erouy.ru

Kanizak Niginabonu (qayta nashr)

Boshqalar

Фа:

Milodiy 1219-yil, oktyabr Ötror shahri...

Viqor bilan oqayotgan Sayhun (Sirdaryo) bo'ylarida to'la-to'p bölib öynab yurgan qizlarning qiy-chuvi eshitilardi. Oq harir libosga burkangan bu go'zal malaklar shahar hokimining haramidagi xizmatkor va kanizak qizlar edi. Bu qizlar orasida alohida ajralib turgan, atlas libos kiygan sohibjamal kanizak qiz Niginabonu edi. U 2 kun burun hokimning xos haramiga qabul qilingan va ayni paytda u juda xomush, atrofdagi qizlarning sho'x kulib, shovqin qilishlariga e'tibor bermay, o'ychan holda turardi. Bugun haramdagilar Sayhun bo'yiga sayohatga chiqishgan, ya'ni Ötror hokimining "sahovati" bilan 3-4 soatlarga shahar tashqarisiga, daryo bo'yiga aylanishga ruxsat berilgandi. Ön-ön besh chog'liq navkarlar hamrohligida sayohatga chiqqan qizlar 3 soatlar chamasi tabiat qo'ynida bo'lishdi. Haram begining buyrug'i bilan peshinga yaqin qizlarning sayohatiga nuqta qo'yildi. Shahar tomon qator terilib jo'nayotgan kajavalarning birida Nigina hali hanuz o'ychan kayfiyatda, hayolga cho'mib borardi. Bu bejiz emas edi, chunki kambag'allashgan aslzodalardan chiqqan bu qiz haramning qonun-qoidalariga hali könikmagan, kanizak bo'lib qabul qilingunigacha bölgan erkin hayotini eslab siqilardi. Buni ustiga ota-onasi, yaqinlari va eng muhimi sevgan yigiti kosibchi Ibrohimni endi körolmasligi yuragini ezayotgandi. Saroy muhiti hammaga ma'lum: kanizaklar butun umr to'rt devorni ichida, yuzi qaro, bag'ri qon bo'lib hayotini o'tkazishadi. Bularni alam bilan öylab kelayotgan Niginabonu kajavalar shaharga kirib kelganini endi sezdi. Kechadan beri Ötror shahrida "bayram". Shahar darvozasi tepasida karnay-surnaylar avjida, butun ko'chalar, rastalar, bog'u rog'larda odamlar o'yin-kulgini davom ettirmoqda. Saroyda ham bazmi jamshid qizg'in pallada edi. Bu shodiyonaning sababchisi bir kun oldin Õtrorga tashrif buyurgan Xöjand hokimi Temur Malik edi. Niginabonu bugun tunda özini ösha kelgindi hokimga atalganini bilardi. Ayni paytda kecha eshitgan noxush voqeani eslab butun tanasi titrab ketgandi. Kajavalar sekin ko'cha böylab saroy tomon borar ekan, Nigina kajavaning parda-matosini asta bir chetini ko'tarib viqor bilan turgan saroy binolariga g'azabli qarash qilib qo'ydi. Saroy ichkarisida Temur Malik bilan O'tror hokimi Inolxon uch yuz kishi jo bo'ladigan oq ganchin xonada, boshqalardan balandroq tõrda, orqalariga ikki yölbars terisi qo'yilgan beqasam körpacha ustida, shohi matoga suyangancha may ichib o'tirishardi. Bir tomonda sozandayu xonandalarning honishi, bir tomonda sohibjamol raqqosalarning o'yini davom etardi. Dasturxon nozu ne'matlarga to'lib ketgan, hamma xush kayfiyatda, ayniqsa, baqaloq, cho'qqisaqol hokim Inolxon may ichaverib basharasi ko'karib ketgan, sarxush kayfiyatda bidirlardi. Xo'jand hokimi esa ayni mahalda juda jiddiy va hech narsadan ko'ngli to'lmayotgan edi. Chunki u Õtrorga bazmu jamshid uchun emas, farmoni oliyni yetkazgani kelgan edi. Yainki, Mo'g'ullar xoni Oltoy-Totor yerlarida lashkar to'playotgani, buning uchun esa Inolxon qal'a himoyasini tashkil etishi, qo'shinni esa harbiy holatga keltirishi lozim edi. Temur Malikning yana bir maqsadi Ötror bilan qo'shinni birlashtirib, dushmanga qarshi turish edi. Afsuski, Inolxon so'nggi yillarda molparast va yoshi oltmishga borib ishratparast bo'lib qolgan, Ötror shahrini esa "bazmlar makoni"ga aylantirgan edi. Temur Malik kelganidan beri Inolxonga harbiy holat to'g'risida gap ochmoqchi bo'lyaptiyu, lekin ko'rib turganidek Inolxon ertalabdan kechgacha mast bo'lib, nuqul maishat qilyotgani hafsalasini pir qildi. Bugungi bazmda Temur Malik shu to'g'risida gap ochishga ochdiyu, salbiy javob oldi. Inolxon javray boshladi:

