erouy.ru

Nima bo`lsa ham SEVAVERAMAN...

Boshqalar

Nima bo`lsa ham SEVAVERAMAN...

Alisher yomon tush ko`rib bosinqirab uyg`onib ketdi. Huddi 10 chaqirim yugurib kelgan, sportchidan. Nafasi bo`g`ziga tiqilib hansirardi. Ko`rgan tushi tasirida biroz harakatsiz yotdi. So`ng qo`llariga tayanib qaddini ko`tardi. Daxshatli tushi bandiligidan ozod bo`lolmay biroz o`tirdi. So`ng kafti bilan peshonasidagi terni artib ``hayiryat tush ekan`` deb o`ng yelkasiga qarab ``tuf-tuf`` deb qo`ydi.

- Tinchlikmi dadasi? -xotini uyg`onib boshini ko`tardi.

- Uxlayver yomon tush ko`rdim shekili!

- Uyqungizda Nargiz deb baqirdiz!

- Aaa! Qulog`inga eshitilgandur eee... -Alisher hotini oldida o`zini noqulay sezib, o`rndidan turib balkonga chiqdi. Daxshatli tushni bazi yerlari xali ham ko`zi oldida turganday. Bitta segaret chekib biroz o`ylarini chalg`itdi. Keyin qaytib joyiga yotdi. Xotini Roziya kutib yotardi. Alishir yotgani hamoni, Roziya erkalanib Alisherni yelkasiga boshini qo`ydi.

- Nega buncha o`ychansiz?

- Tashvishlar bilanda!

- Yo`q boshqa dardiz bor. Alisher aka manga ayting yengil tortasiz. -dedi erini bir qarashda fikrini uqub olgan Roziya.

Alisher biroz o`ychan xolatda yotdi so`ng:

- Ancha yillar avval, bir qizni...

- Bir qizni!!! -Roziya boshini ko`tarib Alisherga tikildi.

Alisher buyog`iga nima deyishini bilmay.

- O`sha qizga uylandim...

- Meni aytyabsizmi?

- Boshqa xotinim yo`q-ku! -Alisher mavzuni osongina o`zgartirdi.

- Siz alahlab Nargizzz dedingiz?

- Obbo` o`sha qizga uylanib nima qildima. Mana endi yarim kechasi uyqu bermay so`roq qilyabdi. Tavba, tavba. -dedi. Bu gapidan keyin xotinini jilmayganini ko`rib peshonasidan o`pib qo`ydi. So`ng o`zini uxlaganga olib ko`zlarini yumdi...

Bu voqealarni xotiniga aytib bo`larmidi?

Roziya tushungan aqili ayol. Lekin nima ham deydi, buxtonlarga ishonib jondan ortiq ko`rgan, bir qizni nomusini bulg`ab tashlab ketganman deydimi?

O`sha qiz bugun negadur tushiga kirdi. Huddi o`tmishdagi xatolarini yodiga solib qo`yish uchunday. Shiftga termulib yotar ekan. Go`yo ikki pallaga ajralib qolgan. Yurak bir yon, vijdon biryon. Ha ikkisi ham o`zicha haq, har ikkisi ham qancha tortishmasin faqat ozlarini azoblaydi. Aslida bu o`y, hayollarini o`ziga va faqat o`zining hayollarida ayta oladi holos. Boshqa chorasi ham yo`q, hayotda bu sirlarini oshkor etishi, ko`pgina muommolarga sabab bo`lishi mumkun.

Bordiyu fosh etuguday bo`lsa, nafaqat o`zgalar, balki xotini ham undan nafratlangan bo`larmidi! Alisher shular haqida ko`p o`yladi...

Chalkash hayollar og`ushida yotib, uyqusi ham kelmadi. Dam-badam derazaga qarab qo`yardi. Asta tong yorisha boshlagan. O`rnidan turdi, yuvinib taranib tozza kiyimlarini kiydi. Bugun har galgidan sal ertaroq ishga otlandi. Negadur havoning ham avvzoyi buzuq, maydalab yomg`ir yog`moqda.

