erouy.ru

Jumanji... (turnir uchun)

Boshqalar

Nonick92 vs Egoiste

Ξ Ξ Ξ Ξ Ξ Ξ Ξ

(ehtirosli hikoya tarafdorlari o'qishi tavsiya etiladi)

AQSH. Manxetton. Soat 23:30. Yarim tun vaqti yaqin qolgandi. Shunday bölishiga qaramay, köchalar hali-hamon yop-yorug' va sukunatdan holi edi. Köchalar va köp qavatli binolardagi chiroqlar, e'lon uchun yoqib qöyilgan har-xil turdagi monitorlar, e'tiborni jalb qiluvchi mayda chiroqli yozuvlar, tunni kunga almashtirgandek edi.

"Enjoy Party" deb yozilgan banner tagidagi zinadan, köplab odamlar chiqib-tushib yurishar edi. Bu joy tungi klub bölib, tuni bilan mijozlari hizmatini ado etardi. Zina böylab pastga tushilsa, bir katta eshik bor. Ösha eshikdan, tungi klubga ötilar edi. U yerdan kelayotgan baland musiqani, kimdur quloqqa yoqmas shovqin desa, kimdurlar haqiqiy rohat manbai deb hisoblar edi.

Öynayverib oyoqlari charchagan qizlar, stol atrofida gaplashib ötirishardi.

-Böldi boshqa öynamayman.

-Charchadingmi?

-Ha. Senchi?

-Men ham. Boshqa öynamayman.

-Qöysangchi! Stiv(Steve) chaqirsa yana turib ketasan!

-Bir özi qolmasin deymanda Emma(Emma).

-Ana Ben(Ben) ham ösha yerdaku.

-Ha. Uni öynashini qara! Kulging qistaydi!

Örtada raqs uchun ajratilgan kenglik böylab, yigitlar va qizlar tinmay raqsga tushishardi. Öyin-kulgu avjida! Ovoz kuchaytirgichlarda shovqinli, murakkab janrdagi musiqa yangrardi. Bu musiqaning öyinga chorlovchi ohanggi va alkogolli ichimliklar ta'sirida, sarmast holatda öynashar edi. Shu öyinchilar orasidan, Stiv va Ben ham joy egallashgandi. Stiv musiqaga moslab, ajoyib tarzda qöl va oyoq harakatlarini özida uyg'unlashtirardi. Bu harakatlari qizlarni chorlashini, özi ham yaxshi bilardi. Ben esa, biroz chetroqda, betartib qöl harakatlari bilan öynardi. U tuzukroq öynay olmasdan, Stivning harakatlariga taqlid qilardi. Ben aslida raqsga tushishni hush körmas, faqatgina döstining hohishi bilan bu davraga tushgandi. U tabiatan og'ir bosiq, kamgap, tortinchoq va odamovi yigitlar qatoridan edi. U raqsdan köra, öz ishini, ya'ni ustachilikni hush körar edi. U dadasi bilan, ustachilik va qurulish sohasida katta yutuqlarga erishgan edi. Ajoyib uylar, örmon ichidagi mexmonxonalar, tog' bag'ridagi villalarning aksariyati, Ben va dadasining tashabbusi bilan qurilgan edi. U har qanday holatda ham özini yöqotmay, mulohaza va aql orqali ish yurutishi bilan, döstlari orasida ajralib turardi. Aytib ötilganidek, hoh ziyofat, hoh marosimda u bir xil, vazmin holatida bölardi. Hozir ham shu xulqini ma'qul körib, sezdirmaygina örtadan chiqib ketdi. Uni raqsini tomosha qilayotgan qizlar yoniga bordi. Avval stolga yaxshilab joylashib olib, Emma yaqinroq qilib ötirib oldi.

-Nima böldi Ben? Raqsga tushish yoqmadimi? -söradi undan Keyt(Kate).

-Ha yoqmadi. Undan körasi senlar bilan gaplashib ötirganim yaxshidi. -u shunday deb, Emmaga qarab qöydi.

