IZHORI DIL ZOR KO`NGIL...
IZHORI DIL ZOR KO`NGIL...
Murod, 1945 yil urush tugagandan keyin, O`zbekistonga qaytishni istamadi. Ota onasi allaqachon u dunyoga ketishgan. Biror yaqin kishisi ham qolmagan. Shuning uchun o`sha yerda qolishga qaror qildi. Bir yildan ziyod Berlinda harbiy gospitilda davolandi. O`sha yerda ikki yil yashagandan keyin. Samaraga qaytdi, harbiy gospitilda tanishgan do`sti Ivanov Alekseyvichni uyida yashab turish uchun joylashdi.
Ivanov bilan oralarida, tushuntirib bo`lmas bog`liqlik bordek huddi aka ukaday bo`lib ketishgan edi. Yana ikkovlari ham urush asoratlarini o`z boshlaridan o`tqazishgan. Ivanov o`sha urush oqibatida, bir oyog`idan ayrilgan. Murodni ahvoliga ham havas qilib bo`lmaydi. Yonginasida portlagan sinaryar uni bir ko`zini ko`r qilgan, bir qulog`i shang`illaydigan bo`lib qolgan. Yuziniku aytmasa ham bo`ladi. Harbiy shifokorlar ancha ishlashdi. Lekin baribir maxluqni eslatuvchi qiyofada qoldi. Yuzida kattagina chandiq qolgan, enli va qizg`ish rangli bo`lib, uning peshonasidan to iyagigacha tushgandi. Bu chandiq juda xunuk ko`rinar. Go`yoki uni qilich yoki boltaga o`xshash suvuq qurol bilan yuziga urushgandek, tasurot qoldiradi kishida. Bu chandiqlar asli uning qahramonligidan dalolat edi. Lekin Murod shundan keyin odamovui bo`lib qolgandi, zarurat tug`ulmasa ko`chaga chiqmasdi. Ivanovning qarib qolgan ota onasiga ko`maklashib, uy ishlarda yordam berib yurardi.
Bu oqko`ngil, bag`ri keng odamlar Murodning ham o`z o`g`llari qatori ko`rishardi...
Ivanov qo`ltig` tayog`iga tayongancha, shahardagi qavoqxonaga borib ichib keladigan odat chiqargan edi. Tunda mas kelgani uchun peshingacha uxladi. O`rnidan turgandan keyin ham anchaga lanj bo`lib o`tirdi. Murodni bir-ikki qilgan xazilidan so`ng sal kayfiyati ko`tarilib dasturxon yoniga kelib o`tirdi. O`tirgan hamoni, qo`ynidagi kichikroq shiysha idishga quyulgan, qo`lbola tayorlangan aroqni ochib stakanga quymoqchi edi. Otasi Andrey amaki shiyshani olib qo`ydi.
- Bolam bu, taqdir urushda ko`plar oyoq-qo`lidan, yana kimlardur har ikkisidan, milyonlab odamlar shirin jonidan ayrildi. Muxumi tirik qoldin-ku, -otaxon bir xursinib qo`ydi. - O`zingni bunchalik harob qilma...
- Bas ota... - Ivanov stol ustiga musht tushurdi. - Menga qanday yashashni o`rgatmaaaa! -deb baqirdi.
- Otangga baqirma, - Murod o`rnidan turib, Ivanovni tinchlantirishga urundi. - Otangni yoshini hurmat qil!
Ivanov bu gapdan so`ng sal tinchlanib, uning yelkasiga yengil qoqib qo`ydi.
- Otang to`g`ri aytyabdi, bolam o`zingni ham bizni ham qiynama! -bir chetda, yirtiq yamoqlarni chatilayotgan, ona. Minira hola qo`shildi. Ivanov onasini ham ranjitib qo`ymaslik uchun indamaygina qo`ltiq tayog`iga tayanib o`rnidan turdi. Asta eshik tomonga yurdi.
- Bolam qo`y, boshqa borma uyoqqa! -dedi Minira hola o`g`lini yo`lini to`sib.