- Dadasi bugun yomg`ir yog`moqda, mashinada ketmang men ilhaq bo`laman! -dedi rafiqasi Roziya.

- Ilhaq bo`lma sekin haydayman. Ber kalitni! -Alisher qo`lini uzatdi.

- Yo`q bermayman, o`zi endigina o`rgangan bo`lsayz.

- Roziya...! -biroz jaxli chiqdiyu ammo rafiqasi o`zi uchun qayg`urayotganini tushunib, ko`ndi.

- Mayli yana bir kun aftabusda yursam yuraqolay. Ho`p yaxshi o`tirilar men bugun kechroq kelishim mumkun! -dedida uyidan chiqdi...

Bekatga kelganda, odamlar orasida qizil soyabon ko`targan qiz etiborini tortdi. Avvaliga ko`zlariga ishonmadi.

Nahot bu o`sha?

Bu qiz o`sha ilgarilari har safar ko`rishga oshiqadigan. Negadur bu safar korganida ichini muzlik egallab olganday bo`ldi. Hayollarini o'tmishga olib ketganday birzum hotiralar og`ushida qoldi. U ham darov tanidi, yaqinlashdi. Uning mag`rur qiyofasi, Alisherning ko`nglida o`zgacha g`ashlik va hursandchilik, bir vaqtni o`zida qo`rquv hissini uyg`otdi.

- Sog`indim tunlari uyqu qochganda,

Sog`indim xar nafas yodga olganda! -u o'zini ming yillik qadirdonday tutib jilmaydi. - Assalomu a`laykum Alisher aka! -u yaqin kelib qo`l uzatdi.

Bu sog'inchli saytlar Alisherni biroz esankiratib qo'ygan bolsada tezda ozini tutib oldi.

- Va`aykum assalom Nargiz! -Alisher u bilan qo`l berib salomlashar ekan, qo`lini hech qo`yib yuborgisi kelmasdi. Nargiz ham xuddi Alisher kabi mahkam qo`lini ushlab turardi. Aslida kozlar to'qnashgan edi.

- Yaxshimiz Alisher aka? Buni qarang bugun sizni o`ylagan edi. O`zingiz yo`liqdingiz!

- Aytsam ishonmasang kerak, bugun tushumga kirgan eding.

- Har qalay tushizga bo`lsa ham kirarkanmanu, -dedida Alisherni usti boshiga bir qarab qo`ydi. - Oylangiz tinchmi, bolalaringiz?

- Bo`ladi yaxshi. O`zingdachi bolalaring katta bo`lib qolgandur? -dedi Alisher.

- Bola? Man turmushga chiqmaganman... -Nargiz asta g`amgin jilmaydi...

- Ko`ngillar yaqinu manzillar uzoq,

Bugun hayotdurman ertaga tuproq.

Sog`inib kutaman qalbimda titroq,

Bir inson topmadim sizdan yaxshiroq!

Alisher asta atrofga qaradi. Sheri savol javoblardan keyin begona odamlarni oldida hijolat tortdimi, Nargizni qo`lini qoyib yubordi. Qalbini ayibdorlik hissi chulg`alb olgan. Nargizni sheriy satirlariga javob qaytarish ozizligini sezib. Asta hayollarini chalg`itishga, his tuyg`ularni bosib olishga harakat qildi. Ishga shoshayotgan odamday aftabusni yo`liga qarab-qarab qo`ydi.

- Yuring biroz piyoda yuramiz -Nargiz taklif qildi.

- Mayli yur.

- Nima ishlar bilan bantsiz? -dedi Nargiz.

- O`zimizni maktabda o`qtivchiman! O`zingda nima gaplar bir necha yil ko`rishmadik?!

- O`zimni ilmga bag`ishladim. Magistirlik bosqichini tamomladim. Siz tashlab ketganizdan keyin... -Nargiz jilmayib qaradi. Alisher Nargizni yuziga qarashga botina olmay, har yoqlarga qarab ko`zlarini olib qochdi. Lekin u jilmayib qaragan chog`da. Nargizni bag`riga bosib barcha azoblari uchun kechirim so`ragisi. Uning uzun sochlaridan silagisi, ohu kozlaridan, yuzlaridan o`pgisi keldi...

