Ayriliq bir qadam... ΞEgoisteΞ
Yozning issiq kunlaridan biri. Kunning fiĝoni falakka chiqqan vaqti. Quyosh nurlari jamiiyki tirik jonni soyaga haydar edi. Oyoq kuydiradigan asfalt köchadan, oq rangli mashina boshi berk köcha tomon kirib borardi. Kichik bir yoĝoch darvozaning yonida töhtadi. Mashinadan ikki juvon tushib, eshik yonidagi qönğiroq tugmasini bosishdi. Eshik ortidan hozir degan ovoz eshitildiyu, zum ötmay sochlariga oq oralagan bir ayol eshikni ochdi.
-Assalom alekom, kelinglar! Kiringlar! -mezbon ayol hayron bölmasdan ularni ichkariga taklif qildi. Chunki sovchilar kelganini fahmlab turgandi.
-Voalekum assalom, assalomu alekom. Yaxshi ötiribsizmi, bezovta qilmadikmi?
-Yöq, bezovtasi yöq. -mezbon ayol ularni mehmonxonaga olib kirdi. Hovli unchalik katta emas. Xonalar köcha eshikka yaqin joylashgandi. Bu xonadonda tört kishi jon saqlardi. Kamtaringina xonadonda har doimgidek sukunat hukmron edi.
Mezbon ayol mehmonlarni mehmonxonaga kuzatdiyu, yugurgilab qizining xonasiga bordi. Eshikni ochdi va pardoz oynasi qarshisida ötirgan qiziga tekkizib:
-Ooo! Töğri tushundimmi Madina? Bu kelgan sovchilarni tanisanmi?
-A, nima? Sovchi keldimi yana oyiii?
-Ha, bölaqol chiq!
-Men dugonalarim bilan körgazmaga botmoqchi edim.
-U ikkinchi örinda, -dediyu, ona shoshilib ketdi.
Madina istamaygina örnidan turib, oshxona tomon ketdi. Mehmonlar Madinaning onasi kelgunicha "rentgen" qilib ötirishardi.
-Hovlisiyam katta emasakan.
-Xonalari ham oddiy. Stol ustiga tuzukroq narsa ham qöymabdi.
-Mayli, hamma bizdek yasharmidi, qizini köraylik, qolganini keyin gaplashamiz.
Mezbon ayol xonaga non va mayda-chuda shirinliklar olib kirdi.
-Xush kelibsizlar, charchab qolmadinglarmi issiqda?
-Yöq yöq hammasi joyida.
Shu payt xonaga Madina kirib keldi. Bellari hipcha, böylari örtacha, qad-qomati aqldan ozdiradigan darajada gözal edi. Pardoz qilib chiqayotgani yilt-yilt etayotgan közlaridan bilinar edi. U zamonaviy kiyinib olgan, uchrashuvga tayyor bölib kiyinib olgandi. Tashqi körinishini faqat qölidagi choynak buzib turardi.
-Assalomu alekom -Madina past ovozda mehmonlarga salom berdi.
-Voalekum assalom qizim, -mehmon ayol qizga bir zum tikilib turdi. U qizning bu qadar gözalligini hayol ham qilmagandi.
-Voalekum assalom -ikkinchi ayol ham ma'quldek jilmayib alik oldi.
Madina nozik qöllari bilan ularga choy quyib berdi va tezda chiqib ketdi. Mehmonlar choy ichishar ekan bir-birlariga qarab jilmayib qöyishdi...
-Nuriddinaka, Nuriddinakaa! -Madina soy böyidagi zina tepasidan pastdagi oshiĝiga baqirardi.
Nuriddin sevgilisini kördiyu, sakrab örnidan turdi va uni yoniga bordii.
-Buncha qolib ketmasang, tinchlikmi?
-Sovchilar kelib qolishdi.
-Obbo yanami?
-Haa. -Madina bu sözni hafa bölgan ohangda aytgan edi.
Sevishganlar boĝ böylab sayr qilishar ekan, nuriddin mamnun holda nimalarnidir gapirib ketar, Madina esa jimgina "hmm" deb qoya qolardi. Uning hayolida keti uzilmayabgan sovchilar edi. U Nuriddinning mazmunsiz gapini chört uzdiyu, gapirib ketdi:
-Bugungi kelgan sovchilar... Bilmadim jiddiyga öxshayabdi, dadam ham oyimga har kuni bir gapni qaytaradi. "Qizingni shu yili uzatamiz!". Bugungi sovchilar bilan oyim anchagacha kulishib ötirdilar. Huddi meni savdo qilishayotganga öxshadi menga. Nuriddinaka nimadur qiling! -u közlarini möltillatib turardi.
-Yana ösha mavzu. Aytdimku seni uzatishmaydi boshqalariga öxshab qaytib ketadi bu sovchilar ham. Meni akamga ham bugun sovchilikka borishdi.