- Ko`ngil yozib kelaman ona. -Ivanov yalinsib onasini yosh to`la ko`zlariga termuldi.
- Mayli bor o`g`lim, faqa boshqa aroq ichma. Manga so`z ber?
- So`z beraman! -dedi Ivanov onasini qo`llaridan o`pib.
- Murodni ham olib ket, hamma ishlarni iningni zimmasiga yuklab qo`ydik. U ham aylanib ko`ngil yozib kelsin... -dedi Minira hola.
- Hali o`tin yorishim, otga hashak berishim kerak! -dedi Murod ko`chaga chiqgisi kelmayotganini bildirmaslik uchun.
- Boraqo buyog`ini chol, kampir eplaymiz, -dedi otaxon va unga yaqinroq kelib shipshidi. - Qarab yur, ichishiga yo`l qo`yma!
- Ho`p! - dedi otaxonni so`zini ikki qilishni istadi...
Ko`chaga chiqishdan avval chelakka engashib undagi suvda o`z aksini qa`radi. Soqol, moylovi o`sgan bo`lsada, chandiqini yashira olmagan. Boshiga eski shilyapani bostirib kiyib oldi. Har ehtimoldan kamzulini yoqasini ko`tarib oldi.
Ivanov qo`ltiq tayoqqa tayangancha yagona oyog`ini ko`tarib oldinga tashlardi. Murod uni yonida, asta tosh ko`chadan ketishardi. Eshiga lang ochilgan, kichikroq qovoqxonaga yaqinlashdilar. Atrofda kichik-kichik bolalar o`ynab yurishardi. Bolalar, yuzidagi chang`iga hayratlanib, qo`rquv bilan qarashlari Murodni biroz bezovta qilardi...
Ivanov tutungan inisini bezovtaligini sababini darov tushundi.
- Yur, inim boshqa yerga boramiz! -dedi va oldinga yurishda davom etdi.
- Shu yer maqul edi!
- Men seni bundanda yaxshiroq yerga olib boraman! -dedi Ivanov.
O`zi aytgan qovoqxona tomon, yo`l belgiladi. Murod uncha ro`yxush bermagan bo`lsa ham, Ivanov qo`yarda-qo`ymay usha tomonga boshladi. Uzoq yurdilar, buni ustiga Ivanovni sekin harakatlanishi Murodni diqqatini oshirardi.
- Ivanov hali uzoqmi?
- Ikki soatlik yo`l!
- Eee ha... - Murod quyosh yo`nalishiga bir qarab olgach bosh chayqadi.
- Nima qilamiz vaqtni bekorga o`tkazib, borgunizgacha qosh qorayadi-ku! Biroz samagon, oziroq pishgan go`sht olsak uyda o`tirib yeb ichardik-da.
- U yerda zo`r qizlar bor, bir ko`ngil yozib kelardik. Dastyorlar bari qizlar, ular ichida Masha degani bor. Ko`rsang o`zing ham qoyil qolasiz.
Murod peshanasini tirishib, chang`ini siypaladi. Biroz jaxli chiqdimi g`alati qarash qildi.
- Qoyil masman senga, hali shunga bir buzuqini deb mani o`sha yerga olib ketyabsanmi?! Ja g`alati odamsan-da! Ota onang bilsa nima bo`ladi?
- Nimalar deyabsan? Meni kim deb o`ylading? U yaxshi qiz, u yerda hech qanday yomon ish bo`lmaydi. O`ylamay gapirma inim! - Ivanov jaxil, kuyinish, istirob bilan gapirgandi. Uning Muroddan juda hafsalasi pir bo`lgani ko`zida namoyon bo`lganday.
