Yangi yil hazillari.! :)
1. - Hoy bola, yoshing nechada?
- Bilmayman.
- Unda aytchi,
- Menimcha... yigirma marta...
- A-ha, demak yigirmaga kiribsan...
2. Yangi yil aksiyasi! Bizda eng noyob shokoladlar mavjud! Qo'ng'iroq qiling! 9647864*
* Bu telefon raqami emas, shokolad narxi.
3. - Qorbobo, siz haqiqiymisiz? - so'radi bolakay.
Qorbobo unga javoban cho'ntagi va qalpog'i tagidan sertifikat, ruxsatnoma va soliq to'lovi haqidagi hujjatni ko'rsatdi...
4. - Dada dada! Archamiz yonib ketyapti!
- Yonmayapti, o'g'lim, nur sochib jilolanyapti.
- Ha-a... Dada dada, pardalarimiz ham nur sochib jilolanyapti!
5. Bola bog'chadan butun ust boshi timdalangan holda qaytibdi.
- Senga nima bo'ldi? - so'rabdi onasi uning kiyimlariga qarab.
- Archa atrofida qo'l ushlashib aylanib, qo'shiq aytdik.
- Nima bo'pti?
- Archa juda katta, biz esa ozchilik edik...
6. <
7. 1 yanvar tongi. Dorixonaga kelgan bolakaydan sotuvchi ayol so'rayapti:
- Sen ham dorilar ro'yxati bilan keldingmi?
- Xa, - shoshib javob berdi bolakay.
- Tushunarli, qog'ozchangni ko'rsatmasang ham bo'ladi: bosh og'rig'ini qoldiruvchi dori va faollashtirilgan ko'mir.
8. - Dada topingchi, qaysi poezd kech qolyapti?
- Qaysi biri, o'g'lim?
- Siz o'tgan Yangi yilda menga sovg'a qilmoqchi bo'lgan poezd...
9. Yangi yil oqshomida mehmonlar uzoq o'tirib qolishdi. Uy bekasi nima qilishni bilmayapti. Telefon jiringladi. U telefonni yoniga bordi va shu ondayoq miyasiga bir fikr keldi va baqira ketdi:
- Yong'in, Yong'in!
Mehmonlar:
- Kimnikida yong'in?
- Yaxshi eshitmay qoldim... Sizlardan biringiznikida.
10. 1yanvar tongi. Mehmonga yo'l olgan uy bekasining uxlayotgan turmush o'rtog'iga xati: <
Yangi yil barchamizga baxt, omad, sog'lik, quvonch olib kelsin! E'tiboringiz uchun rahmat!