Ötkir közlar nigohidan söng, Emma ham köz suzib qöydi. Bu ikki juftlik, bolalik vaqtlaridan beri bir-birini yoqtirar, har qanday kömak va maslahatni, bir-biridan ayamas edi. Oradan shuncha yillar ötgan bölsa ham, tortinchoq qahramonimiz Ben, unga dil izhori qilmagan edi. "Birinchi bösa", "birinchi kecha" sözlari ham, ularga butkul begona edi. Visollariga doimo intilib yashashardi. Afsuski, bu uchun na Ben birinchi qadamni qöyardi, na Emma. Hozir ham bir-birlari bilan köz urushtirib ötirishibdi. Bu holat kamdan-kam takrorlanar edi. Hozir esa, ular biroz ichishgan. Shuning uchun ham, ochiq-oydin nigohlar, ochiq-oydin gap-sözlar bilan ovora bölishar edi.

Emma odatda, Benning nigohlariga javob qaytarmay, moviy közlarini undan olib qochar, kezi kelganda "menga bunday qarama"ga öxshash gaplarni ishlatardi. U vaqtini chog' ötkazishni istamas, iloji boricha, öqishi va sevimli mashg'ulotiga vaqt ajratardi. U yuqori maktabning oxirgi bosqichida öqir edi. Sevimli mashg'uloti esa, bu - gimnastika. Gimnastikani chin dildan sevar, kunining deyarli yarmini zalda, har-xil mashg'ulotlar bilan band holda ötkazar edi. U bir-necha olimpiadalarda qatnashgan, ammo omadi kelmagani tufayli, shoxsupaga hali beri kötarilmagan edi. U bunday tungi klublar, kafe-barlar va köngil ochuvchi joylardan köra, öz sportzalini hush körar edi. Hozir ham u faqatgina, dugonasi Keytning qistovi va Benning shu yerda ekanligi uchun ötirgan edi.

Dugonasi Keyt esa, judayam shöx, birozgina injiq, hazilni tushunmaydigan, yengiltak va suyuqroq qizlar turkumidan edi. Emmaga Keytning, faqatgina yengil xarakterlari yoqmasdi. Chunki, u shu xarakterlari bilan, Emmaning ham bir kun qandaydir yölga tortishi mumkin edi. Emma Benni qanchalik yaxshi körsa, Keyt Stivni ham shunchalik yaxshi körardi. Ikki juftlik orasida faqat birgina farq bor edi. Birinchi juftlik, hayoti davomida, birgina bösaga ham erishmagan edi. Ikkinchi juftlik esa, buni aksi edi. Keyt ön yetti yoshida "kerakmas" pardalaridan, Stiv tomonidan mahrum qilingandi. Mana ikki yildirki, vaqt va imkon böldi deguncha, ikki sevishgan birga bölishar edi. Keytning hayoti mana shunday yösinda edi. Uni hayotidagi yashashga undovchilar, hozircha mana shular edi. Davrada hali-hamon qizg'in raqs ketar, qizlarni gir aylanib, Stiv ajoyib raqsga tushardi. U tabiatan hushchaqchaq, özini sevadigan, judayam qaysar, qizlarga suyagi yöqroq yigitlar turkumidan edi. Uning tez asabiylashish va öylamay qaror qabul qilishdek, odatlari ham bor edi. U dösti Benga havas qilardi. Hayotiga havas qilardi. Oilasi ham, ishi ham joy-joyida. Uni ustiga sevgani bor. Bir qadam tashlasa bölgani, unga ham erishadi. Özi Keyt bilan yuz martalab tun ötkazgandek, negadir Emma bilan ham birga bölgisi keb qolardi. Shuning uchun ham, Benga, uni hayotiga havas bilan qarardi. Stivni esa hayotida ming bir tashvish bor edi. Tayinli ishi yöq, kuni klublar va barlarda ötadi. Bu yetmagandek, oilasi ajralish arafasida turgandi. Dadasi bir tarafda bölsa, onasi ikkinchi tarafda edi. Örtada ikki ukasini ushlagan holatida Stiv turardi. Ikki kichik farzand, ota-ona tomonidan talashilardi. Stivga nisbatan esa, kunlar ötgan sayin e'tibor pasayardi. Shunday özgarishlar va ota-onasining janjallari ostida, töng'ich farzand ham, spirt va qizlar orasida öralashib qolgandi. Hozir ham shunday yölni afzal körgan bu yigitning hayotiga, endi qandaydir chalg'ituvchi vosita kirayotgan edi. Bu vosita Keyt emas, balkida bir sport bölib, u Stivni tashvishlar girdobidan olib chiqayotgandi. Alkogol ta'sirida tashvishlarni bir zumga bölsa ham unutgan Stiv, döstlari qolmagani tufayli davradan chiqa boshladi. U qöllarini kötarib, öynab, tashqariga chiqar ekan, har-xil qizlarning, dumbalariyu-kökraklariga urulib ketardi. Nihoyat örtadan chiqib, döstlari ötirgan stolga yetib keldi.

