erouy.ru

TELBA... (Tanlov uchun.) (2-sahifa)

Qarindoshlar (insent)

istirobga solib, endi o`zim qanday baxtli bo`lman! -deb o`ylab qoldi. O`tmishini, qanday ayol bo`lganini, Sobir bilib qolishidan havotirda edi.

Cho`pon kelib, ikkisiga nikoh o`qiyotgada ham shu haqida o`ylardi. Uchunchi bor roziligini so`radi. Ziyoda biroz sukut saqlab turdida:

- Roziman! -dedi. Bo`ldi endi buyog`i taqdirimdan deb qo`yaqoldi...

Asta xaftalar o`ta boshladi. Sobirning mehri-muhabbati, xar qanday ayolni sarmas qiladi. Ammo Sobir qanchayin ko`p mehir, etibor bersa. Ziyoda yanada qiynalar. Vizdan azobi uni qiynar. Bu dunyoda kimgaham kerak, ota onasi o`lib ketishgan. Ikki opasi bo`lsa o`zilari bilan o`zlari ovora. Mehir ko`rsatmoqchi bo`lganlar ham vaqtincha. Hayotida birinchi bor kimgadur kerakligini xis qilganda esa...

Bu insonga munosib emasligidan, uni aldagani uchun bir kun og`ir jazo kutib turganini har lahza xis etardi. Ikki oycha yashagandan keyin ortiq bu azoblarga dosh bera olmasligini tushundi.

Sobir erta tongda turganda yonida bir nimalar yozilgan, bir parcha qozog` turardi. Tezda olib o`qiy boshladi: ``Sobir aka men ketyabman. Men sizga loyig` emasman. Ziyoda.``

Sobir hech nimani tushunmay so`qmoq yo`lga yugurdi. Adirga yetmasdan Ziyodaga yetib oldi.

- To`xta azizam qayoqqa ketyabsan?

- Ortiq chidolmayman ketishim kerak! -dedi Ziyoda.

- Sani hafa qilib qo`ydimmi?

- Yo`q Sobir aka sizdan bir umur minnaddorman.

- Unda nega ketyabsan ahir baxtli yashayabmiz-ku?

- Ketmasam bo`lmaydi, iltimos yo`limni to`smang.

- Mayli tog`da yashab zerikkan bo`lsang, aylanib kelaqo yaqinlaringni ko`rib kel sanga ruhsat beraman.

- Yo`q man qaytmayman.

- Unda sababini aytib ket, mani savollar ichida qoldirma?

- Iltimos mandan buni so`ramang. Man sizga munosib emasman!

- Mayli ketaver, ammo qaytib kel. Bo`lmasa o`zim izlab topaman!

- Bo`lmasa eshitingggg! Man siz o`ylaganday pok ayol emasman. O`sha kuni dugonalarim emas, bir nechta yigitlar mani bu yerga tashlab ketgan edi. Chunki man bu yerga ular bilan kelib ularni ko`nglini hushlaganmannnn... -Ziyoda baqirib yig`lab yubordi. - Ha man shunday yaramasman, sizni mehrizga munosib emasman. Ortiq sizni aldagim yo`q. Agr lozim topsayz talog`imni bering... -dedi.

Sobir bu gaplardan keyin qotib qolgan edi. Ziyoda Sobirdan hech qanday sado chiqmagandan keyin yo`lida davom etdi. Qaytib orqasiga qaramadi...

Oradan ikki yil o`tdi. Ziyoda kattakon restaranning oshxonada. Qo`lida rezena perchatka, oldida partuk qo`li-qo`liga tegmay idish-tovoq yuvmoqda.

- Ziyoda mana bularni ham yuvib qo`y. -oshpaz ayol bir dunyo yuqsiz idish-tovoq olib kelib Ziyodani yoniga qo`ydi.

- Ho`p bo`ladi! -Ziyoda bundan xafa emas, aksincha mamnun. U endi to`g`ri halol yashashni o`rgangan. Tanasini sotib 100 ming topgandan, halol ishlab topgan 10 so`mi totliroq ekanini tushungan.

- Kimsiz bu yerda nima qilyabsiz? -dedi, oshpaz yordamchisi. Ziyoda o`z ishi bilan bant, oshxonaga kim keladi, kim ketadi ularga etibor bermaydi.

- Siz kimsiz o`zi? -yana o`sha savol.

- Ziyodaaa! -bu o`sha oshxonaga kirgan kishining ovozi. Ziyoda bu tanish ovozni eshitib idish yuvishdan to`xtadi. Xayajon bilan ortiga o`grildi. Qarshisida chiroyli kastum-shim kiygan. Soqol moylovi olingan. Judayam kelishgan kishi qarab turardi.

- Sobir aka! -naxot o`sha darvesh sifat Sobir akam shu bo`lsa. Ziyoda hayrt to`la ko`zlarini tikib turardi.

- Ziyoda kim bu kishi? -dedi oshpaz ayol.

- Uni eriman! -dedi oshpaz ayol qarab jilmayib.

- Bolangni otasi shu kishimi? -dedi oshpaz ayol.

Ziyoda ko`z yoshini yashirmay bosh chayqadi. Sobir asta Ziyodani ko`z yoshini artib, so`ng bag`riga bosdi...

(TAMOM)

Muallif: -MAJNUN-