-Nima böldi könishdimi? -Madina xursand holda söradi.
-Bilmayman. Uydan baravar chiqib ketdik. Qiz akamga yoqsa böldiykan, surishtirib ham ötirishmasmush.
-Demak, yaqin orada bölarkanda.
-Shunaqaga öxshaydi. Chet elda ishlashga ketadi. Shunga tezlatayabdi.
-Hmmm. Iloyim tezlashsin.
Sevishganlar boĝ uzra qator qöyilgan örindiqlardan biriga ötirishdi. Har doimgidek Madina boshini yigitining yellasiga qöyib, uning qöllaridan ushlab olgandi. Nuriddin esa, sevgilisining qöllaridan mahkam tutar, sochlaridan ohista silardi. Besh daqiqalar ötar-ötmas Madina boshini asta kötarib yigitining böynidan bösa oldi. Nuriddin esa, öng qöli bilan uning iyagidan ohista öziga qaratib lablarini qaynoq labiga bosdi. Madinaning közlari yumiq edi. Uni birozgina titroq bosdiyu, keyin öziga keldi. Ammo Nuriddinni yosh bolalardek qattiq quchoqlab olgandi. Bunday bösalar ular uchun birinchisi emasdi.
-Meni boshqalarga berib qöymaysizaaa?!
-Yöq, azizam.
Sevishganlar bir-birlaridan mamnun holda, suhbatlashib, özaro bösalar ulashib ötirishardi. Bir begona xonadonda esa, Madinaning taqdirini qisman hal qilishayotgandek edi.
-Onasi yaxshi insonakanmi axir? -közlari chaqchaygan, yoshlari 50ga taqalgan, soch-soqollariga oq oralagan bu kishi, bugun sovchi bölib borgan ayolning eri edi.
-Xaaa. Gaplari ham ma'noli, ham soddagina. Oddiygina kamtaringina oilekan.
-Unda yana borlaring ertaga. Bu tanbal öğlingni tezroq uylantirmasak yana chetga ketvoradi.
-Hammasini aytdim. Mebel pebel, gilam pilam, hammasini özimiz qilamiz deb. Fazliddinni rasmini ham körsatdik. Ösha rasmni tashlab keldik. Menimcha, u ayolga ham ma'qul böldi. Uy telefon raqamini ham yozib oldim.
-Yaxshi. Singling bilan yana borib kelinglar! Uchrashuvni ham gaplashing! Nima deyishsa rozi bölavering!
-Hop böladi dadajonisi.
Shu paytda oiladagi tönĝich farzand, ya'ni, Fazliddin kirib keldi. U böyi baland, birozgina tölaroq yigit edi. Yoshi 29da. U chet elda ishlardi. Har ikki yilda uyga kelar edi. Bu yilgi ta'tili uzoqroqqa chözilgani sababli, ota-onasi shu yili uylantirishga qaror qilishgandi. U qizlarga uncha e'tibor qaratmas, faqat va faqat karyerasi va ösish töĝrisida öylardi.
Shu kunlarda ota-onalarining qistovlari joniga tegib, ular topgan qizga uylanishga va'da bergan edi.
Ikki kun ötdi. Fazliddinning onasi yana sovchilikka otlandi. Bu safar jiddiy. Bir savatda magiz-yonĝoqli patir nonlar, shirinliklar va oz mayda-chuda narsalar bilan Madinaning uyiga yöl olishdi. Vaqti telefon orqali belgilanib olingani tufayli, mezbonlar ham tayyor bölib olishgandi. Bu safar stolga pista-bodom, höl-mevalar va pazanda qizining öz qöllari bilan tayyorlagan shirinliklari qöyilgandi. Madina özi istamasa ham, chiroyli kiyimlarini kiyib olgandi. Chunki, ularning uyida otasining gapi gap edi. Otasi shu yili qizi öqishga kira oladimi yöqmi, uni erga berishini aytgan va bu gapini boshqa qaytarmasligini ta'kidlagandi. Darvozani kimdur taqillatdiyu, zum ötmay Fazliddining onasi va holasi uyga kirib kela boshladi. Madinaning opasi shoshganicha ularni yoniga borib qöllaridagi toĝora va haltalarni oldi.
-Assalom alekom. Hush kelibsizlar!
-Voalekum assalom.
-Ovora bölib kötarib yuribsizlarmi shunaqa narsalarni.
-Ovorasi yöqku. Mashinada yana narsalar bor.
-Voooy, bizni hijolat qilmang.
-Hijolat bölmang, nasib bölsa bölajak qudalarmiz.
-Ha mayli ichkariga kiraylik! Kelinglar!