- Nechun buncha faromushsiz?

- O`sha kuni...

- Bas u kunni uniting, men u kunni eslashni istamayman... -dedi Alisherni labiga barmog`ini qo`yib. - Eslashga arzugulik damlarimiz ham ko`p bo`lanku ahir!

Shu zaylda suxbatlashib anchagina piyoda yurdilar. Alisher ishga allaqachon kechikkan bo`lsada shoshilmasdi. Cho`lda suvsizlikdan chanqab, so`ng bulog` topib olgan insonday edi. Sobiq sevgilisini diydoriga to`ymayotganday. Undan qancha o`zini olib qochishga urunmasin buni uddasidan chiqa olmasdi. Nargiz ham huddi shunday unga yaqinlashaverardi. Yoki shunchaki qattiq sog`inganidanmi Alisherga shunday tuyulardi. Balkim Nargiz ham Alisher nimanilarni his qilayotganini tushunib turgandir.

Biroq ayrim savollar Alisherga tinchlik bermasdi.

Nega turmushga chiqmadi?

Nega men bilan ilgargiday iliq munosabatda?!

Nega aynan tushimga kirgan kuni qarshimda paydo bo`ldi? Bu ne sinat!

- Alisher aka! -dedi asta qo`lidan ushlab.

-...! -Alisher bir qimtinib Nargizga qaradi. Uning qo`llari hali ham nozik yoqimli. Ilgarilari bu qo`llarni ushlab yurishni juda yoqtirardi. Negadur bugun bu qo`llar huddi yuragini ushlab olganday. Tushunturib bo`lmas og`riqi hislarni tuydi.

- Sog`inib bir bora bora ko`rolmaganim,

Ko`rganda ham to`yib qarolmaganim.

Qiynalib bir ko`ngil so`rolmaganim,

Tuyg`ularim haqqi sizni sog`indim.

Hijron azobidan yuragim pora,

Seni sog`indim deb ayting bir bora.

Qalbim malhami shu bo`lsa zora,

Tuyg`ularim haqqi sizni sog`indim!

Nargiz Alisherni ko'zlariga termulib sog'inchini satlarda ifodaladi.

Alisher yana zabonini yo'qotganday jim qoldi.

- Sizni qanchalik sog`inganimni bilsayz edi! -deb shivirladi Nargiz ko'zlarini jovdiratib.

- Men ham sani sog`inganman...

- Men sizni avvalgidey yaxshi ko`raman, siz bilan... Lekin endi oramizda devor bor siz oylaliy insonsiz. -dedi Nargiza yengil hursunib. Oylasi borligi, xotini bolalari esiga tushdimi. Nargizni qo`lini qo`yib yubordi. Qachonlardur birlashgan barmoqlar, endi begonaday tuyuldi. Har qalay bazi savollarga javob topilganday ko`ngli biroz tiskin topdi ham.

- Alisher aka yana bir bor uchrashaylik?

Avvaliga bu taklifni rat etganday bosh qimirlatdi. Ko`nglini tub tubida istak borligini o`zi his etardi. Bu tuyg`uni oshkor etishga, u tomon birinchi qadamni tashlashga iymoni yo`l qo`ymasdi...

Biroq umidvor ko`zlarga qaragada, yana bir bor Nargizni ranjitishga bu safar vijdoni yo`l qo`ymadi.

- Ha... -dediyu huddi sadoqat yo`lagini kesib hiyonat ko`chasiga o`tganday bo`lib, yuragida og`riqli sanchiqni sezdi. Nafasi og`irlashib, allaqanday ezilishni his etardi. So`z topishga ojizligidan tez-tez soatiga qarab qo`ydi.

- Nazarimda ishga kech qoldiz?

Alisher yana bir bor soatiga qaradi.

- Ha kechikdim.

- Telifoningiz bormi?