-Nega ötiribsizlar? Ben, Keyt qani turlaring, kettik davraga! Sen ham tur Emma!

-Ertaga mashg'ulotlarim bor Stiv, charchab qolmay yana, sizlar bemalol! -dedi Emma, hijolat ohangida.

-A mayli, yur kettik Ben!

-Meni ertaga ishlarim köp, uzoqroqqa ketaman. Uni ustiga oyoqlarim ham og'rib qoldi.

-Ha bunisiga ham mayli! Keyt ikkovimiz raqsga tusharkanmizda. -u Keytga qarab, közini qisdiyu, belidan qattiq öziga tortdi.

-Töxta, töxta! Mashg'ulotim, ishlarim! Ertaga! Menga nima deb va'da beruvdinglar, eslaringdan chiqdimi?

-D shuni qöygin Stiv, men uzoqroqqa ketishim kerak deyabmanku!

-Yöq Ben! Borasan tamom! Axir buni bir hafta oldin aytganmanku! Senchi Emma?

-Hayronman -dedi Emma, nafis yelkalarini qisib.

-Ikkoving ham borasan, gap tamom! Borguningizcha, biz Keyt bilan u yoq, bu yoqni tozalab turamiz.

Stiv shunday dediyu, Keytning dumba aralash bellaridan öziga tortib, davra örtasiga singib ketdi. Davra törini otashga aylantirib, ikki sevishgan tinmas edilar. Hammaning köz oldida, lablarni bir-biriga urishar, qöllar esa, ochiq sonlaru, ochiq bellarga ketardi. Uyatni yig'ishtirgan holda harakat qilishardi. Bir chetdagi stolda esa, Ben va Emma ularga termulib ötirishardi...

Ben közlarini ochganida, har doimgidek köziga birinchi bölib, soat körindi. Soat 09:20. Soat raqamlari uyqusini öchirib yubordi. Örnidan turib, ertalabki kundalik ishlarini qildiyu, köchaga yugurdi. Har doimgidek, maktab avtobusi töxtaydigan joyda, Emma kutib turardi. Uni körib, uyqu va kech qolayotganligi, unutildi göyo. Emma ustida yupqa materialdan bir mayka va tagida tor shim kiyib olgandi. Qomatini shundoqqina bilintirib turgan kiyimlari, Emma tomonidan kam foydalanilardi. Uni mashg'ulot orqali orttirgan kökraklari, öz kerakli natijasiga erishib bölgan dumbalari, qöl yuborsa yayraydigan chiroyli bellari, göshtlari osilmay tarang turgan sonlari va juda ham chiroyli, tekis yelkalari Ben uchun orzusidagi haqiqiy qizni ifodalardi. Emmaning husni kamyoblardan edi. Unda hech kimda yöq moviy közlar bor edi. Sariq sochlari, uzunchoq burni va ingichka labi ham bir-biriga juda mos edi. Ikki yuzining ham, biroz chözinchoqligi bor edi. Benga qaraganda biroz balandroq böyi, uning sportchi qiz ekanligidan dalolat edi. Ben u tomon yaqinlashdiyu, har doymgi aytadiganini aytdi.