Ayollar mehmonxonaga kirishlari bilan, Madina oshxona tomon yöl oldi. Baland qaynayotgan suvni choynakka quyar ekan, hayoli Nuriddin bilan birgalikda qilgan orzulariga ketib qoldi. Suv choynakda toshib qölini biroz kuydirdi. Oynaga yana bir qarab olib, mehmonlar yoniga kirib bordi. Nozikkina bölishiga qaramay, uning ovozi ayollar suhbatini tugatib qöydi.
-Assalom alekom. -u yerga qarab turar, közlarini yerdan balandlatmasdi.
-Voalekum assalom qizim.
-Voalekum assalom qizim baraka toping! -Fazliddinning onasi hushmuomulalik bn javob qildi.
Madina choynakni qöydiyu, ohista qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi. Ikki daqiqa ötib uning onasi ham xonadan chiqdi va televizor körib ötirgan erining yoniga bordi.
-Dadasi, kuyov bölmish mashinada ötirgan ekan, özingiz gaplashib köring! Yoshlarni birrovga uchrashtirsak yaxshi bölardi deyishayabdi.
-Mayli, qani köraylikchi kuyov bolani! -u qölidagi sigaretani kuldonga bosdida, köcha tomon yöl oldi.
Qora rangli "Gentra" rusumli mashinaning eshiklariga, kelishgan bir yigit suyanib turardi. Bu yigit Fazliddin edi. U sochilikka kelishgan uyligidan chiqqan kishini kördiyu, yoniga keldi. Madinaning otasi jiddiy va kamgap bölganligi uchun, mayda-chuda savollarni berib ötirmadi. Besh daqiqalik kichik savol-javob ötqizdiyu, uyga boshlab kirdi. Fazliddinga televizorli xonani olib kirdi:
-Shu xonada kutib turing! -u hovliga qaytib chiqib, oshxonada nimalardir qilib yurgan qizining oldiga bordi.
-Qizim, bor! Kutib ötiribdi.
-Dada qanaqa qilib kiraman begonani oldiga?
-Yoniga kirmaysan! Eshik oldida turasan. Söraydiganini sörayveradi. Tamom.
Jahl aralash aytilgan gapdan söng, oshxona zinasidan sekin pastga tushdi. Kuyov bola ötirgan xona tomon yura boshladi. Xonaga yaqinlashar ekan, uni titroq bosardi. Hayajonlanardi. Xona eshigiga bordiyu, kirmadi. Biroz kutdi. Orqaga qaytgisi keldi. Ammo, otasini ĝazab otiga mingan holida körgisi kelmadi. Hayajondan barmoqlarini tinmay öynardi, qayiltirardi. Qöli qaltirab eshikni ochdi. Istamaygina oyoĝini ichkariga qõyib, astalik bilan kirdi. Öng tomon burchakda, stul ustida Fazliddin ötirar edi. Unda hayajondan asar ham yöq edi. Qiz ichkariga kirishi bilan "hurmat yuzasidan" örnidan turdi. Qizning nozik va yoqimli ovozi bölinib chiqdi:
-Assalom alekom. -ovozi juda ham past eshitildi.
-Voalekum assalom. Yaxshimisz?
-Yaxshi. -uning ovozi hali ham past edi.
-Bezovta qilmadikmi?
-... -qiz asta boshini silkitib qöydi.
-Meni ismim Fazliddin. Yoshim 29da. Sizning ismingiz ... Madina. Töĝrimi?
-Ha.
-Tanishganimdan xursandman Madina. Men chet elda savdo-sotiq menejeri bölib ishlayman. Iqtisodiyot universitetini tomomlaganman. Sizchi? Institutda öqiganmisz?
-Yöq. -endi uning ovozi ancha dadillashgandi.
-Hechqisi yöq. Mening nazarimda qiz bolaga öqishning uncha ahamiyati yöq. Men chetda ishlash uchun, yaxshi kasb egasi bölish uchun öqiganman. Mana hozir deyarli maqsadimga erishdim. Men köplab davlatlarda böldim. Mamlakatlararo raqobat qanday kuchliligini bildim. Yana ... -u mavzuni ishiga burib ketdi. Madina esa, shu baxona unga qarab oldi. Böy-basti kelishgan, hushbichim, qosh-közlari huddi böyalgandek qop-qora edi. Madinaga körinishi ma'qul bölgan bu yigitning közlari, unga Nuriddanakasini eslatib yubordi. Birdaniga hayollari chalkashdi. "Nimalar bölayabdi?" deb öziga-özi savol berardi. Nahotki, sevgilisi bilan qilgan orzulari armonga aylansa, nahotki, birgalikda surilgan hayollar hayolligicha qolsa, nahotki, özaro qilgan axt-paymonlari endi shunchaki gap bölib qolsa. Hayolida mingta narsa, buyoĝda esa Fazliddin savollar yoĝdirayotgan edi.
-Risoladagi oila degansa nimani tushunasiz Madina?
