erouy.ru

Sibfdoshim Guli 3 (muallif : kamolov)

O‘qish davrida

Ertasiga ertalab turib WhatsAppga kirsam Guli xabar qoldiribdi. Xabarda shunday yozilgandi.

- Farruh, uxlamayabsanmi? Mani uyqum kemayabdi. Negadir sen bilan gaplashib yotgim kelyabdi. Xa mayli yana biroz kutaychi. Yo`q yaxshisi seni bezovta qilmay qo`yaqolay. Xayrli tun.

O`zimni o`zim so`kdim, Ex xomkalla nega uxlab qoldima, har kuni erta yotmasdimku, nega aynan kecha uxlab qoldima ex attang.

Keyin unga xabar yozib qoldirdim.

- Salom Guli Yaxshi yotib turdingmi? Uzr kecha juda charchaganim uchun erta uxlab qolibman xabaringni xozir ko`rdim. Endi bunday qilmayman. So`z beraman.

- Salom Farruh Uzr darsda edim Keyin gaplashamiz. yaxshi yotib turdingmi? kecha o`zimni g`alati his qildim shunga yozuvdim eslasam uyalib ketyabman, mayli ketdim keyin gaplashiz

- Aha yaxshi o`qi.

- xop

Turib yuzqo`lim ni yuvib choyga o`tirdim, choy sovib qolibdi. Ayb o`zimda kech turgandim. Apil tapil choyimni qilib uy ishimga ketdim. Aytgancha o`zim paynet ochaman. Qishloda kichik paynetxona ochib qo`ygandim. Kuni bilan yaxshi kayfiyatda ishladim. Tezroq kun botsa edi deb yurdim. Negadir ikki kundan beri qachon kun botarkin deb o`zimcha shoshib yuradigan bo`libman. Nihoyat kun botdi va erta yopib uyga ketdim. Uydagilar hayron. chunki ular har kuni ertaroq qayt yarim tungacha o`tiraverma miyang charchaydi kallangga biroz dam berib ishla derdi. men xo`p deb baribir kech kelaverardim. Yangi film kelsa o`rtoqlarim bilan o`tirib erinmadan tugagunicha ko`rardim. ayniqsa romantik filmlarni. bugun esa ancha erta kelgandim. Ovqatimni xammadan oldin yeb dadamga qarab o`tiraverdim. Dadam sezib menga qarab:

-ha menda gaping bormi, dedi.

- Fotiha qilib bering yotmoqchiman.

- Ovqat yegandan yotib bo`lmiydi yegan ovqating hazm bo`lmaydi va oshqozoning og`rib chiqadi

- Uyqum kelyabdi negadir

- Xamma yeb bo`lguncha kutasan dedimmi kutasan, o`tir

Bizni uyda tartib shunaqa edi ovqat yeb bo`lgach hamma yeb bo`lib fotiha qilinmagunicha hechkim stol atrofidan ketmasdi. Dadam qattiqqo`l edi. Nihoyat fotiha qilindi va men xonamga kirib ketdim. WhatsAppga kirsam Guki hali kirmagan ekan. Unga gudok tashlab qo`ydim. Whatsapga kirib kutdim. U darrov kirdi va xabar yubordi.

- Uzr dars qilayotgandim 10 minutga tugataman kutib turolasanmi

- yo`q kutib yotaman, buncha imilliysan tezro bo`gin, bilag`on edingku

- Xo`p sal turib kelaman.

- axa

shunday qilib odnoga kirib lentamni biroz titkiladim, vaqt tezroq o`tsin deb. har daqiqada soatga qarayverdim. Kutganingda vaqt ham o`tavermas ekan. bir mahal WhatsAppdan xabar keldi. Shosha pisha odnodan chiqib ketdim. Qarasam Guli yozibdi:

- Farruh, shu yerdamisan

- Xa keldingmi namuncha yo`q bo`lib ketding

- Uzr kuttirib qo`ydim

- Negadir bugun o`zingni opqochib yuribsanmi

- Yo`g`e kechagi tunda yuborgan xabarim uchun biroz uyalib yuribman

- Eee qo`ysangchi, kel shu xabarni unutamiz

- Farruh...

- hov

- Bugun kuni bilan sen haqingda o`ylab yurdim

- Nega?

- Bilmadim hali hechkim men bilan sendek ochiq gaplashmagandi

- Doim aftingni buzib, jiddiy yursang kimam senga gap otardi, odam sal kulib yurishi kerak

- gapingda jon bor

- ha, jun ham bor bir qarich

- fuuu Farruh doim gapimga gap topib berasana

- haliyam menga raxmat degin, seni harakteringga chidab yurganimga, harholda birovni gulday bolasi bo`lsam, hali qizlar bilan gaplashmagan bo`lsam, meni kallamni buzib doim seksdan gapirasan.

- Voy buni gapini qarela, men seni kallangni buzdimmi, muttaham tuxmat qilishinichi. Gulday bolasi emish, sen bolamas balosan bilding.

- Hazilku Guli o`zingni bos yoki menga ayt bosib bosib tinchlanirib qo`yaman

- yaramas

- zaxar

- buyam kam senga

- mayli nima desang de

- Bilasanmi Farruh, haligi men negadir senga o`rganib qolyabman, ishqilib sevib qolmasaydim

- E yo`q Guli men qizlar bilan gaplashmiman, shunday ekan ovvora bo`lma oldin uyingdagilarni yubor keyin o`ylab ko`raman, dedim hazillashib.

- Sen bola hech jiddiy bo`lasanmi o`zi? Namuncha hamma narsani chegarasi borku, sal jiddiy bo`l o`g`il bolasanu.

- Xo`p nima qil deysan, bog`lansang bog`lanaver shunga shunchami menam seni sevamanu 2 yildan beri

- A?

- B!

- Nima deding qaytar, 2 yil?

- Hm senga qanday aytishni bilmay yurgandim, yaxshiyam WhatsApp bor ekan mana aylantirib aylantirib amallab aytivoldim.

- Aldayabsan

- Rost nima qilaman seni aldab, 9 yil birga o`qib harakterimni bilmisanmi?

- Sen ikki gapni birida hazillashasan ishonishgayam qo`rqadi odam, rost yoki hazil gapirib turganingni bilmay o`tiraman gohida

- Chaynalmagin Guli senam sevib qo`yaqo, qiynalib ketdim.

- Jinni kamroq kino ko`rgin men hali sevmiman hechkimni, o`qishimni o`qiyman.

- Yuraging aytganingni qilarmikan ko`ramiz

- Bo`ldi bo`ldi taslimman, menga yoqasan Farruh lekin bu sevgimi yo shunchaki havasmi bilmadim.

- Unda ozroq gaplashib ko`raylik tez orada bilvolasan, nima deding. Masalan bir oy. Boladimi?

- Bilmasam qanday bo`larkin

- Qantday bo`ladi jaaa zivachkaga o`xshab cho`zdingde Guli

- Ustimdan kulovirmagin Farruh, aytdimu uyalvomman

- Sani ustingdamasmanu Guli, Tuxmat qiluvirmagin

- Uffff sen bilan gap talashib bo`midi, o`zingni gapingni to`g`irla desa bo`ldi.

- Xop bo`ldi nima qildik kelishdikmi bir oy gaplashib ko`ramizmi?

- Bo`pti

- RAxmat

- ENdi uxliymizmi, bugun rossa charchadim, xafa bo`miysanmi Farruh?

- Mayli yaxshi yotib tur "JONIM"

- xo`p senham yaxshi yotib tur

(davomi bor)