Ehtirosli onlar (Tanlovga) (4-sahifa)
meni bularga beradigan qizim yo'q!
Eridan bunday gaplarni kutmagan Mahfuzahonim nima deyishni ham bilmay qoldi, kim u Zubayda! Nega mehmonlarga bunday munosabatda bo'lyapti! Hamma hammasi unga mavhum edi!Ha juda achinarli xolat hamma narsa bitay deb turganda, o'tmishdagi xatolar ikki yoshning yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Mehmonlarga Mahfuzahonim o'z uzrini aytdi, eri ishdan charchab kelganini, o'zi obdon gaplashib vaziyatni aniqlashtirishini aytib kuzatib yubordi. Xonaga qaytib kirganda esa Mahmudboy g'azabda tinmasdan so'kinardi,
-iplos, bilib turib sovchilikka kelibdi-ya, kechagi kunni unitibdi shekili, yo'q! Agar u unutgan bo'lsa ham men hech qachon unuta olmayman! Uyalmasdan sovchilikka kelganinichi.
-nima bo'ldi tinchlikmi? Bu qanday muomala? Ahir o'zingiz kuyovingiz bo'lsa Begzodbekdaqa bo'lsinda der edingizku? Nega endi dap-durustdan bunday qarorga keldingiz? Dedi Mahfuzahonim bir havotirli ohangda.
-gap tamom, u oila bn quda bo'lmaymiz! Qaytib ostonamga qadam qo'ymasin! Deb gapni cho'rt kesdi-da, ichida so'kina-so'kina xonadan chiqib ketdi.
Bu yoqda ne-ne umidlar bn oyisi va ammasini kutib turgan Begzod ularning xomush kelayotganini ko'rib ko'ngli biroz xira tortdi. Hech bir so'z demasdan mashinaga chiqdilar, uylariga yetib kelgincha Begzodning na oyisi na Ammasi bir so'z aytishdi. Uylariga yetib kelganda esa Zubaydaxonim bexolgina divanga yiqildi, bu xolatdan hamma qo'rqib ketib tez yordam mashinasini chaqirdi. Ular Zubaydaxonimga tinchlantiruvchi ukol qilib ketishdi. Ammajon esa bor gapni Yigitchaga oqizmay tomizmay aytib berdi.
-nahotki, Mahmud Azizovich shunaqa degan bo'lsa dedi Begzod ammasining gaplariga ishonmasdan!
Yo'q adashyapsilar, qandaydir anglashmovchilik bo'lgan bu yerda dedi-yu xonasiga kirib ketdi. Bir qancha vaqt o'tgandan so'ng kechki ovqatga chiqqan Begzod oyisiga najot umidi-da boqardi, buni sezgan Zubaydaxonim o'g'lini ortiqcha umidvor qilishni istamadi va qalin lablari qaltirab:
-o'g'lim, jon bolam, shu qizni unut, baribir u qizni bizga berishmaydi, bilaman u qizni yaxshi ko'rasan biroq u oila bn quda bo'lolmaymiz!
-nega quda bo'lolmaysiz? Sababi bormi ahir?-dedi Begzod qo'lidagi piyolani kafti bn aylantirarkan.
-chunki, chunki dedi-yu u yog'ini ayta olmasdan yig'lab yubordi! Begzod ham oyisini qiynashni istamadi va ortiqcha savol bermasdan jimgina xonasiga kirib ketdi.
-alo!
-alo, assalomalekum
-voalekumassalom, nimalar bo'lyapti Ziyosh.
-men ham xayronman, dadam xonalaridan chiqqani yo'q.
-nega, nega unaqa bo'lyapti-a? Dedi Begzod xavotir aralash qo'rquv bn.
Ular uzoq suhbatlashishdi ikkovlari ham vaziyatga oydinlik kiritishni kelishib oldi. Tong otdi! Begzod nonushta qildi-yu ishga shoshildi, bugun u boshliq bn gaplashib ularning munosabatiga qarshilik qilmasligini so'rayman deb boshqacha ishtiyoq bn yo'lga otlandi.
Ishga yetib kelganda esa qorovul unga tepada Mahmud Azizovich uni kutib turganini aytdi, ishi o'ngidan kelayotganidan xursand bo'lgan Begzod yuqoriga ko'tarildi. Xonada esa bir nuqtaga termulganicha Mahmudboy o'tirardi, u gapni qisqa qildi hattoki Begzodni gapini eshitmadi ham.