- Bor! -Alisher yonidan telifonini olib Nargizga uzatdi. Nargiz raqam terib ko`k tugmani bosgach, sumkachasidagi telifoni jiringladi. So`ng telifonni Alisherga qaytarib berdi.

- O`zim qo`ng`iroq qilaman! -dedida bir nfcha qadam oldinga jadallab yurib, Alisherga o`grilib qaradi.

- Bahorlar shamolin asraydi,

Bulutlar hilolin asraydi,

Buloqlar zilolin asraydi,

O`zingizni men uchun asrang. - Nargiz orqaga yurib qo`lini ko`targancha taksi to`xtatar ekan. Ikki ko`zi Alisherda ovozini biroz balantlatib sherni davom ettirdi.

- Tiriklik eng buyuk inoyat,

Sevgisiz yashamoq jinoyat,

Azizim, bu dunyo omonat,

O`zingizni men uchun asrang!

Sal o`tmay taksi ham kelib to`xtadi. Nargiz taksiga o`tirar chog`da, Alisherga jilmayib bir necha sonya qarab qo`ydi.

Alisher mashinani ortidan termulib qolar ekan, yuragi chok-chokidan so`kilib ketganday. Bu satrlarni har bir misrasi yuragini o'tkir tig'da tilib tashlaganday bo'ldi. Vujudiga ayibdorlik, gunohkorlik hislari azob berayotganday, bu dunyoga sig`mayyotganday his etardi o`zini.

Bu dardni davosi bolganida edi! Balki bordur bu aroq, lekin ohirgi marta bir necha yil avval aroq ichganida. Shu qizni hayotini barbot qilgandi, endi kimni...?

* * * * * * *

8 YIL AVVAL...

Inistitutni tamomlab, kafeda hayirlashuv oqshomida o`tirishgan edi. Yigitlar bir tomonda qizlar bir tomonda. Dadillik uchun oz-oz ichkilik ham bo`ldi. Alisher shu chog`gacha ichmagan edi. Biroq o`sha kun biroz istaklariga erk berdi. Tomog`i ochilib, o`zini hiyol sarhush seza boshlagan edi. Shuni uchunmi uyalchanglik hissi o`chib, Nargizni qayta-qayta raqsga taklif qildi.

Raqsni tugatib stulga o`tirayotganda, yaqin do`stidan bir Davron imlab o`z stoliga chaqirdi. Alisher borib Davronning yonidagi stulga o`tirdi. U asta piyolaga aroq quyib, stol tagidan Alisherga uzatdi.

- Ol og`ayni.

- Bo`ldi boshqa ichmayman!

- Nargizni sog`lig`i uchun ham ichmaysanmi?

- Nargiz uchun zahar ham ichaman, -dedida bir ko`tarishda piyolani bo`shatdi.

- Nargiz uchun zahar ichasan, qoyilman og`ayni. Lekin Nargiz bunga arzirmikin?

- Bu nima deganing?

- Seni aldab yuribdiyu. Allaqachon...

- Nima deyabsan? -Alisherni jahli bilan og`aynisini yoqasiga yopishdi.

- Otir joyinga o`zingni bos. Haqiqat achchiq bo`ladi. Man Nargiz bilan bir ko`chada turaman. Bolaligidan bilaman qanday qiz ekanligini... Ishonmasang tekshirib ko`r! -Davron bir amallab Nargizni qora loyga botirib tashladi. Eng yomoni bunga ahmoq Alisherni ishontirdi. Aslida bu ifloslikni boshqa tomoni ham bor. Nargiz Davronga rat javobini bergan edi, hammasi shuning uchun...

Alisher Nargizga qarab-qarab qo`yar ekan, o`zini bosib olishga urundi. Nargizni oldiga borib, qo`lidan ushladi.

- Yur...

- Qayoqqa?

- Ortimdan yur. -dedi. Nargiz, sevgilisini buyrug`iga so`zsiz ko`nib ortidan ergashdi. Alisher indamay Nargizni kivartirasiga olibketar ekan. Davronni gaplarini hayolidan o`tqazar edi. ``Sani aldab yuribdi, u teshilib ketgan mahallada ancha munchasiga mindirib yurgan!``

Ichib olmagan bo`lganda edi, bu buhtonlarga ikki dunyo ishonmagan bo`lardi. Ammo aroq, aqlini zayiflashtirib ulgurgan edi...

