erouy.ru

Erim yordam bermaydi-şórang?2-qism

Er xotin

Man

o'yladim o'zing qiynalmay chaqaloq

tug'ilishiga uylarni chiroyli

qilmoqchisan, deb. Xayolimga ham

kelgani yo'q, senga bu qiyinchilik

tug'dirayotganini. Chunki mening

tasavvurimda, agar qiynalganingda

yordamimni so'rar eding".

Homilador bo' lib

ko 'rmagan erkak,

qaerdan bilsin ayoli

bu davrda

qiynalishini ?

Shunda psixolog negadur erkakni

yonini oldi.

Nega?

Psixologning ta'kidlashicha,

erkaklarning psixologiyasi

ayollarnikidan tubdan farq qiladi.

Ayollar hissiyotlarga tayansa, erkak

faktlarga, mantiqqa tayanadi. Erkak

ayolini indamay ish qilayotganini

ko'rib unga yordam kerakmas deb

mantiqan o'ylaydi. Chunki erkakning

psixologiyasi bo'yicha, ayolga

yordam kerak bo'lsa, u shuni so'rashi

kerak. Ayolning psixologiyasi

bo'yicha, insonga yordam kerak

bo'lganini yonidagi his eta olishi

kerak.

Mana shu eng muhim narsa! Hech

qachon erkak bir narsani

hissiyotlariga tayanib qilmaydi. Unga

fakt kerak. Fakt: ayoli yordam

so'ramoqda. Natija: erkak yordam

beradi. Fakt: ayoli indamay ish qilib

yuribdi. Natija: demak ayoliga

yordam kerak emas.

Erkakning bunday bo'lishiga u

aybdor emas. Bu uning psixologiyasi.

Huddi shunday ayol ham ba'zida

faktlarga tayanmay, hissiyotlaridan

kelib chiqqan holda ish tutadi.

Bunga ham uning psixologiyasi

sababchi.

Yuqoridagi er-xotinga psixolog

birgina maslahat berdi. Ayolga

yordam kerak bo'lsa, erining jahli

chiqishi, uni bezota qilib qo'yish yoki

eridan so'kish eshitishi mumkinligini

o'ylamay yordam so'rashi kerak.

Erkak ming jahli chiqsa ham turib

yordam beradi. Birinchi marta

turmagan holda ham, unga yalinsa,

turadi va yordam beradi. Faqat ayol

so'rashi kerak. Yordamni olgandan

keyin esa eriga minnatdor bo'lishni

bilsa, keyingi safar yordamni olish

yanada oson bo'ladi.

Ko'pincha, ayollar erini yordam

berishi kerakligidan noroziligini

eshitishdan ko'ra bir amallab o'zi

qilishni afzal.