-mana bu pul, bir yil itday ishlasang ham uncha pulni topolmisan, ikkinchi bu yerda qorangni ham ko'rmay, qizimdan esa uzoqroq yur, bo'lmasam o'zinga yomon bo'ladi, endi esa xonadan chiq.
Bu gaplar Begzodni ustidan bir zambar mazg'ava ag'dargandek edi, u nima qilishni bilmay qoldi, Mahmudboyga aytaman deb o'ylab qo'ygan gaplarini birortasi ham yodiga tushmadi, indamasdan hattoki stol ustidagi pulni ham olmasdan itaotkorlik bn xonani tark etdi! U butunlay karaxt axvolda edi, yo'lda uchragan xamkasblarining na salomiga alik oldi, na uzatgan qo'llarni siqib qo'ydi, qanday qilib, qay yo'l bn uyga yetib kelganini o'zi ham bilmadi, taksistning yo'l xaqqichi, yo'l haqinni kotta xolen to'laydimi degan xayqirig'i ham uning qulog'iga kirmadi. Xonasiga kirib karavotiga boshini qo'ydi-yu uyquga ketdi, qancha uxlaganini ham bilmaydi uyg'onganida esa hammasi bir tushdek o'tib ketishini kutgandi afsuski bu hech qanday tush emasdi. U shoshib telefoniga qaradi kech soat 8!
-alo, Ziyosh, tez tashqariga chiq man boryapman!
U qizning gapini ham eshitmasdan telefoni o'chirdi va qizning uyi tomon oshiqdi. Ko'cha boshidagi o'rik tagida qiz Begzodni kutib turardi. Yigitni ko'rishi bn uning bag'riga o'zini otdi.
-dadam, dadam dedi ovozi titrab qiz, Eldorga sovchi jo'nat debdi, o'sha tasqaraga mani uzatishmoqchi, eshityapsizmi Begzod aka dedi-yu shaxlo ko'zlaridan marjon-marjon ko'z yoshilar sizib chiqa boshladi.
-men seni hech kimga bermayman, dedi Begzod qat'iy ohangda! Eshityapsanmi? Sen faqat menikisan!
Shu payt qayoqdandir mashina to'xtadi-yu ichidan Eldor va uning gazanda do'stlari paydo bo'ldi.
-o'-o', Romeo va Juletta dedi kinoya ohangida!
O'zi san bir mishqi bo'lsang, kimsan Mahmudboyga kuyov bo'lmoqchimiding?
-o', san! San ham erkemisan? Dadangni davrida kar-kar qilib yuribsan! Aslida qo'lingdan bir ish kelmaydigan landavursan dedi qiz ko'z yoshlarini kafti bn artarkan!
-voy, voy, voy, Juletta Romeoni himoya qilmoqchimi? Nima Romeoni tili yo'qmi? Man erke emasmanmi? To'ydan keyin ko'rasan qanaqa erkeligimi, kechasi bn dodlatib chiqqanimda bilasan qanaqa erkeligimi!Bu gapdan keyin Begzod o'zini bosib tura olmadi, u Eldorning oldiga borib iyak tagiga shu qadar kuchli musht tushurdiki Eldor bir zumga o'zini yo'qotdi, gandiraklab mashinaga borib suyanib qoldi, iyagini ushlagancha yonidagi sheriklariga ishora qildi o'zi esa qizning bilagidan sudrab mashinaga soldi. Qizni himoya qilaman deb Eldorga qaytadan tashlanaman deganda Begzodning qorin qismiga qayerdandir kuchli zarba tegib yerga yiqildi, Eldor esa qizni uyiga olib bordi, eshik tagida kutib turgan Mahmudboy qizini beodoblarcha kechasi tashqarida yurganidan qattiq g'azabda edi, otasiga vaziyatni tushuntish befoyda ekanligini bilib yig'laganicha ichkariga yugurdi, bu yoqda esa Begzodni yaramas gazandalar juda ham qattiq kaltaklashdi. Eldor qizni tashlab ortga qaytganda ham yigitchani kaltaklashayotgandi!