-Hayrli tong, kutib qolmadingmi?

-Biroz. Ketdikmi?

-Albatta.

-Negadur ösha tölqinlar oldiga borgim kelmayapti.

-Axir bu zörku, uni ustiga tölqinlar ustida Stiv yuradi. Bu qiziqku!

-Haa, qiziq. Negadur könglim g'ash. -Ben shunday deb, taksi töxtatish uchun yöl yoqasiga chiqdi.

Emma unga qarab turar ekan, qovog'lari biroz berkitib turgan közlariga termuldi. Ben közlari och jigarrang, burni katta, peshonasi ikki chetidan sochi biroz tökilgan, yuzi dömboqroq bola edi. U odatda jigarrang sochini kalta qilib kestirib yurar, gavdasiga juda yarashardi. Emmaga ham asosan, uning xulqi va gavdasi yoqardi. Böyi örtacha bölishiga qaramay, mushaklari qalin, kökraklari oldinga börtib chiqqan, yelkalar uchburchak shaklida edi. Taksiga chiqib, yonma-yon ötirib ketishdi. Ular doim yonma-yon ötirishganida, Benni hayajon bosardi. Hozir ham shunday bölib, bir zumda terlab ketgandi. Manzilga yetib kelishdi. Mashinadan tushishlari bilanoq, dengiz havosi urildi. Bir chuqur nafas olishib, sohil tarafga qadam bosishdi. Dengizning bir chetidan, qayiq kelayotganiga guvoh bölishdi. Sohilda hech kim yöqligi bois, ösha qayiqni kutishga majbur bölishdi. Qayiq sohilga kelib, qayiqchi bu tarafga qaradi.

-Stiv! -Emma hayrat bilan gapirdi.

-Ha men! Qani ketdik!

-Qayoqqa yana?

-Ben, uy anavi orolchada ösha yerga qayiqda boramiz!

-Tölqinlarda...

-Tölqinni kattasi ham ösha yerda böladi.

Uch döst qayiqqa ötirishib, suza boshlashdi. Stiv charchagani bois, eshkaklarni Benga berdi. Ön daqiqaga bormasdan, orolchaga yetib kelishdi. Bir necha önlab qayiqlar orasiga, qayiqni joylab qöyishdi.

-Qani ketdik!

Emma va Ben, Stivning ortidan ergashib ketisharkan, bu orolchada bir özlari emasligiga ishonch hosil qilishdi. Bu yerda yuzlab katejlar mavjud ekan. Örtaga doira qilib qurilgan bir-xildagi katejlar, har qadamdagi barbekyu oshxonalari, barlar va bolalar uchun maydonchalar joylashuvidan, Ben hayron qoldi. U Stivga yuzlanib:

-"Orolga olib boraman" deganing shu yermi?

-Albatta! "Wavy island"da hamma sharoit bor. Oshxona, dush, bar, diskotekalar, sohil, hovuz, hullas köngilxushlik uchun yaxshi joy.

-Nomini nima deding?

-"Wavy island", "tölqinli orol.

-Ha, afishada körgandim.

-Mana bizning katej. Qani marhamat!

Ben va Emma ichkariga kirishdi. Emma tög'ri oshxonaga ketgan bölsa, Ben uy xonalarini tekshira boshladi. Bir xonaga yetib, eshikni ochdi. Ichkarida bir-ikki mebel va örtada ikki kishilik krovat turardi. Krovat usti ochilgan, kimdur yotganligi aniq. U bularni kimligini fahmlab, eshikni yopdi. Eshik orqasida turgan sharpadan chöchib ketdi.

-Salom Ben!

-Yötalib yurmaysanmi Keyt?

-Kechir! -dedi kulimsirab yelkalarini qisib.