Nargizni birinchi uchiratganda, unga qo`li yetmasligini tushungandi. Nargiz, hutddi ochilishga ulgurmagan atirgul g`unchasiga o`xshardi. U yigitlarni maftun eta oladigan qizlarga xos hamma fazilatlar soxibasi. Bazi yigitlar uning ko`ngliga yo`l topa olishmasdi. Uni o`ta mag`rur, qo`rs deyishardi. Lekin Alisher ilk suxbatidayoq, buni aksi ekanini tushungandi. Nargiz xaqida, yomon xayolga borish nohaqlik bo`lar edi. Nozikbadanligi, yunon ayollariniki singari qo`ngiroq, lek qarg`a qanotidek tim-qora sochlar, humor ko`zlari, xushbichim g`unchadek lablari - bularni barchasi har qanday yigitni aqlini o`g`irlash uchun keragidanda ko`p edi...

Huddi ertakdagiday, malikani ko`ngli qurbaqaga tushdi deganlariday. Nargizni ko`ngli Alisherga tushdi.

Lekin Alisher ertakdagi qurbaqa emas, u kelishgan, aqilli yigit. Shunchaki kamtarroq xammaga tezda aralashib ketavermaydiganlar hilidan. Hayotiga Nargiz kirib kelganidan keyin, tubdan o`zgardi. Qaysidur manoda inistitutni eng omadli yigitiga aylangani...

Hozir katta yo`l chetidan ketishar ekan. Nargizga beradigan savollarni dilida takrorlar. Nihoyat kvartiaga yetib kelishdi.

- Nargiz manga to`risini ayt? Boshqalar bilan ham yurganmisan?

- Aldaymi? Yo rostini aytaymi? - avvaliga Nargiz o`ziga xos xazilomus javob qaytardi.

- Meni aldama!

- Ha...

- Demak meni aldab ermak qilgansan?

- Yo`q bunday emas. Tuyg`ularim pok!

- O`zingchi?

- Sizga nima bo`ldi? Ichib olganinizni sezgan edim...

- Gapni aylantirma!

- Sizni tushuna olmayabman?

- Pokmisan?

- Ha... -Nargizga bu savol og`ir botib ko`zida yosh quytldi.

Alisher asta Nargizni quchog`iga bosti. Yuz, ko`zlari, lablaridan o`pdi. Ikkilarini ham asta ehtiros chumrab ola boshladi. Kiyimlar asta-asta yechilib borardi...

Tong ota boshlagan. Nargiz yoqimli uyqudan, asta uyg`ondi. Deraza ochiq, pardalarni hilpiratib, tashqaridagi sarrin tonggi shaboda kirib kelmoqda. U bilan birga baxtiyor qushlar sayroqi ovozi ham. Nargizning jismi-joni deraza orqali xonaga tashrif buyurgan quyoshning iliq lazzatli nurlaridan rohatlandi. Ko`zlari qamashib uyquga tuymagan ko`zlarini ochmay qo`llarini yoniga uzatdi. Ammo tunda, qaynoq taftidan huzurlangan, sevgilisi yonida yo`q. Ko`zlarini ochdi va yonida tunbo`yi qaynoq muhabbat olovi bila yondirgan suyuklisi yo`qligini ko`rdi. Uning o`rnida, muhabbatlaridan qolgan qizil dog` bor edi holos. Nargiz atrofga qarar ekan, xonada bir o`zi qolgani faxmladi. Yuragini birdan sovuq, sidirib o`tganday, yuragi og`riy boshladi...

- Nahot ketib qoldilar? -asta o`rnidan turib narigi xonaga chiqdi, xozir u yerda Alisher o`tirgan bo`ladi.

``Mani uyquchi sevgilim, turdimi?`` deya bag`riga bosib erkalaydi, degan hayolda edi.

Biroq u yerda ham Alisher yo`q?!