Murod ham o`ylamay gapirib yuborganini tushunib indamay ketaverdi. Ikkovlari ham shu ko`yi bir-birlariga qaramay katta yo`ldan o`tib, yo`l bo`yidagi qovoqxona tomonga burildilar. Balant daraxtlar soya yolgan, salqingina yer. Atrofga yog`ochdan yasalgan stol stullar qo`yilgan. Chiroyli chiroyli afetsant qizlar xo`randalarga xizmat qilmoqda. Qator yog`och bo`chkalar qo`yilgan. Chaqqonlik bilan o`sha bo`chkalardan PIVO quyib berayotgan barmen oldida ishdan qaytayotgan kishilar chuvalashib turishardi. Barmenga yaqinroq stuldan biriga o`tirib afetsant qizga PIVO bilan dudlanga baliq buyurdilar...
Murod dastlab atrofga beyparvo o`tirgan edi.
Avvaliga uning egnidagi chiroyli ko`ylagi, savatchasidagi anvoyi qullari tufayli u Murodning e`tiborini tortgandi.
Uning o`rtacha bo`yi, ingichka bellari, kulimsirab turadigan yuzi hammasi ko`zga tanish ko`rinardi. Uning qadam bosishlar, hushbichim gavdasiga nomutanosib edi. Uning pushti, belitor, etagi keng, ko`ylagi oyog`idagi hushbichim tuflisi, eskiroq soyaboni katta shlyapasi o`ziga juda yarashib chiroyini yanada ochgandi. Ingichka yuzlari, moviy ko`zlari, hiyla qizargan yanoqlari. Uni huddi savatchasidagi gullariga o`xshatish mumkun. Gul o`z shirasi bilan atrofdagi asalarilarni o`ziga jalb etsa, bu ayol ham huddi shunday, o`z go`zalligi bilan atrofdagi erkaklarni etiborini o`ziga qaratayotgan edi. Hamrohi bu go`zal qizga hayajon bilan turmulib turgani ko`rgan Ivanov asta jilmayib gap boshladi.
- Qalay yurakdan urdimi deyman?
- Aaa... - Murod asta hushini yig`ib oldi.
- Bu qiz har kuni shu tamaddixonaga kelib, gullar sotishga urinardi. Men har safar uning gullaridan sotib olaman. Ajayib qiz tanishishni hohlaysanmi?
- Yo`q, yo`q! -dedi Murod ayolga termular ekan.
Gohi-gohida unga ichib olgan, ho`randalar gap otishar, unga tegajog`lik qilishardi. U bu hiralarga etibor bermaslikka harakat qilar, stollar orasidan yurar, biroz kulimsiragan qiyofada har bir stol oldida to`xtab, savatchadagi gullardan taklif qilar va ajoyib tbassum, bir og`iz shirin so`z bilan gullarini pullardi-da, yana xuddi shunday tabassum qilib keyngi stolga o`tardi.
- Ana ho`o`, afetsant qizni ko`ryabsanmi? Ivanovning entikib bir qizga ishora qilayotgani xayolini chalg`itdi.
- Ko`rdim! -dedi Murod bosh qimirlatib.
- O`sha men senga aytgan qiz. Ismi Masha...
Ivanov bu qizni ko`rib, to`lqinlanib ketganini Murod ko`rmadi. Uning butun o`y xayoli gul sotayotgan ayolda edi. Murod qovog`ini solib, shilyapasini soyabonini olginga egib, boshini biroz quyi solib oldi. Gulchi ayol ularni oldiga yetib keldi.
- Hayrli oxshom! -dedi u asta jilmayib.
- O`zinga ham... -dedi va qizni bo`y bastiga bir qarab oldi Ivanov. - Adashmasam, bu yerga kelgan paytlarimda seni ko`rmas edim. Yaqin mana o`ninchi martadir, men sendan gul sotib olyabman. Lekin ismingni aytmading? -dedi Ivanov bir necha tiyinni qizni qo`liga berib, savatchadan bir dona gulni sug`irar ekan.
U chiroyli tabassum, qilgancha boshini quyi solib o`tirgan Murodga qaradi:
- Ismim Lida... -dedida savatchadagi gullardan birini sug`urib Murodga cho`zdi.
Murod ``Yo`q`` degan ma`noda boshini chayqadi. Lekin Ivanov iltifot bilan unga yana pul uzatdi.