Keyt boyagi xonaga kirib ketdi. Ben esa uni orqasidan termulib qoldi. Shimi ichida özgarish sezib, noqulaylikni his qildi. Chunki Keyt, hozirgina uni yonidan bir dona sochiqqa öralib ötib ketgandi. U bir zumda terlab kettiyu, öziga xona topishga kirishdi. Shundoqqina Keyt va Stivning xonasi yonidan, ikki kishilik krovat turgan xonaga kirdi. Kiyimlarini yechib tashlab, suzish uchun olgan shortigini kiydi. Tög'ri tashqariga chiqib ketdi. Sohilga borib, dengizga tushib suza boshladi.

Bu orada Stiv, Keyt va Emma ham suzish kiyimlarini kiyishayotgan edi. Katejda ikkita dona xona bölganligi uchun, Emma ham Ben joylashgan xonaga joylashdi. Bu ishidan biroz uyaldiyu, Benni vaziyatga tög'ri baxo berishini öylab, öziga keldi. U tekis oyoqlar böylab, avval shimini yechib tashladi. Söng maykani yechib tashlab, ohistalik bilan ich kiyimlardan ham halos böldi. Yelkasidan boshlab, oyoqlari orasigacha yopib turadigan suzish kiyimini kiydi. Bu kiyim uni qomatini yana ham chiroyli qilib turgandi. Qop-qora bu kiyimning, kökrak tarafidan beli tarafga, kök chiziq tortilgandi. Kiyimi oyoqlari orasini uchburchak qilib yopib turardi. Uchburchak joyidan, qizning jinsiz a'zosi ishib bilinib turardi.

U tashqariga, sohil tarafga chiqib ketdi.

Stiv va Keyt esa, hali ham bir dona kiyimni eplab kiyib olisholmayotgandi.

-Hey, böldi qil! Emma kiyinib chiqib ketgandir, menam chiqay.

-Ket-may-san.

-Böldi suykalmagin Stiv, kechasi bilan birga böldikku!

-Bu menga kam! Qani bag'rimga kel döndiqcham!

-Ohhh, böldi, böldi, taslimman.

-Hösh, endi nima qilasan gözalim.

Stiv bir qöli bilan Keytni kökraklari ustidan siqib öziga tortsa, bir qöli bilan uning oyoqlari orasini uqalardi. Keyt esa rohatlanib, ingrashni boshladi.

-Ohhh...

-Oo yoqib qoldiku, noz qilyabtuvding!

-Böldi ketdik! Bizni kutib qolishgandir.

-Ha bölaqol! Men tayyorman. Sen ham mana bu lash-vushlaringni kiy!

-Siz erkaklar bir dona kiyim kiyasiz. Ayollar esa ikkita kiyishi kerak!

Bir-biri bilan bahsni tugatmay, sohilga chiqib kelishdi. Stiv qölida, tölqinda uchish uchun doskasini kötarib olgandi.

Dengizda tölqin kuchli, sohil yaqinida chömilayotganlarni, sohilga olib chiqib qöyardi. Ben hali ham suvda Emma bilan edi.

-Ana kelishayabdi!

Emmaning gapidan söng, Ben sohil tomonga qaradi. Ustida binafsha rang, bir ikki joyida qora chiziq tortilgan ipli lifchik va trusikda, Keyt suv tomon yurib kelardi. Bu manzarani kördiyu, suvdaligiga qaramay, erektsiya holati boshlandi.

Keyt haqiqatdan ham, qomati öziga yarashadigan, yurishlari ham özgacha qiz edi. Uni Emmadan farqi shunda ediki, uning qomati biroz dömboqroq va kökraklari Emmanikidan kattaroq edi. Sonlari biroz yög'onroq va terisi töqroq edi. Uning sochlari, qoshlari, közlari qora tusda edi. Ba'zida labiga ham qora pomada surib olardi. Hozir esa, qizil lab böyog'ini, g'uncha lablarida uyg'unlashtirib, husniga husn qöshadigan uzun sochlarini, tepaga yig'ishtirib kelardi. Uning ortidan, qölida skeyt ushlagan Stiv körindi. Stiv böyi novcha, Benga qaraganda ozg'inroq, sochlari sariq yigit edi. Uni ham yuz tuzilishi istarali bölgani uchun, qizlarning yoqimtoyiga aylanib bölgandi. Uning bir yaxshi odati bor edi. U doim kulib yurardi. Shu odati bilan, hayotidagi bir muncha tashvishlarini unutishga harakat qilardi. U suvga yaqin keldiyu, oq doskasi ustiga ötirdi.

