erouy.ru

Nima bo`lsa ham SEVAVERAMAN... (2-sahifa)

Boshqalar

Yaproqlari qip-qizil, endigina ochila boshlagan bir dona atirgul g`unchasi. Alisher o`zgacha hissiyot bilan gulni Nazgizga tutqazdi. Bu gul bilan uning ko`nglini ko`tarmoqchi edi. Lekin aksi, Nargizni rangi o`chdi. Yana har gal sher aytishni boshlashidan avvalgi g`amgin qiyofaga kirdi. Alisher buni sezganday sarasimalandi, mashinani rumilani siqimlar ekan atrofga bir qarab oldi. ``Bas qil Nargiz bosh sher o`qima!`` demoqchi bo`lib Nargiz tomon o`grildiyu shashtidan qaytdi. Negadur nargizni qo`llari titrar. Buni sezdirmaslik uchun, gulni ko`ksiga bosib olgan, ko`zidan sizayotgan yosh ko`ksiga tomchilb turardi. Boshini salgina egib, gul iforini hidlardi. Alisher bu manzaraga qarab turishga ortiq bardoshi yetmadi. Yuzini burar ekan, tirsaklarini rulga tirab uzoq uzoqlarga termuldi. Ko`p vaqt o`tmay Nargiz bir hiqqillab oldida yana sher o`qiy boshladi.

- Osmon ham bir nafas zaminga tushdi,

Atirgul ko`ziga yosh keldi lim-lim.

Qirda baxtdan yonib ketgan lolalar,

Sen qachon baxtiyor bo`lasan, ko`nglim?

Yo`llarga tomchilab to`kilar yurak,

Armon vijudimda oqadi sim-sim.

Baribir to`lmas-ku bu kemtik bag`ir.

Sen qachon baxtli bo`lasan ko`nglim?

Alisher bu safar, Nargiz nima demoqchi ekanani tushunishga harakat qildi. Bir nuqtadan nigohini uzmas ekan, tushundiki Nargiz, unga bergan azoblari, alam, istiroblarini satrlarga joylab aytmoqchi. U mag`rurligi uchun shu yo`lni tutmoqda. O`rnida boshqasi bo`lganda yeg`lab, janjal qilib, nafratini sochgan bo`lar. Alisher yana u tomonga qaradi. Nargiz esa atirgulni bag`riga bosib, ko`zlarini yumgancha davom etardi.

- Axir ko`rganlarim bari tush edi,

O, sizni Xudoning yo`lida suydim.

Aslida bir kam edingmi, dunyo?!

Men bugun baxtni ham so`ramay qo`ydim,

So`ramay qo`ydim...

Yana skunat.

- Juda chiroyli gul, ancha bo`lgandi hechkimdan gul olmagan edim. Rahmat Alisher aka! - uni ko`zlarida chaqin, labida esa tabassum paydo bo`lgandi.

Alisherni bu xolat biroz havotirga soldi. Hozirgina Nargizni qiyofasida tun hukmor edi, endi esa charag`on kun! U xozirgina o`zing hayolot olamida bo`lib ortiga qaytgandey. Bir so`z bilan aytgan u TELBA.

- Nargiz...

- Labbay!

``Sog`lig`ing joyidami!`` deb so`ramoqchi edi. Biroq bu gapni qanday aytishni bilmadi.

- Yo`q shundoq o`zim... Uyga ketaqolaylik-a.

Nargiz boshqimirlatib maqulladi...

Alisher mashinani Nargizni uyi oldida to`xtatdi.

- Alisher aka bugun bir piyola choyga kirarsiz! -Nargiz chaqnoq ko`zlari, shirin tabassumi bilan sehirlab olayotganday.

- Mayli kiraman! -dedi Alisher istar istamay!

Ikkinchi qavatga ko`tarilishdi.

- Qani marhamat kiring!

Alisher asta ichkariga kirdi. Derazalarga qora pardalar tutib qo`yilgan, uy ichi qorong`u.

- Kiyimingizni yechib mana bu yerga iling! Men hozir! -dedi Nargiz va boshqa xonaga kirib ketdi.