- Eee jahongir do'stim, mo'g'ullar deganingiz bir ko'chmanchilarda... Shulardan qo'rqarmidik?! Bu besh kunlik dunyoda mazza qilib yashab qolaylik. Havotir olmang! Xorazm davlati dunyodagi eng qudratli davlat! Bu mo'g'ullarni bir zarbada yo'q qilib yuboramizda, bo'tam. Boshingizni ko'p qotirmang, qo'shinni birlashtirish to'g'risidaku umuman gap bo'lmasin, - dedi sarxush holatda. Bu qari-qartang cholga gap uqtirib bo'lmasligini Temur

Malik endi angladi. Erta bilan Xo'jandga jo'nab ketishga ahd qildi. O'tror uchun odat bo'lib qolgan bazm yarim tungacha davom etdi. Soqolini osiltirib, semiz qornini ushlaguncha Inolxon hobgohiga bazo'r yetib keldi. Xos soqchilar eshik yonida qolishdi. Inolxon ichkariga kirar ekan, to'shagi yonida "bir kunlik" tan mahramini ko'rdi. Hali endi o'n yetti yoshlarga to'lgan bu kanizak qiz Niginabonu va boshqa qizlarga qatori ikki kun oldin haramga bandi qilingan edi. Inolxon bepisandlik bilan lapanglab to'shakka o'zini tashladi va qizga gap qotdi:

- Ey sintaloq, tez bo'l, libosingni yech! - dedi. Hobgohning bir burchagida turgan bu qiz qo'rqa-pisa oq harir libosini yecha boshladi. Qizning sekin harakat qilyotgani hokimga erish tuyuldi va unga "tez bo'l" deb do'ng'illadi. Qiz qip-yalang'och bo'lganidan keyin uning tanasi, qomati naqadar go'zal manzara kasb etgani sezilib turardi. Inolxon unga suqlanib, shirakayf ohangda:

- Buyoqqa kelchi, -dedi. Qizning yuzi qizardi. Umrida birinchi marta erkak oldida yalang'och holda turib, uyalsada, hokim buyrug'ini bajara boshladi. Inolxon qizning hali qo'l tegmagan siynalaridan ushlab tagiga bosdi. Qiz nima qilarini bilmay, jim turaverdi. Jinsiy aloqa borasida o'ta tajribali bo'lgan chol esa tinmay qizning tanasini o'par, siypalar, lablarini shimardi. Qarilik va o'tkir may hidi qizga yoqmayotgan bo'lsada, keskin harakat qilmaslikka majbur edi. Hokim qizning eng sezgir erogen nuqtalarini silab-siypalab qizni ehtirosini kuchaytira boshladi. Qiz endi hansirashga tushgan edi. Uning jinsiy aloqaga tayyor bo'lganini sezgan hokim o'zining kiyimlarini ham yechib tashladi. Katta va yo'g'on asbobini ushlagancha, sabrsizlik bilan qizning asaldoniga botirib oldi. Qizning ko'zidan cho'x chiqib ketayozdi...

Bu paytga kelib Temur Malik ham o'zi uchun tayyorlangan hobgohda o'yga cho'mgancha o'tirardi. Bugungi bazmdagi asabbuzarlikdan, rejalashtirgan niyatiga yeta olmaganidan nihoyatda g'azablanardi. "Naxotki bu qari Inolxon burnini tagida turgan xavfni ko'rmasa?! Shunchalik beparvo hokim bo'ladimi? Naxotki Xorazmshohlar davlati tanazzuli yaqin bo'lsa" - der edi o'ziga o'zi. Ozgincha vaqt ko'zi ilindi shekilli xonasiga bir kanizak kirganini kech payqadi.