-bo'ldi, O'ldirib quymalaring, mishqini ortiqcha problemaga toqat yo'q deganidan keyin urishni bas qilgan gazandalar yigitni mashina bagajiga ortishdi va mahallasi boshida tashlab ketishdi. U shu axvolda qancha yotdi hech kim bilmaydi, bir soatdir ikki soatdir yaxshiyamki Begzodning baxtiga tungi navbatchi bo'lib yurgan mahalla posboni Dilshod uchrab qoldi. U darxol tez yordam chaqirib yigitchani kasalxonaga yotqizdi. Uning axvoli haqiqatan ham juda ham og'ir edi, yuz ko'zlaridan qon oqibyotibdi, qattiq tepkidan chap qo'li singan, yuzini himoyalayman deb yuzini berkitishga harakat qilganda o'ng qo'lining ikki barmog'i ham singandi. Xushini yo'qotgan, bexush!
Ertalab arang ko'zini zo'rg'a ochgan Begzod tepasida yeg'lab o'tirgan oyisini, sal nariroqda oynadan tashqariga termulib o'tirgan singlisini ko'rib ular nega bunday axvolda o'tirishganini dastlab tushunmadi. O'rnidan turmoqchi edi, og'riqning kuchliligidan qo'zg'ala olmadi, qo'llari gips, boshi yorilib ketgudek bo'lib og'riyapti, hattoki lablari shu qadar shishib ketgandiki bir so'z ayta oladigan xolatda emasdi.
O'ziga keldi, Nargiz qara akang o'ziga keldi dedi Zubaydaxonim ko'z yoshlarini yengi bn artib!
-aka, akajon, deb Nargiz ham yugurib keldi, yaramas qo'rqitib yubordingiz, naq 2 kun bexush yotdingiz-a? Yaramas akasiz, singlim bor, oyim bor ular havotir oladi deb uylamis ham dediyu yosh bolalarcha yeg'lab yubordi!
Ziyodaning taqdiri nima bo'ldi ekan deb qiziqyapsizmi? , o'sha tundagi voqeadan behabar qiz Begzodga telefon qildi, u Begzodning kaltak yeganini bilardi biroq axvoli bu darajada og'irligini bilmasdi. go'shakni esa Zubaydaxonim ko'tarib og'lini bexush ekanligini, kaltak yeyaverib sog' joyi qolmaganini, agar o'g'liga biror narsa bo'lsa o'g'lini shunday axvolga solganlarni tinch qo'ymasligini aytib keyin beixtiyor yeg'lab yuborib yalinish ohangida.
-jon qizim, boshingiz toshtan bo'lsin, baribir silar birga bo'la olmislar, agar o'g'limni chindan ham yaxshi ko'rsangiz iltimos uni tinch qo'ying, siz unga qanchalik yaqin kelsangiz o'g'limni hayoti shu qadar xavf ostida qolaveradi deb iltimos qilgandi. Bu gaplarni Ziyoda ko'tarolmadi, uning un Begzodsiz hayotning qizig'i yo'q edi, oyoq qo'li bo'shashib aql o'rnini xissiyot, Begzodga bo'lgan muhbbat egallab oldi, oshxonaga kirib aptechani topdi ichidan qanday dori chiqsa birma bir yutaverdi. Uning ichida qon bosimini tusharidgan dori ham bor edi, shamollaganda ichiladigan dori ham bor edi, dori nomini hattoki o'qimasdan turib siqim-siqim og'ziga solib chaynardi. Bir qancha vaqtdan so'ng qizni nafasi siqila boshladi qo'llari karaxt bo'ldi, oyog'i ham o'ziga bo'ysunmasdan jim turardi u na tipirchila olar na oyoq qo'lini harakatga sola olardi. Nihoyat unga havo yetishmay qoldi, bo'g'iq ovozda oyi, oyijon, dada deya olardi biroq uning ovozini na oyisi na dadasi eshitdi. Og'zi oppoq ko'pikka to'ldi, ko'zlarini so'ngi bor yarq etib ochdi-yu...
1 hafta deganda kasalxonadan chiqdi. Og'riqlar biroz kamaygan, bo'lsa-da hali ham to'liq sog'aymagandi, hali o'zi mustaqil harakat qilolmasdi, hayoli esa faqat Ziyoda-da edi, oyisidan esa qiz haqida so'ragani uyaldi. Miyasiga qattiq zarb tekkani un Begzodga vaqtincha telefondan foydalanishni taqiqlangani un unga telefon ham qilolmadi. Yigitcha uyda yana 10 kun davolandi, endi shish joylari qaytib ketgandi faqat qo'llaridagi gipsni yechib tashlashsa bas. Ziyodaning telefoni esa o'chirilgan.
