan "alamini" olishini o'ylagan qizni vaxima bosdi.

Dovud esa boshini egib chimildiqqa kirdida shundoq yonginasiga o'tirib huqur uff tortdi.

-Bu kunni qancha kutdikga Shirinim!!

-Nima??

Shirin yalt etib Dovudga qaradi.Uni faqat Farxod Shirinim deb atardida.

Uning qo'rqayotganini sezgan yigit tasalli berdi.

-Qo'rqmang Shirinim bu hamma yigit qizning boshida bor narsa..Aslo xijolat ham bo'lmang.Istasangiz bu kecha dam olaqoling.

Shirin Dovudning "o'zgarib" qolganidan xayron edi..

-Sizga bir she'r aytib beraymi!!

Oy to'lgada sizni kutdim!

Kelmadingiz Shirinim..

Men g'aribni sog'intirib..

Kelmadingiz Shirinim..

-Siz qayerdan bilasiz bu she'rni!!

Shirin lol qolgancha Dovudga tikildi..

Dovud esa bir dam chuqur nafas oldida Shiringa qaradi..

-Bu she'rni ikkimiz oxirgi uchrashuvimizda to'qigandikku Shirinim meni tanimadingizmi!!

Meni ,suyuklingiz Farxodniya..

-Nima...???

*****

Qishlqoda duv duv gap .

Dovud o'g'liga sunnat to'y qilayotganmish!

Haa Shirin ikkisi biram baxtli oila bo'lishdiya. Qarang qanday bir biriga mexribona..

Xalim bu kabi gaplardan bezor bo'ldi..

Mana Dovud uylandiki u bilan aloqalrni butkul uzgan.

Jin ursin dedi Xalim yerga chirt etib tupurarkan.

Bugun siqilganidan tanish "opasinikida" asablarini tinchlantirib qaytishda qaysidir kafeda o'lgudek ichgan Xalim gandiraklab mashinalar serqatnov yo'lga qanday chiqib ketganini bilmay qoldi.Oxirgi ko'rgani qandaydir mashinaning yorug' faralari bo'ldi.

Mislsiz og'riq vujudini egallaganda ham hali tirikligini sezib turardi.Shundoq tepasida ikki o'spirinning gaplarini elas elas eshitdi.

-Jin ursin o'lib qoldimi??

-Qara hech kim yo'q davay ko'tar anxorga tashlab yuboramiz itam xitlolmaydi.Bo'lmasa qamalib ketasan o'rtoq..

-Davay ko'tar...

Xalim ingardi gapirmoqchi bo'ldi lekin ovoz o'rniga sassiz xirillagan tovush chiqdi tamog'idan.

So'ng qanchadir vaatdan keyin xavoda muallaq uchdiyu suvga sho'ng'ib o'pkasiga sovuq suv to'lganda so'ngi bor tipirchiladiyu oqdi ketdi..

Xalim qishloqdagi Farxod bilan bog'liq so'ngi inson ekanligini kim ham xayoliga keltiradi deysiz!!!

Boyfrend 24 Uzbxxx.com sayti uchun yagona nusxada!

2017