- Qanilar, qaerga ketib qoldi? Meni tashlab ketishlari mumkun emas!

Alisherni kiyim-kechaklari, sumkalari, narsalari birortasi ham joyida yo`q.

Undan hech bir iz qolmagan. Go`yo g`oyib bo`lganday. Nazgizni ko`zlari qo`l telefoniga tushdi. Tezda olib tanish raqamni terdi, ``Abanett javob bera olmaydi!`` bir necha bor qayta qayta raqam terdi.

Nihoya telifon ko`tarildi.

- A`lo Alisher aka! Qayoqqa ketib qoldiz?

- ...! -javob yo`q.

- Alisher aka...

- Nargiz biz ayrilishiz kerak.

- Nega?

- ...!

- Nega jimsiz?

- O`zing meni aldading!

- Siz bunday qilolmaysiz. Ahir isbotini ko`rdiz-ku?

- Alvido!

- To`xtang... Meni boplab ahmoq qilibsizda? Taqdirimni o`yin qilibsizda? -Nargiz alamidan xoxolab kuldi.

- Kulyabsanmi, Nargiz?

- Men yig`lamay, shu yo`lni tanlabsiz unda alvido!

- ....! -Alisher hech bir so`z aytmay telifonni o`chirdi. Nargiz qisqa signallar ketma-ketligini eshigach, yig`lab yubordi. Oyoqlari jonsizlanib o`tirib qoldi...

* * * * * * *

Alisher, kechki ovqatdan keyin endi telvizir qarshisiga kelib o`tirgan edi. Birdan telifon jiringlab qoldi. No`merga bir qarab olgach, ko`k tugmani bosdi.

- A`lo`!

- Assalomu a`laykum Alisher aka...

Bu shirali ovozni egasi Nargiz ekanligini sezdi va hotini tomonga bir qarab qo`ydi. Roziyani hayoli esa telvizirdagi seryalda.

- Eshitaman...! -dedida asta o`rnidan turib, balkonga chiqdi.

- Meni tanidizmi? -dedi shirali ovoz.

- Ha...

- Bezovta qilmadimmi?

- Yo`q...

- Indinga shanba, bir uchrashsak degandim!

- Mayli qayerda?

- Ishdan chiqishingizni poylab turaman, bo`ladimi?

- Ha, kelishdik! -dedi va xayrlashdi...

Bu suxbatdan keyin yana Alisher o`yga tolib qoldi. Boshida javobsiz savollar g`ujg`on aylanardi.

Nargiz nima uchun uchrashmoqchi?

Gunohimni yuzimga solsaya?

Yoki qast olmoqchimi!

Bu savollar Alisherga anchagacha tinchlik bermadi.

Shanba, Alisher kun ochiq bo`lsada bugunham ishga aftabusda kelgandi. Sababi Nargiz bilan uchrashuvi borligi.

Alisher darslarni tugatib, o`quvchilaridan biroz keyin chiqdi. Ko`nglida allanechun hayajon. Ko`zlari jovdirab atrofga alangladi. Chamasi yuz qadam narida yo`l chetida turgan Nargizga ko`zi tushdi. Bir necha sonya unga tikilib turdi. Nargiz hamon o`sha o`sha, latofatli. Unga qaragan kishini yuragi jiz etadi. Alisher asta qadamini tezlatdi. Unut bo`layozgan hotiralar yodiga tushib yuzida tabassum paydo bo`ldi. Bir paytlar u ham huddi shunday Nargizni yo`lini poylagan...

Biroq Nargizga yaqinlashgani sayi yuzidagi tabassum issiqda eriga yax kabi, yo`qolib borardi.

Nargiz mahzun qiyofada bir nuqtaga tikilgancha, turar edi. Hayol ummoniga shunchalar shung`ub ketganidanmi Alisher yaqin kelganini ham sezmadi.

- Salom Nargiz kutib qolmadingmi? -dedi masofa ikki qadam qolganida.

Nargiz bir seskandiyu Alisherga tikildi. Biroz skunatdan so`ng:

- Kimnidir sog`insa yurak aybdor,

Kimnidir kutsachi ko`zmi aybdor?