Bir kuni Zubaydaxonim Nargizaga o'tmishdagi voqeani yeg'lab kuyunib aytayotganda Begzod ularning suhbatini tasodifan tinglab qoldi U esa qiziga bor voqeani aytayotgan edi!
-o'sha vaqtlarda biz Mahmud aka bn sevishardik, ularni otasi og'ir hastalikdan vafot etgan, oyisi chalajon bir zaifa edi. Bir kuni ularning oyisi bizning uyimizga sovchilikka keldi otam o'sha paytda Rais bo'lib ishlardi xonadonimiz nihoyatda boy edi shuning un Mahmud akani oyisiga rad javobini berdi, oyilari qaytib ketdi Mahmud akani qistovlari bn yana keldi bu safar ham rad javobini oldilar, eshikdan chiqayotgan sovchilarga qarab otam bilib qo'y "Shoxakimni xotini, teng tengi bn agar ostonamga yana qadam qo'ysang o'zingni ham o'g'lingni ham oyoq qo'lini sindiraman yoki xalq dushamani sifatida Sibir qilaman"
Deb do'q urib jo'natib yubordi, biroq ko'ngil ekande ularning menga bo'lgan muhabbati kuchidan yana oyilarini uyimizga jo'natdilar, bu safar otam oyilarini uyga taklif qilmasdan etigiga qistirilgan qamchisini olib savalay ketdi, "meni gapimni ikki qiladigan hali senmi" deb ayamasdan bechora ayolni ura ketdi, ularni ajratishga hech kimni yuragi dov bermadi, chunki hammamiz otamizdan qo'rqardik, bechora ayol esa xolsizgina iltijo bn "yoshlarni baxtiga rahna solmang, jon raisbuva" deb yalinardi xalos. U ayolga rahmim kelib ajratib olmoqchi edim lekin hali sanmi qayoqda yo'q yetimga erga tegadigan deb meni ham qo'shib savalay ketdi. O'zi nimjon ayol edi Mahmud akani oyilari uning ustiga qattiq kaltaklanib axvollari battar og'irlashdi, uzoqqa bormadi shu voqeadan 2 hafta o'tar o'tmas oyilari qazo qilibdi, o'shandan so'ng Mahmud aka otamni oldiga kelib "hali hammasi un javob berasan" deb juda ham qattiq tortishdi, meni ko'rib esa "seni deb, eshityapsanmi seni deb man oyimdan ajralib qoldim, hammasiga san aybdorsan" dedilar-u chiqib ketdilar. Mana shuncha vaqt o'tibdi deb qiziga kuyunib gapirayotgan Zubaydaxonimning ko'zidan yosh sizib chiqardi.
Bu gaplarni eshitgandan so'ng rostan ham Ziyoda bn birga bo'la olmaymiz ekan deb taqdirga tan berib yashay boshladi. Bir necha kundan so'ng eshik qo'ng'irog'i uzoq chalindi, Notanish mehmonni kutib olgan Nargiza uni ichkariga taklif qildi. Notanish mehmonni ko'rgan Begzod ham, Zubaydaxonim ham tosh qotishdi, ha bu Mahmudboy edi, uning ahvoli bir ko'rinishda, avvalgi kibrli, mag'rur Mahmudboydan asar ham qolmagandi. Garchand uning tashrifi mezbonlarga qorong'u bo'lsa-da baribir uni mehmonxonaga taklif qilib dasturxon yozishdi, men, men razil insonman deb gap boshladi Mahmudboy,
guldek qizimni umrimni xazon qilayozgan razil insonman!
Hech vaqoga tushunmagan Begzod oyisiga qarab qo'ydi.
-nima bo'ldi? Tinchlikmi dedi Zubaydaxonim.