- Lida gulingni, menga beraqol. U gullarni Mashaga beraman! -dedi Ivanov.
Lida mamnun jilmayib gulni berdi va yana bir gulni Murodni oldiga qo`yib o`zi boshqa stol tomon ketdi. Murod asta kaftini peshonasiga tirab, yuzini yashirgancha qo`llari ostidan ayolga qarar ekan, stol ustidagi gullni avaylabgini qo`liga oldi.
- Qalay bu yer yoqdimi?
-dedi fikri hayoli afetsant qizda bo`lgan Ivanov.
- Uncha yomon emas. Lekin bu yerga boshqa kelishni istamayman!
- Nima uchun xohlamaysan?
- Sababini so`rama! Yaxshisi turaqolaylik, kech bo`lib ketdi?
- Ho`p! - Ivanov qo`l ko`tarib afetsant qizga ishora qildi.
- Sizlarga yaxshi xizmat qila oldikmi? -dedi afetsant qiz.
Murod qizga qarab bosh irg`ab.
``Rahmat``. dedi.
So`ng o`zbekcha urf-odatiga binoan yegan ichkanlarini haqqiga duo qilib, yuziga fotixa tortdi. Bu bilan ko`pchilikni etiborini o`ziga qaratgan edi. Shu jumladan Lidani ham. O`rnidan turganda ortida Lida daxshat to`la ko`zlarini uning chandigiga tikib turardi...
BIR NECHA YIL AVVAL...
1941 yil. 22 iyuda fashistlar Olmoniysi SSSRga qo`qqisdan hujum boshladi.
O`zbekistondan bir necha yuz minglab, er yigitlar qo`liga qurol olib yatan himoyasi uchun janga otlanishdi. Ular orasida endigina 18 Bahorni qarshilgan A...ov Murodjon ham bor edi. U piyoda askarlar safida, oldingi qatorda turib mardona jang olib bordi. 1943 yilning, nayabiri edi. Qo`qqisdan askarlar joylashgan yerga, Olmonya havo kuchlari qashqatgich jazba berishdi. Bir necha yuzlab askarlar halok, bo`ldi yana ko`plab askarlarga chekishga buyrug` berildi. Bambardemom bo`lgan yerda ko`plab o`liklar. Ular orasida baxtli tasaduf tufayli hech yeriga shikast yetmagan, Murod bey hush yotardi...
O`sha hujumda, u ko`plab safdoshlaridan ayrildi.
O`ziga kelganda, dahshatli manzarani ko`rdi. Atrofga eng yaqin do`stlarini jonsiz tanalari sochib ketgandi. Aylanib har bir jasadni tekshirdi, afsus birorta tirik zoh qolmagan.
So`ng atrofda yotgan askarlardan birini qurolini yelkasiga ilib, qoya tomonga yurdi. Bu yaqin yerlarda hech kim ko`rinmagandan so`ng, o`rmon tarafga yo`lini burdi. Ochiqqan, holdan toyib borardi, buni ustiga sovuq. O`rmondagi yovvayi mevalar bilan jon saqlab. Shunga qaramay u 3 kun o`rmon ichida adashib yurdi...
Yarim tun, g`azonlardan to`shak yasab, kattagina daraxt ostiga yotish uchun joy to`shadi. Ko`zlarini yumib, zum o`tmay uyquga ketdi.
Yaqin atrofdan, aftamtdan otilgan o`q ovizini eshitgandan keyin xushyor tortib daraxtlar panasiga berkindi. Daraxt panasida turgancha ularni kuzatdi. To`rt besht fashist askarlari, ikkitasi gulhan atrofida yana biri bir chetda ichib o`tiribdi. Boshqa tomonda yana ikkitasi bir qizga tegajoqlik qilmoqda. Qiz ularga yalinib, yolvarib qo`yib yuborishlarini yig`lab so`rardi. Uar esa o`z tillarida nimalarnidur gaplashishib, qizga qurol o`qtalib qo`rqitishar edi. Ulardan biri yonidagi hamrohiga qurolini berdida, o`zi qizga tajavuz qila boshladi. Ularni kuzatib o`tirgan Murodni nafas olishi tezlashib, tishlari g`ichirlardi.