- Sen kimsan? - dedi Temur Malik shoshilgancha. Eshik oldida turgan qiz sergaklanib, mayus ohangda:

- Xojam, bugun sizning xizmatingizga yollandim, - dedi bazo'r. Temur Malik endi o'zini ozgina bosib oldi. Ha, kecha ham bir kanizakni uning yotog'iga yuborishgandi. Lekin Temur Malikning ishratparastlikka xushi yo'q, o'zining go'zal rafiqasi Oychechak begimga xiyonat qilishni istamas edi. Shuning uchun birinchi yuborilgan kanizakni chiqarib yuborgan edi. Bunisiga ham beparvolik bilan:

- Sening xizmating tugallandi, boldi boraver. Men uxlamoqchiman, - dedi qo'lini siltab. Yuzini shaffof harir parda bilan yopib, oppoq libosda turgan bu qiz Niginabonu edi. Bu bepisand hokimning qo'rs javobi Niginaning qo'rquvini ikki karra oshirdi. Hayoliga yarq etib kechagi nohush voqea keldi va lablari titragancha:

- Men sizni xursand qilmoq uchun kelganmen, - dedi yana bir bor. Temur Malik hayratomuz ohanda:

- Nima, sen gapimga tushunmadingmi, bor, tezda hobgohimdan chiq deyman, - dedi ovozini balandlatib. Qizning ko'zida yoshlari miltillay boshladi. Yuragi shug' etib ketdi. Temur Malik o'qraygancha "qani nima qilar ekan" degan ma'noda qarab turdi. Nigina chiday olmadi. Birdan hokimning oyog'iga o'zini tashlab yig'lay boshladi:

- Iltimos xojam, meni haydamang! Sizdan buni o'tinib so'rayman. Bu yerdan meni chiqib ketishim o'limim bilan tengdir, - dedi ho'ngrab. Temur Malik dong qotdi, qizning bunday qilishini kutmagan edi shekilli, shoshilib qoldi. Nigina o'ksinib yig'lardi.

- Yolvoraman, rahm qiling, haydamang, xojam! - dedi ko'z yoshi daryo bo'lib. Temur Malik tushunmagan ohangda:

- Nega bunday qilyapsan? Nima sababdan ko'z yoshi qilasan? - dedi qizni o'rnidan turg'izib. Nigina ham yig'ini biroz pasaytirib:

- Kechiring meni, men baxtiqaro ojizani kechiring, - dedi ko'ksini ushlagancha.

- Xo'sh, nima sababdan haydamang deysan? Bir boshidan gapirchi tag'in! - dedi Temur

Malik. Nigina kolovlanib-kolovlanib gapira boshladi:

- Xojam, kecha bir kanizakni yoningizga yuborishganda chiqarib yuborgan ekansiz. Vazifasini uddalay olmagani uchun haram begi unga "sen muhtaram mehmonimizni ko'nglini ololmading, vazifang tuni bilan hokim Temur Malikni oldida qolish edi" deb ellik darra urg'izdi va saroydan haydadilar. Bu ham yetmaganidek bechora kanizakni qal'a sarbozlariga sazoyi qildirishibdi. Bir jon emasmi, xo'rlikdan, azoblardan joni uzilibdi. Meni ham haydasangiz bu ko'rguliklar boshimga tushishini sezib turibman, xojam. Bu gapni eshitgan Temur Malik Inolxonga nisbatan nafrati junbushga keldi. "Bu ne xunrezlik?! Butun boshli shaharni parokanda qilayotgani yetmaganidek, ayol qizlarni tahqirlanishiga yo'l qo'yayotgan bu to'ng'iz Inolxon odam emas, iblisning o'ziku!" - dedi ichida. Ayni paytda bu kanizak qizning qo'rqmay dadil bu gaplarni aytishi uni qoyil qoldiryotgan edi. G'azabini sezdirmagan holatda so'radi:

- Bu gaplarni menga aytgani qo'rqmaysanmi? Hokimga bunday murojat qilishingdan kallang ketishi mumkin, bilasanmi?

- Ha bilaman. Lekin boshqa ilojim yo'q.

- Bu yerdan chiqarib yubormasligimni istaysanmi?

- Ha!

Temur Malik bir oz o'ylanib qoldi. Qo'llari titrab, yig'i aralash gapiryotgan bu qizga achindi.

- Mayli, ilhaq gaplaring rost ekan, bugun hobgohimda qolishing mumkin. Faqat hech qanday zinolikka ruxsat yo'q. Mendan alohida yotishing kerak!

Qiz bunday javobni kutmagan edi. Xursandligidan yana hokimni oyog'iga o'zini tashlab, "rahmat, ming bor rahmat" dedi. Temur Malik sekin uni ikki bilagidan ushlab turg'izdi.