-o'sha tungi voqeadan so'ng qizim xonasidan chiqmadi, dastlab uni oddiy qaysarlik deb o'ylab parvo ham qilmudim, biroq ertalab oshxonaga kirib ne ko'z bn ko'rayki qizim oppoq ko'pikka belanib yerda yotibdi, yonida bir qancha dorilar sochilib turibdi, shoshib qoldim, tez yordam chaqirdim xudoga shukr saqlab qolishdi, biroq o'sha kundan beri avvalgi Ziyodadan asar ham yo'q, meni ko'rsa dushmanini ko'rgan odamdek teskari qarab ketadi, kechalari oyisi bn dardlashib chiqadi, meni esa hattoki tushida ham ko'rishni xohlamayotgan ekan. Eshityapsanmi Zubayda, yolg'iz qizim, mendan nafratlanyapti, meni ko'zlarimni nafrat ko'r qilib qo'ygan ekan, otanga bo'lgan nafratim ko'zlarimni so'qir qilib qo'yibdi, o'z farzandimni o'ldirib qo'yishimga bir bahya qoldi deb ko'zlariga yosh oldi, keyin esa Begzodga qarab, nafaqat o'z qizim balki sening ham o'g'lingni hayotiga xavf solibman-a? Meni kechir Zubayda, kechir!
Keyin esa Begzodga qarab bor sen Ziyodani oldiga bor unga bor gapni tushuntir, meni yomon ko'rmasligini, mendan nafratlanmasligini ayt u sening aytganinga kiradi chop, chopaqol dedi. Begzod bunday taklifdan esankirab qolgandi, u oyisiga qaradi Zubaydaxonim ham boraqol degan ishora qilib boshini qimirlatdi. Qo'llarida gips bo'lishga qaramay Begzod g'ayrioddiy chaqqonlik bn o'rnidan turdi va eshik tomon otildi. Qizning uyiga borib eshikni taqillatdi eshikni Mahfuzaxonim ochdilar, qo'lidagi gipsni ko'rib yigitga biroz anchindi ham xol-ahvolini so'ragandan so'ng uni Ziyodaning xonasiga kuzatib qo'ydi. Xonada Ziyoda boshini o'rab olgancha qimir etmasdan yotardi.
-qaysarlar malikasi shirin uyqudamilar? -dedi Begzod yuzida shirin kulgu bn.
Dastlab bu ovozni tushda eshityapman deb o'ylagan qiz sekin boshini ko'tardi, ne ko'z bn ko'rsinki qarshisida o'zi sevgan yigit turardi. Qo'llari gips, u o'rnidan qanday qilib turib, qanday qilib Begzodni quchoqlab olganini ham sezmay qoldi. Uning ko'zlarida quvonch yoshlari o'ynardi. Faqatgina yigitning alamli chinqirig'idan o'ziga keldi.
-aaaaaay, Ziyosh, og'ridi
-i-i-i, kechiras, qayeriz og'riyapti?
-oyog'im og'riyapti, ezib olgansan yaramas dedi Begzod kulgu aralash!
-ajab bo'pti dedi qiz qoshlarini chimirib, shuning un sport bn shug'ullanish kere edi-da, agar boks bn shug'ullanganizda o'sha jinnilardan kaltak yemagan bo'lardi deb ipakdek mayin qo'llari bn yigitning yuzlarini silab qo'ydi...
Bu yog'i tezlashib ketdi, fotixa qilinib to'y kuni ham belgilandi, Begzodning qarshiligiga qaramasdan uni kaltaklagan gazandalar jinoiy javobgarlikka tortilib keragicha jazoni ham olishdi.To'y ham bo'lib o'tdi, hamma orzu qiladigan to'y bo'ldi o'ziyam, to'yga kelgan mehmonlarni aytmaysizmi? Kelin-kuyovga yaxshi tilak bildirish ishtiyoqida kelgan mehmonlarning keti uzilmasdi. To'yda hamma narsa chiroyli did bilan bezatilgandi, sanatkorlardan tortib so'z ustalarigacha to'yni fayziga fayz qo'shdi. To'y marosimi tugab kelin-kuyovni yor-yor sadolar ostida Chimildiq deb atalmish ajoyib bir go'shaga kuzatib qo'yishdi. Ana hayajon-u, ana qo'rquv. Har bir yigit-qizning orzusi bu chimildiq, qizlar iffatini, aynan shu kecha un saqlaydi. Ota-onasini or-nomusini, aynan mana shu kecha un saqlaydi. Yoshlarni chimildiqda yangalar bn yolg'iz qoldirishdi, yangalar ularga urf odat bo'yicha dastlab kuyov bolaga kelin bola suv quyib yubordi kuyov bola qo'llarini yuvdilar, keyin asal yalatdilar, qatlama moshxo'rda xullas hamma marosimlarini joy-joyiga qo'yib yangalar ham xonani tark etishdi. Endi xonada kelin va kuyov yolg'iz qolishdi. Kuyov bola yuzini teskari tomonga qarab burib turdi kelin bola tezda ustini almashtirib oldilar, keyin esa kelin-kuyov shukronalik namozini o'qib solih va soliha farzandlar tilab duo qilishdilar!