U o`zbek, u oriyat, diyonatni, birinchi o`ringa qo`ygan yurt farzandi. Zayifalarni ardoqlash, ayollarni ezozlashni o`rgatishgan unga.
Qo`lidagi aftamatni qattiq ushlagancha joniga taval qilib fashistlar ustiga tashlandi.
Gulxan atrofida yotgan, ikkisi osongina jon berdi. Qo`lida aftamat ko`targani esa qarashga ham ulgurmadi, o`q orqa miyyasiga kirib ketdi. Qizga tajavuz qilayotgani, yuziga tekkan kuchli tepgi zarbidan ikki qadam nariga dumalab ketdi. Murod aftamatni narroqda ichib o`tirgan askarga qarata, tepkini bosdi. Lekin o`q otilmadi, faqatgina ikki bor tiqirlagan tepki ovazi eshitildi. Fashist quroliga intilayotganini ko`rgach, daxshatdan qotib qolgan qizni qo`lidan ushlab o`rmonga yugurdi. Ortlaridan otilgan aftamat o`qlari, yonlaridan chiyyilab o`tib ketardi. Omadlari kelib jarohat olmadilar. Bir necha yuz metirlar yugurganlaridan keyin. Dushman taqib qilmayotganini tushunib to`xtadilar. Ikkovlari ham hansirar edilar. Qiz haliham qo`rquvda, bir nima deyishga chog`lanardi ammo gapira olmasdi. Nafasini biroz roslagandan so`ng o`z tilida bir nimalar dedi. Rus tilini u qadar yaxshi bilmagani uchun, qizni so`zlariga uncha tushunmadi.
- Seni tushunmadim, sekinroq gapir, -dedi o`zi bilgancha ruschada gapirib.
Qiz yana bir nima dedida, ikki qadam ortga yurdi. Yigitga gapini tushuntira olmagani sezdi va qaytadan ishora bilan, donalab gapirdi.
- San boshaqa millatdanmisan? -qiz yana ikki qadam ortga surildi. - Iltimos manga tegma!
- Man O`zbekman...
- O`zbek... -qiz ham takrorladi.
- Qo`rqma man sanga teginmayman! -Murod yana bir orqaga qarab qo`ydi. - Yur ketaylik, anavilar kelib qolishi mumkun! -dedida asta yurdi. Qiz esa joyidan qimirlamadi.
- Yo`q, sen begonasan...
- Sanga yomonlik qilmayman, yur tezda ketaylik.
Qiz unga ishonmay ``yo`q`` deya bosh chayqadi. Murod qizni ishontira olmaganidan keyin. Engashib etigini qo`njidagi kichikroq hanjarni oldi.
Qiz hanjarni ko`rib yanada sarosimaga tushdi.
- Qo`rqma-qo`rqma. - Murod asta hanjarni o`tkir tigidan ushlab, sopi bilan qiz tomonga uzatdi. - Ol o`zingni himoya qilasan.
Qiz hanjarni olar ekan, yana dona-dona so`zlar bilan gapirdi.
- Meni qishlog`imga olib borib qo`y, -qiz qo`li bilan ishora qildi.
Murod ho`p deganday bosh qimirlatdi va qiz ko`rsatgan tomonga yura boshladi.
Qiz qo`lidagi hanjar dastasini maxkam ushlagancha ketib borar edi. Uzoq yurishdi, tong yorisha boshlagan vaqtda, kattagina daraxt tagiga o`tirishdi. Qiz juda ham charchaganmi daraxtga suyanib ko`zlarini yumdi. Zum o`tmay nafas olayotgani sezilmay uquga ketdi. Lekin yupun kiyimda bo`lgani uchun, tong solqinida sovuq qotib dir-dirardi. Murod tezda egnidagi harbiy formasini yechib qizni ustiga yopdi. Bu paytda tong yorishib bo`lgan edi. Yoruqda, qizning yuzi aniq ko`rindi. Bu on qizdan ko`zlarini uza olmay qoldi. Bu paridek qiz uyqusida bo`lsada, o`ziga qadalgan o`tkir nigohni seza oldi. Tezda o`rnidan turib, qo`lidagi hanjarni yigitga o`xtaldi.