Madina biroz öylanib turdida, bu yerda köp qolib ketgani esiga tushib qoldi.
-Meen... Mmm... Bilasizmi?... Meni boshim oğriyapti. Menga ruxsat bering, ketay!?
-Mayli, maroqli suhbat uchun rahmat. Sizdan ajoyib umr yöldosh chqadi. -Fazliddin u bilan jilmayib xayrlashdi va uni ketidan özi ham xonadan chiqib ketdi.
Bu orada ayollar ham yakunga yaqinlashib qolishgandi. Birma-bir mehmonxonadan chiqishdida, mezbon bilan xayrlasha boshlashdi.
-Mayli yaxshi qoling, ertaga qönĝiroĝingizni kutamiz.
-Xöjayinimiz bilan maslahatlashib qönĝiroq qilamiz albatta.
Mehmonlarni ham, urf-odatimizga köra mayda-chuda narsalar bilan siylab kuzatib qöyishdi...
Erta tong. Madina tayyorlov darslarim bor deb köchaga chiqib ketdi. Nonushta qilmadi. Kechasi uhlamadi. Yiĝlab chiqqani tufayli, közlari ishib ketgandi. Yiĝlashiga sabab esa, kecha kechki ovqat vaqtida dadasining töyga roziligi edi. Ota-onasiga kechagi sovchilar yoqqandi. Ayniqsa, kelin tarafdan bölishi kerak bölgan narsalarni ham, ular öz zimmasiga oliyotgani edi. Uni közlariga yana yosh kelar, xörligi kelardi. Nuriddin bilan telefonda gaplashgan, uchrashuv joyi har doimgidek anhor yonida edi. Köz yoshlari bilan qanday qilib yetib kelganini bilmay qoldi. Uni ketidan darrov Nuriddin ham keldi. Nuriddin Madinani yiĝlayotganini kördiyu, uni tez baĝriga bosdi.
-Nima böldi Madinam?
-... .
-Gapirsangchi?!
-Mmmmenii, uuzatiiishmoqchiii. -bu sözlar yiĝi aralash chiqqan edi.
-Jiddiymi? Aniqmi?
-Hmmm. Yana sörayabsizmi? Necha kundan beri aytaman. Doim shu ahvol "jiddiymi" deb söraysiz. -u xörligi kelib baqirib tashladi. Yiĝlardi.
-Nima qilay axir oldimda akam bölsa, xatlab ötaymi?
-Bilmayman biron nima qilishingiz kerakku.
-Sen uyindagilarga aytdingmi "tegmayman" deb?
-Bizni uyda dadamni gaplari gap, muhokama qilinmaydi. -u yigitga teskari qarab oldi.
-Bir oĝiz aytsang bölmasmidi?
-Böldi. Charchadim. Nega men aytishim kerak? Siz botib ayting, "qizingizni sevaman, unga uylanmoqchiman" deb.
-Hop. Boraman. -u qizni asta baĝriga bosdi. -Qachon boray?
-Bugun boring, hozir boring! Shuni ham söraysizmi?
-Menga jahl qilma, atay qilayabmanmi men ham axir?
-Bilmayman, balki sizga yoqmay qolgandirman.
-Bas. Asabimni tamom qilding. -Nuriddin uni siltab yubordi.
-Har doim har narsaga men sababchi bölaman. -Madina köz yoshlarini artib, yana yiĝlardi. -E hudo meni gunohim nima? Nega meni hamma yomon köradi? Aybim nima? -shunday dediyu teskari ögirilib oldi.
Sevishganlar bir-biriga teskari turishar, bu ularning anhor yonidagi birinchi janjali edi. Balki, shu oxirgisi ham bölar. Balki, shu bilan anhor böyida hosil bölgan muhabbat nobud bölar, orzular armonga aylanardi. Ular bir-birini jondan ortiq körsa ham, hozirgi vaqtda bir-birini tushungisi kelmasdi. Chunki "sinov" deganlari odamni har ne kuyga solishi mumkin. Ular birinchi marotaba bu yerdan bir-biriga teskari qilib keta boshlashdi. Huddi, taqdir ularga teskari boqgandek. Endi anhor böyida shirin orzular qiluvchi bu juftlik, ortiga qaytadimi yöqmi, buni özlari ham bilmas edilar. Nuriddin jahl otida edi. Uning jahli chiqsa köziga hech kim körinmas, sevgilisi ham bir chetda qolib ketardi. Ammo, qandaydir bir kichkina "umid" botligini sezardi. Madina uchun hayot tugagandek, barchasi töxtab qolgandek körinardi. "Nahotki ayriliqga bir qadam qolgan bölsa" deb öylardi. Oxirgi imkon ham yöq bölgandek, endi hayotni qiziĝi ham yöqdek edi göyo.
Ammo oshiqlarni uchrashtirgan anhor hali hamon oqishda davom etardi...