Kim u aybdoru jazoga loyiq,

Yurak sizni sog`insa menmi aybdor?

Bir lahza Alisherni ko`zlariga termuldi, negadur uyaldimi ko`zlarini yashirdi.

- Assalomu a`laykum, yo`q kutib qolmadim!

- Va`alaykum!

Oraga skunat cho`mdi.

- Yuring ketdikmi? -dedi Nargiz.

Alisher, biror o`quvchim yoki tanishlarim kuzatib turgan yo`qmikin degan hayolda atrofga bir qarab oldi.

- Mayli yuraqol!

Nargizni labida tabassun, ko`zlarida chaqin zohir bo`ldi.

Nargiz salom alikdan keyin, ilk uchrashuvlari haqida gap ochdi. Shundan so`ng suhbatlari qovushib ketdi. Avvaliga biroz piyoda yurdilar, so`ng taksiga o`tirib shahar aylandilar.

Shirin damlarni eslab, kun qorayganini ham sezmay qolishdi.

Alisher Nargizni kivartirasigacha kuzatib keldi.

- Uyim shu yerda ikkinchi qavat! Balki bir piyola choy ichib ketarsiz?

Alisher atrofga bir qarab oldi.

- Boshqa safar kech bo`lib qoldi! -dedi.

- Unda ko`rushguncha!

- Ho`p mayli Nargiz ertagacha!

Alisher Nargizni kuzatib xayrlashar ekan o`z bilmaganxolda uni yana uchrashuvga taklif qilib qo`yganini tushundi...

Peshinga yaqin telifon qo`ng`irog`i bo`ldi. Yana Nargiz uchrashuv borligini yodiga soldi. Alisher vadasi, yana kechagi uchrashuvi, o`zi tasavur qilganidan ko`ra yaxshi o`tgani uchun bugun ham uchrashuvga chiqishga qaror qildi. Yuvundi tarandi, soqol, moylovini qirtichladi. Xotini Roziyaning:

- Qayoqqa ketyabsiz dadasi? - degan savoliga esa.

- Choyxona bor! -deb qo`yaqoldi.

Mashinasini olganiga bir necha oy bo`lgan bo`lsada xaligacha gavjum chorrahalda, hadiksirab haydaydi. Bugun ham tezlikni meyorida ushlab juda hushyorlik bilan aytilgan manzil tamon borardi.

Uzoqdan kutib turgan Nargizni ko`rdiyu gul olvomaganidan afsuslanib ketdi. Uning yoniga kelib to`xtadi.

- Nargiz o`tir!

Nargiz salom bergach oldi o`rindiqqa joylashdi. Mashina saloniga bir ko`z yugurtirib chiqgach, Alisherga jilmayia qaradi.

- Nihoyat mashina olibsizda?

- Ha yaqinda oldim...

- Esizdami mashina olaman, seni solvolib shahar aylanamiz der edingiz?

- Esimda mana o`sha vaqt keldi... - Alisher uning husni oldi borliqni unutganday bo`ldi. Uning ko`zlari chaqmoqday, maftunkor. O`ziga oro berib, chiroyli liboslar kiyib olgan. Tabassumi esa jon olguday. Bir birlariga uzuq tikilib qoldilar. Alisher bu qarashlar uzoq cho`zilib ketgani o`zi sezdi. Asta yo`l tomon qarar ekan:

- Bu juda go`zalsan! -deb hushomat qilishga o`zida kuch topdi.

Nargiz esa javoban ajoyib o`pich hadiya etdi. Go`yo o`rnilari alishib qolganday, o`chib bergan Nargizu, yuzi qizargan Alisher bo`ldi...

Mashina biroz shaxar aylanishdi. Kafega kirishdi. Bu gal uzoq yurmadilar. Uyga qaytar ekanlar, Alisher gul do`konini ko`rdiyu, mashinani to`xtatdi. Do`kondan Nargizni eng yoqtirgan gullaidan birin olib chiqdi.

Yaproqlari qip-qizil,