- Menga yaqinlashma! -dedi qiz, ammo ustiga tashlangan harbiy kiyimni ko`rib, yuzi qizardi. Yigit yomon niyatda emasligini tushunday boshini quyi soldi.
Yigit yerda yotgan kiyimini olib qizni yelkasiga tashladi. Qiz asta boshini ko`tarar ekan, ko`zidagi yoshlarni chaqqonlik bilan artib oldi.
- Rahmat... -qo`lidagi hanjarni yigitga uzatdi. - Sen yaxshi odam ekansan, meni kechir!
Murod javaban bir jilmayib qo`ydi. Hanjarni olar ekan, qo`li qo`zni qo`liga tegib ketdi. Asta qizni barmoqlarini ushladi.
- Qo`llaring muzlab qolibdi-ku! -dedida qizni qo`llarini kaftlari orashi olib, og`zi yordamida kuflab issita boshladi. Qiz indamadi, ammo nim tabassum bilan, yigitni harakatlarini kuzatib turar edi. Allaqachon bu mart, kelishgan, xalaskorini sevib qolganini yuragining har bir urushi takitlardi. Yigit ham chiroyda tengsiz, rus qizining moviy ko`zlarini asiriga aylanganday go`yo. Harakatsiz qotib turib qoldi, ularning o`rniga ko`zlari bir-biriga isxori dil qilayotganday.
- Isming nima? -dedi, bu rus qizi ekanligini unutib sof o`zbek tilida.
- Seni tushunmadim?! -dedi qiz.
- Isming nima? -endi rus tilida.
- Ismim Lida, senikichi?
- Murod...
- Murod... - qiz shunday, ehtiros bilan talafuz qildiki. Bir on bo`lsada, yigitni hushini o`g`irlab qo`ydi.
Lekin, yigit tezda o`zini tutib oldi. Garchi urush payti bo`lsada, bu ishi odobsizlik ekanini tezda anglab hislarini berkitishga urundi.
- Yur tezda qishlog`inga yetib olaylik. Bo`lmasa ochlik ikkimizni ham harob qiladi.
Qiz bu fikrni maqullab oldinga o`tti. Tushga yaqin o`rmondan chiqishdi, qandaydur qishloq ko`rindi.
- Ana mening qishlog`im? -qiz qishloq tomonga ishora qildi.
Yigit asta qadamini sekinlatdi.
- Murod yur tezroq... -endi qiz yigitni qo`lidan ushlab oldinga tortdi.
Qishloq o`rmonning etagida joylashgan, uncha katta emas edi. Deyarli uylar bo`shab qolgan. Boshqa uylarda ham faqat ayollar. Bir necha qariyalarni hisobga olinmasa erkak zoti qolmagan.
Qishloqqa yetib kelishganda, ularni oldida bir nechta ayollar chiqib kelishdi. Avvaliga yigitni yoqtirmaygina qarshi oldilar.
Lida ular bilan yig`lab yuborgiday bo`lib ko`rishdi. So`ng halaskorini qahramonligini to`lib-toshib so`zlab berdi. Shundan so`ng, ayollarni qarashi keskin o`zgardi. Yigitni iliq qarshilab, qornini to`qladilar. Atrofida parvona bo`ldilar. Ayniqsa Lida bu yigitni bir zum bo`lsada yolg`iz qo`ymaslikka harakat qiladi. Ayollar kelishgan holda uni bo`shab qolgan uylardan biriga joylab qo`yishdi...
Oradan 3, 4 kun o`tgan edi. Murod biroz charchog`ini chiqarish uchun, yog`och kiravada uhlab yotgan edi. Sochlarini kimdur silaganidan uyg`onib ketdi. Yonida Lida jilmayib qarab o`tirar edi. Avvaliga bu hol unga g`alati tuyuldi.