-Tomosha qiling!

U shunday deb, tög'ri tölqinlar kelayotgan tarafga suzib ketdi. Besh daqiqa ötmasdan, tölqinlar orasiga g'arq bölib ketdi. Hamma jim. Uch döst ösha tarafdan köz uzishmasdi. Shu payt intizor közlar uchun, bir katta tölqin tagida Stiv paydo böldi. U doskasi ustida, qöllarini keng yoygan holda suzib kelardi. Oyoqlari yelkalari kengligidan biroz kattaroq, gohida tezlik bilan oyoqlar joylashuvi özgarar edi. U hech qanday tirgaksiz, hech qanday ortiqcha narsalarsiz, burama tölqin orasida kelar edi. Tik holatida tölqinni jilovlab, u bilan birgalikda ajoyib harakatlar qilar edi. Sohilga yaqin kelib, doskasiga yotib oldi va yana ösha tölqinlar tomon suzib ketdi.

-Anavini qaranglar!

Endi esa boshqa joylarda ham, tölqin "ovchi"lari köpayishgandi. Yarim soat ichida tölqinli dengiz, "surfing" ustalari qarorgohiga aylandi. Stiv esa, döstlari yoniga qaytib keldi.

-Qoyil qilding Stiv! -Ben uning yelkasiga turtib qöydi.

-Zör, zör. Maza qilib tomosha qildik! Ancha örganibsan, qoyil!

-Endi esa tushlikga navbat! -Keytning bu gapi hammaga yoqqanday, birin-ketin katejga qarab yöl olishdi.

-Hoy, töxtanglar! Endi "dayving"(diving) vaqti boshlandiku! Men tushishim kerak! Rasm buyurtirganman!

-Men qörqaman! -dedi Keyt keskinlik bilan.

-Balki tushlikdan söng, ikkimiz tusharmiz Stiv?!

-Yöq Ben, yur hozir tushamiz!

Stivning qaysarligiga bas kelolmay, uning orqasidan ergasha boshladi. Ular katejdan dayving uchun maxsus moslamalar kiyib, uskunalarni tög'irlab olishdi.

-Qarachi, kislorodi töla ekanmi?

-Ha!

-Unda kettik!

Katejdan sohilga chiqib, maxsus joyga borishdi. Ular maxsus joydan suvga sakrab, tagiga shöng'ib ketishdi. Novcha va ozg'in bölganligi uchun, Stiv Bendan tezlashib ketdi. U suv tubidagi, marjonqoyalar röparasiga bordi. Juda ham chiroyli manzara hosil qiluvchi marjonqoyalar röparasida, suratga olish joyi mavjud bölib, bu joy dayvingga tushgan odamlarni suratga olish uchun möljallangandi. Stiv suratga tushayotgan vaqtda, Ben yaltiroq dengiz ötlariga qiziqib, yanada tubroqqa tushib ketdi. Marjonqoyalar orasidagi yaltiroq ötdan yulib kördi. Ajoyib ötlar! U marjonqoyalardan birini aylanib öttiyu, yana qandaydir narsaga közi tushdi. Bu endi öt yoki gul emas, jigarrang quti edi. Yana biroz pastlashi kerakligini fahmlab, qoyalarga suyanib tushishga harakat qildi. Biroz tor joy bölgani uchun, bu oson bölmadi. Bir amallab, qöli qutining bir burchagiga yetdi. Jimjilog'ida uning burchagidan itargandi, quti aylanib, teparoqqa kötarildi. Uni osonlik bilan ushlab olib, orqaga qaytdi. Stiv esa, yonida Benning yöqligi, u bilan ham rasmga tushishi kerakligi esiga tushib, uni qidira boshladi. Söng, pastdan qölida quti bilan chiqayotgan Benni körib, yoniga shoshdi. Yoniga borib, qutini körsatib, boshini qimirlatdi. "Nima bu?" demoqchiligini tushungan Ben, unga qarab yelka qisib qöydi. Suratga tushishni ham esdan chiqarib, shoshgancha yuqorilab ketishdi. Quruqlikka chiqib olib, kislorod beruvchi niqob va boshqalarni yechib tashlashdi.