Mana nihoyat hamma marosim tugadi, ikki yoshni ham yuragida hayajon, tashqarida yangalar kutib turibdi. Xona spalni chekkasida Ziyoda omonatgina o'tirib sochini o'ynab o'tiribdi. Yigitcha ming xayajon bn uning nafis barmoqlarini ushlab o'rnidan turg'azdi, televizordan taralayotgan musiqa ovozini biroz balantlatib qizni bag'riga bosdi. U qizning lablaridan o'tli bo'salar olardi. Tezda qizni ortiqcha kiyimlardan xalos qildi oyoqlarini kerib qizning choti orasiga asbobini to'g'rilab
-Ziyosh biroz og'riydi, sabr qilib chidab turasan faqa dedi asbobini sekin asta suqa boshladi. Dastlab uchini bir necha marta suqib chiqarib qizni ko'niktirb ozgina yo'l ochib oldi, Oloti qattiq bir narsaga tekkani sezganda esa bir necha marta qattiq-qattiq zarb bn oxirigacha kirgazib yubordi.
Ichidan nimadir uzilanini his qilgan qizning o'sha damda ko'zidan olov chiqib ketgandek bo'ldi, ko'ziga hech narsa ko'rinmay qoldi "maraz o'ldiraman sizni dedi-yu" og'riqni kuchidan o'rnidan tura olmadi. Oq dokaga tomchilagan qonni ko'rgan Begzod "rahmat Ziyosh, o'zingni men un asraganing un rahmat" dedi-yu qizning peshonasidan cho'lpillatib o'pib qo'ydi va dokani yeg'ishtirib olib qo'ydi, keyin choynakdagi shirchoydan piyolaga to'latib quyib qizga uzatdi, uning ko'nglini ko'tarish un turli xil ko'ngilga xush yoquvchan gaplarni ayta boshladi.
-bo'ldi Ziyosh endi senga o'zing xohlamaguningcha teginmiman, o'zingni aloqaga qachon tayyorman deb his qilsang o'shanda birga bo'lamiz dedi-yu qizni sekin bag'riga oldi...
***
mana aziz do'stlar qadrdonlar yana bir hikoyamiz ham o'z nihoyasiga yetdi. Hikoyada uchragan ba'zi bir imloviy xatolari un oldindan uzr so'raymiz. Ish bor joyda kamchilik ham bo'ladi, nasib qilsa kelgusi hikoyalarimizda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilamiz, agar hikoyaning qaysidir joyi maqul kelmagan bo'lsa uzr so'raymiz, biz shunchaki oddiy bir havaskormiz, professional ham emasmiz, saytimizda esa bir-biridan ajoyib hikoyachilar chiqyapti ekan bundan faqat xursand bo'lamiz. Qimmatli vaqtingizni sarflab oddiy hikoyamizni erinmasdan o'qib chiqqaningiz un alohida tashakkur. Omad siz-u bizni hech qachon tark etmasin, xayotiy faoliyatingizda muoffaqiyat tilaymiz. Ha yana bir gap, garchand bayramga hali bir oz muddat bo'lsa-da o'sha kuni tabriklash imkoni bo'lmay qolishi mumkin, ayni fursatdan foydalanib munis opa-singillarimiz kelayotgan 8-Mart "Xalqaro Xotin Qizlar" bayrami bn chin yurakdan muborakbod etamiz. Turmushga chiqmagan opa-singillarimiz bo'lsa yaxshi-yaxshi joylarga uzatilib baxtli-saodatli bo'lishsin, turmushga chiqqan opa-singillarimiz esa solih-soliha farzandlarni go'zal onalari bo'lib oilasi, turmush o'rtog'i barcha yaqinlarini baxtiga sog'-u salomat bo'lishsin!!!
Cheksiz xurmat va ehtirom ila kamina-yu kamtarin DoMiNo.
Hikoyaga bo'lgan fikr mulohazalaringizni kutib qolamiz, sizning fikringiz biz uchun juda ham muhim!!!