- Ha deb oyog'imga o'zingni tashlayverma, sen ham odamsan. Isming nima?

- Niginabonu

Temur Malikning yuragi shig' etdi. Bu ismni eshitishi bilanoq o'smirlik chog'idagi sevgilisi esiga tushdi. Ha, u bir paytlar Nigina ismli raqqosa qizga oshiqu beqaror bo'lgan edi. Sekinlik bilan oldida turgan kanizakni yuzini ochdi. "Yo xudo, bu qanday husn-malohat!? Nigina... Niginaga... Sevgilimga o'xsharkan, Naxotki? Bu qanday tasodif?!" Temur Malik qizning oppoq g'uncha kabi yuziga termulgancha hayolga cho'mib qoldi. Nigina esa hokimning o'tli nigohlaridan yuzi qizarib, hijolatomuz yerga qaradi. Temur Malik bir oz hayolini yig'ib olib:

- Sen qayerliksan?

- Shu yerlikmen

- Gaping rostmu?

- Shunday, xojam

Yo'q, bu yoshlikdagi sevgilisi emas edi. Lekin uzun kipriklar ostidagi qora ko'zlar, sutga chayilgandek oppoq yuzlar, ehtirosni qitiqlaydigan lablar o'sha raqqosa qizni eslatayotgandi. "Bo'lishi mumkinmas" dedi hokim ichida.

- Hali yoshsan, haramga qachon kelding?

- Ikki kun bo'ldi

- Majburlikdanmi?

- Hh, haa.., - dedi Nigina kolovlanib.

Temur Malik qizga bir nechta to'shakni berib, burchakdagi joyni ko'rsatdi.

- Shu yerda yotaqol

- Rahmat!

Nigina bu hokimning oxirgi "majburlikdanmi?" degan gapni rosa topib aytganiga hayron qoldi. Ayni paytda hayoti qil ustida turganda obro'li mansabdorning bunday marhamat ko'rsatishi qizning yetti uxlab tushiga kirmagan edi. Temur Malik to'g'risida o'ylagan barcha fikrlari xato ekanligiga amin bo'ldi. "Bu umuman boshqa hokimlarga o'xshamas ekan. Ko'zlari qandaydir ma'yus va jiddiy". Nigina shu hayollar og'ushida boshini yostiqqa qo'yar ekan, nomusi toptalib, kanizaklik ishini amalda qilmaganidan xursand bo'ldi. Shu kecha ikkalasining ham ko'ziga uyqu kelmadi. Ertasiga Xo'jand hokimi Temur Malik jo'nab ketishi oldidan kecha yoniga kirgan kanizak yoqib qolgani va uni o'ziga sovg'a tariqasida hadya etilishini Inolxonga bildirdi. Obro'li mehmonning bu istagi , albatta rad etilmadi. Lekin Inolxon haramining ba'zi qoidalariga ko'ra, kanizak to'rt oydan keyin Temur Malikka cho'ri sifatida yetkazilishga kelishib olindi. Bu xabar, albatta Niginani juda quvontirdi. Temur Malikka nisbatan ixlosi yanada oshdi. Chunki, endi birinchidan, Xo'jand hokiming bo'lajak cho'risiga to'rt oy davomida hech kim qo'lini ham tekkizmaydi. Ikkinchidan esa, Niginaning shu yo'l bilan ozod qushga aylanishi ayni haqiqatga yaqin hodisa edi. Bu paytga kelib mashriq tomondan yangi xavf yaqinlashar edi.

1220-yil, mart. O'tror shahri...