-Bu nima ekan Ben? -qiziqqonlik bilan söradi.

-Bilmayman! Qandaydir quti.

U qutini dengiz ötlaridan tozalarkan, ikki qölida qattiq ushlab, silkitib kördi.

-Judayam yengil. Ichida qandaydir narsalar shiqirlayabdi.

-Ovozidan toshga öxshatdim.

-Ha, menimcha ham shunday.

-Ochib körchi!

-Ochilmayapti.

-Yur, katejga boraylik, ösha yerda hal qilamiz!

-Yaxshi!

Ular katejga kelib, kiyimlarni almashtirib olishdi.

Stul ustida turgan jigarrang quti, Keytning e'tiborini jalb qildi. U qutini olib, bir ikki silkitib kördi.

-Mana bu qanday quti Stiiiv? -u balandroq ovozda, Stiv kirib ketgan xona tarafga gapirdi.

-Bilmaymiz. Suv tagidan topdik! -ustida oq mayka bilan, Ben chiqib qoldi.

-Ochib köraylik!

-Yaxshi!

Ben qutini qöliga olib, dastlab bir-ikki aylantirib kördi. Quti körinishidan, shaxmat qutisidek, ikki tarafga ochilishi bilinib turardi. Örtadan ajratuvchi yoriq chizig'i va ortida ochilishi uchun oshiq-moshig'i mavjud edi. Ammo Ben nechog'lik urunmasin, bu qutini ocha olmadi. Hayolida oddiy deb hisoblagan qutiga tan berdida, uni Emmaga uzatdi. Emma ham qutini ochishga bir urindiyu, bu shashtidan qaytdi.

-Qöyinglar shu matohni, ovqat tayyorku axir!

-Qani hamma dasturxonga! -deb, Stiv chiqib kelib qoldi.

Tört döst dasturxon atrofiga yig'ilishdi. Maroqli suhbat ila, mazali taomlardan tanovul qila boshlashdi. Oshqozon g'ami bartaraf bölgach, emma boyagi qutini yana qöliga oldi. U qutida nimanidir topganday, sinchiklab tekshira boshladi.

-Ben qara! Topdim!

-Nimani topding?

-Yozuv. Qandaydir eskicha, bosma yozuv.

-Öqichi!

-Hozir. -u qöliga qandaydir kichik mato olib, qutining yozuvi bor joyini arta boshladi. -Hösh, mana eshiting!:

"O'YINNING MURAKKAB SHARTLARIN BAJARASAN, GAR MARRAGA YETIB KELSANG BAXTINGGA ERISHASAN"

"O'YIN HAQIDA MA'LUMOT: O'YINNI KAMIDA TO'RT KISHI O'YNASHI MUMKIN! QUTI HAM, FAQATGINA YETARLI O'YINCHILAR YIG'ILGANIDA OCHILADI. O'YIN TOSHLAR ORQALI O'YNALADI. TOSHLAR IRG'ITILGANDA, ULAR QUTI ICHIGA TUSHISHI SHART! O'YIN, MARRAGA YETILMAGUNCHA TUGAMAYDI"

"TAQIQLANADI:

BIR ODAM KETMA-KET TOSH OTISHI,

BERILGAN SHARTNI OXIRIGACHA BAJARMASLIK,

G'IRROMLIK"...

Emma aytganlarini eshitishdiyu, hayrat bilan unga boqib turishdi. Emma ham, nima deganiga