- Lida nimaqilyabsan?
- Seni ko`rganini kirgan edim! -qiz hislarini yashira olmay yigitni yuzlarini siladi.
Murod avval derazaga so`ng stol ustiga yoqib qo`yilgan shag`amga qaradi. Qizni qo`llarida asta ushladi.
- Lida tunda qiz yolg`iz yigitni xonasiga kirishi odabdan emas! -yigit qizni yana bir bor lol qoldirdi.
- Ertaga yana kelaman! -
Qiz asta o`rnidan turib yurar ekan, eshik oldida to`xtadi.
- Murod seni sevib qoldim... -dedida uyaldimi tez ketib qoldi...
Mana beshinchi kundirki, qiz yigitni xonasiga tashrif buyuryabdi. Har safar chiqib ketishi oldidan, yigitni sevishini takitlamoqda.
- Murod men qizbola boshim bilan seni sevishimni aytmoqdaman. Lekin sen nega jimsan?
- Lida, so`zlarimni diqqat bilan eshit, -yigit bir hursundi. - Biz birga bo`la olmaymiz!
- Nima uchun?
- Biz boshqa-boshqa dinga mansub, kishilarmiz. O`z nafsim uchun sani aldab ketgim yo`q...
- Ooo... Murod yurtingni har o`g`loni senga o`xshaganmi?
- Ha!
- Yurting qizlariga havasim keladi! -qiz ko`zidagi yoshni asta sidirib tashladi.
- Men bir qarorga keldim, seni diningga o`taman, shunda meni o`zing bilan olib ketasanmi?
- Bunga oylang nima deydi?
Qiz asta boshini quyi soldi.
- Oylam halak bo`lgan. Bu olamda sendan boshqa yaqinim yo`q. -dedida asta yigitni quchoqladi.
- Men roziman Lida faqat sanga qiyin bo`ladi. Tilimizni urf-odatimizni o`rganishing kerak. Bu og`irlik qilishi mumkun!
- O`rganaman. Menga urf-odatingni o`rgat?
- Necha yoshdasan Lida?
- 17!
- O`zingdan kattani ``SIZ`` deb gapirishing, uchrashganda birinchi bo`lib ``ASSALOMU A`LAYKUN`` deyishing kerak.
- Murod siz assalom alaykum! -qiz jilmayib so`zlarni takrorladi...
Asta kunlar o`ta boshladi, Murod va Lida doyim birga edilar. Murod qo`ldan kelgancha urfi-odatlarimizni, o`zbek tilini Lidaga o`rgatib borardi. Lida ham, bu yigitga beyhad sevgani uchun, astoydil unga quloq solar, har bir so`zni yodlab olardi...
Qishning o`rtalari, hammayoqni oppoq qor qoplagan. Murod bir quchoq o`tinni olib keldi va pechkaga qaladi. O`zi esa kiravatgga yotib ustiga ko`rpani yopdi. Uyqusi kelmay pechkada qarsillab yonayotgan ovoqga termulgancha yotardi. Hayoli urush, tezda qaytib urishga kirish haqida o`ylar. Shu payt eshikning g`ichirlagan ovozi.
- Kim?
- Men Lida...
U asta kelib kiravatga yotdi.
- Lida nima qilyabsan?
Lida asta Murodni quchog`iga kirdi.
- Sizni sevaman! -dedi o`zbekcha talafuzda, shivirlab...
Tong otgan. Murod tutda bo`lgan ishdan, hislarini tiya olmaganidan hijolat bo`lgancha deraza qarshisida turardi. Lida asta uni belidan quchoqlab yelkasiga boshini qo`ydi.
- Sizni sevaman.
- Lida...
- Eshitaman!
(Biz xato qildik, bu ish no to`g`ri.) degisi keldiyu, ammo qizni baxtli lahzadan masvo qilgisi kelmadi.
- Sen juda chiroylisan. -deb uni ko`nglini yanada ko`tardi.
- Man... Man