O'trorni uch oy qamaldan so'ng bosib olgan mo'g'ullar madrasayu ko'priklar, kutubxonayu hammomlarni buzib, vayron etishdi. Marifat o'choqlari ularni g'azabini qo'zg'atardi. Shuvqin-suronlar, mo'g'ulcha "g'u-g'u, iyn!" tovushlari, chigirtkadek yopirilib shahar ko'chalariga kirgan to'da-to'da mo'g'ul suvoriylari ro'para kelgan bolani ham, keksani ham chopib yerga qulatar, hovlilarga kirib yosh qiz juvonlar ko'rinsa, ularni ham ham bulg'ar yoki ko'cha ko'yga olib chiqib ochiqchasiga zo'rlar edilar. Shahar o'rab olingan, birorta ham odam chiqib ketmasligi uchun darvoza oldilariga qorovullar qo'yilgandi. O'trorning katta qismi yong'in ostida, hamma yoqdan qiy chuv ovozlar kelardi. Shaharning bosib olingan qismda joylashgan bolaxonaga o'xshash uncha katta bo'lmagan g'ishtin bino hovlisiga o'n besh-yigirma chog'liq mo'g'ul sarbozi bostirib kirdi. Bu binoda O'tror hokimining harami joylashgani ma'lum bo'lgach, ikki qavatli bino ichidagi barcha kanizaklar majburan sudrab chiqildi. Bular orasida hali nimalar sodir bo'lyotganini tushunmayotgan Nigina ham bor edi. Ot ustida turgan bir mo'g'ul sarbozi ishorasi bilan hamma kanizaklarni ko'cha tomonga sudrab ketishdi. Niginani bilagidan qattiq ushlab olgan mo'g'ul jangchisi tishlarini g'ichirlatib, xunuk qarash bilan "yur" degan ishorasini qilib borardi. Ba'zi kanizaklar yig'lab, surinib yiqilib qolsa, sochidan tortib, tuproqqa bulg'ab sudrab ketishardi. Shaharning kunchiqar tomonidagi bozor maydoniga yigirmatacha kanizakni va yaqin atrofdagi qiz-juvonlarni sudrab kelgan 100 ga yaqin mo'g'ul jangchilari hammasini o'rtaga to'plab atrofini o'rab olishdi. Qilich yalang'ochlaganlar orqasida doira yasab otliqlar ham turardi. Ojiz qiz-juvonlar bir birlariga g'ujanak bo'lib yopishib olishgan. Bir muddatdan so'ng "kiyimlaringni yechinglar" degan hitob qilindi. Mo'g'ullarning sovuq va daxshatli basharasi oldida es-xushini yo'qotayozgan qizlar nima qilarini bilmay, jim turaverishdi. Bir mo'g'ul hafsala bilan bir qizni tortib, ustidagi libosini yirtib yalang'och qildi. Qiz panjalari bilan ko'ksini bekitdi. Mo'g'ul uni oyog'i bilan tepib yerga qulatdi va boshqa qizlarga ham shunday yalang'och bo'lishni buyurdi. Qizlar g'ujanak bo'lib turaverishdi. Mo'g'ul ikkinchi qizni ham tortib, kiyimlarini yechib olib otdi. Qiz qip-yalang'och bo'lgach, boshqalarning yechinishini kutib o'tirmay, qilichi bilan ikkala qizni ham chopib tashladi. Yechinsam o'ldirmaydi deb o'ylagan bir kanizak mo'g'ulga yalinib o'zim yechaman, deb darhol qip yalang'och bo'lgan edi, mo'g'ul uni ham chopib tashladi. G'ujanakning o'rtasida turgan Niginabonu bu manzarani ko'rib xushini yo'qotib yiqildi. Otliqda turgan mo'g'ulning buyrug'i bilan qilich yalang'ochlaganlar qizlarga yopishib ketishdi. O'n daqiqalar davom etgan bu noodatiy qirg'inni xuddi nozik kapalaklarni yeyayotgan chigirtkalar bazmiga o'xshatsa bo'lardi. Bir necha qiz tirik qoldi. O'lik tanalar tagida tirik qolgan Niginani bir qiyiq ko'z, yuzida chandig'i bor, shalpangquloq mo'g'ul sarbozi o'z otiga mingashtirib qayoqqadir olib ketdi.

O'tror shahri hamon yong'in ichida, ayol va bolalarning jon holatdagi chinqirishlari quloqqa chalinardi. Lekin shahar hali butkul egallanmagan edi. O'trorning sharqiy qismidagi katta saroy arkini bir guruh Inolxon navkarlari hali hanuz mudofa qilishardi. O'ziga bo'lgan ishonchini butkul yo'qotgan Inolxon bundan taxminan bir yil muqaddam O'trorga kelgan mo'g'ullarning katta karvonini talagani uchun afsuslanib ketdi. Ayni paytda Temur Malikning aytgan gaplarini alam bilan eslayotgan edi. Afsuski endi kech edi. Arkning mudofasi ham ko'pga cho'zilmadi. Inolxon tiriklay qo'lga olinib, ko'ziga eritilgan qo'rg'oshin quyilib, ming azobda o'ldirildi.

Bir necha kun xushini yo'qotgan Nigina tong mahali uyg'ondi. Qarasaki, qandaydir besaramjon kapani ichida ekan. Atrofdan achimsiq hid va og'zidan nordon ta'm kelardi. Qo'liga suyanib, uyoqdan buyoqqa alanglab qaradi. Qayerda ekani va qanday bu yerga kelib qolganini tushunmayotgandi. Kapani tashqarisidan oyoq tovushi eshitildi. Bundan qo'rqib ketgan qiz yonida turgan qoziqqa oxshagan temirni oldi. Kapaning eshik o'rnidagi matosi ko'tarilib, mo'g'ulcha kiyingan, qo'lidagi ko'zachada suv ko'targan bir yigit kirib keldi. Nigina o'tirgan joyida qo'llari qaltirab, bosim bilan:

- Menga yaqinlashma, - deb qattiq baqirdi.

Yigit uning uyg'onganidan bexabar edi:

-Nigina, o'zingni bos, bu menman. To'xta, qo'lingdagini tashla..

Uning ismini aytganidan Nigina gangib qoldi.

- Sen... sen...

- Ha menman.

Nigina qo'lidagini tashlab sekin yigitning yuziga termuldi. Yigitning kulib turgan chehrasi, qora qosh ko'zlari, o'ziga yarashgan qirra burni judayam tanish ko'rindi.

- Nigina, meni tanimayapsanmi? - dedi yigit jilmayib.

- Siz... qanaqasiga?! Axir bu... men tuzh ko'ryapmanmi? - dedi ko'zidan yosh chiqib.

- Yo'q, bu tush emas, kel o'tir, asabiylashma. Senga hammasini tushuntirib beraman, - deyishini biladi, Nigina birdan uning quchog'iga otilib, ho'ngrab yubordi. Yigitning qo'lidagi ko'za yerga tushib ketdi. Ular shu tik holatda o'n daqiqalar turdi. Qiz faqat yig'lar, Ibrohim bir so'z demasdan sekin uni joyiga o'tqizdi.

- Siqilma, Nigina. Seni ahvolingni tushunib turibman. Hayot shunaqa ekan. Muhimi seni topganimdan xursandman.

Qizga bu gaplar eshitilmasdi. Butun yuzini ko'z yoshi yuvib, bir tomondan oxirgi yarim yillikdagi azobli kunlarni eslab, boshqa tomondan, yaqin insoni tirik ekanligidan yig'lardi. Shu zaylda Nigina yana uyquga ketdi. Shu bilan kechgacha Ibrohim qizning tepasida parvona bo'ldi. Kechga yaqin uyg'ongan Nigina ancha kundan beri tuz totmagani uchun ozib-to'zib ketgandi. Ibrohim bergan ovqatlarni madorsiz, lekin xursand holda yedi. Ibrohim ham unga shu tun boshidan o'tganlarini hammasini so'zlab berdi. Ibrohim bir yarim yil oldin Issiqko'l tomonlarga ko'chib borgani va u yerlarni ham mo'g'ullar bosgani, Ibrohim asli uyg'urlardan bo'lgani uchun, ya'ni turkiy tilni tushungani uchun uni mo'g'ullar tilmoch sifatida yollagani haqida gapirib berdi. Ibrohimning bu ishlari aslida dushmanga sotilish bo'lsada, Nigina uni kechirdi. Chunki, u mo'g'ullar harob qilgan shaharlarning tirik qolgan odamlariga mo'g'ul qo'shini ortida yordam qo'lini cho'zayotgandi. Ibrohim o'ziga hayrixoh bo'lgan ba'zi mo'g'ul qo'shinidagi uyg'ur-turk oshnalari bilan yashirincha yordam guruhini tuzgan va ko'pchilikning hayotini saqlab qolayotgan edi. Nigina endi faqat ota-onasi va yoshligini o'tkazgan ona shahrining halokatiga siqilardi xolos. Bir haftadan so'ng Ibrohim e'tiborli uyg'ur begi Bovarchiq Aydoqutning bosh tilmochi sifatida O'ratepaga yuboriladigan bo'ldi. Mo'g'ullarning to'rt qismga bo'lingan qo'shinlari allaqachon O'ratepa va Xo'jand tomonlarga yetib, qirg'inlar uyushtirish bilan band edi. Ibrohim bo'lajak rafiqasi sifatida Niginani o'zi bilan ot qo'shilgan katta aravalarda O'ratepa tomon olib ketdi. Nigina yo'lda butkul yakson bo'lgan ona shahri O'trorga ma'yus boqib qoydi.