Alisher kastumini yechib kresloga o`tirar ekan, stol ustidagi shag`amlarni ko`rdi.

- Nargiz uyingda to`k yo`qmi?

- Hozir chiqaman!

Saldan keyin egnida halat, boshiga rumol o`ragan Nargiz chiqib keldi.

- Nima so`radingiz!

- Uyinda svet yo`qmi? -Alisher shag`amga ishora qildi.

- Bor...

- Unda yoqaylik, uying juda qorong`u ekan! - Alisher kulichatirni izlab o`rnidan turdi.

- Yo`q yoqmang, birozdan keyin ko`zingiz o`rganadi! - Nargiz bir hursindi. - Men yorug`likdan qo`rqaman!

Alisher yana Nargizni mahzun qiyofaga kirganini ko`rdiyu uni chalg`itishga urundi.

- Nargiz biror nima pishirib berasanmi, iltimos? -hayoliga kelgan birinchi fikrni aytdi.

- Jonim bilan! -bu fikr Nargizni quvantirib yubordi. Tezda oshxona tomon ketdi.

Alisher qorong`u xonaga moslashishga urunar ekan, Nargizni no-odatiy telbanomo odatlari haqida o`ylay boshladi. Bir zum bo`lsada uni o`rniga o`zini qo`yib ko`rdi. Uning ilgargi va xozirgi holatlarini taqqoslab ko`rdi.

U ilgari boshqacha edi. Buning barchasi yolg`izlik, tushunlik oqibati. Bunga esa men sababchi. Alisher ko`zlarini yumib o`tmish xayotini sarxisob qilishga kirishdi...

- Alisher aka ovqat tayyor!

Alisher ko`zlarini ochdi, mo`jaz dasturxon tuzalgan. Nargiz esa shag`amga olov yoqmoqda.

- Nargiz ayibsan-a! Tayyor svet bo`la turib shag`am yorug`ida ovqatlanamizmi?

- Buni ham o`zgacha jozibasi bor! -Nargiz jilmaydi va likopchani Alisher tomonga surdi.

- O`zingacha?

- Qornim to`q sizni ovqatlanishingizga qarab o`tiraman! -deb qo`llarini iyagiga tirab Alisherga tikildi. U xuddi biror qiziq tomosha ko`rayotgan yoshbola o`xshardi. Alisher luqmani og`ziga solar ekan, Nargiz uning har bir harkatini tabassum bilan kuzatib o`tirardi. Alisher ovqatlanishdan to`xtab Nargizga qaradi. Uning oydayin yorqin yuzi, qalam qoshlari, chaqnoq ko`zlari, g`uncha lablari shag`am yog`dusida yanada ehirosli, qo`ng`iroq timoqa sochlari mavjlanib oqayotgan, suvda aks etgan quyosh misol yarqirardi. Beh ehtiyor qo`llarini cho`zib unig bir tutam zulfuni quloqlari orqasiga qistirib qo`ydi...

* * * * * * *

- Nargiz!

- Labbay jonim!

- Endi uyga ketmasam bo`lmaydi!

- Yana biroz qoling!

- Turaqol asalim! -Alisher ko`kragiga bosh qo`yib, quchoqlab olgan Nargizni sochlarini siladi. - Uyga bormasam bo`lmaydi!

- Yana kelasiz-a?

- Kelaman jonim!

Nargiz istamaygina boshini ko`tardi. O`rnidan turar ekan, yalang`och badanini berkitish uchun xalatini egniga ildi. Asta borib, pardani salgina qayirib derazadan tashqariga qaradi.

- Qorong`u tushibdi!

- Nima? -Alisher ortidan arvoh quvayotganday rangi oqardiyu tez tez kiyimlarini kiya boshladi.

- Nargiz jonim men tez ketishim kerak! - U Nargiz bilan xayirlashdiyu uyiga shoshildi.

Nargiz esa xozirgina ltotli lahlar o`tgan devonga tikilgancha turardi...

Alisher muzqaymoqqa o`zgangan bolakayday Nargizga o`rganib qolgandi. Kunda, kunora uchrasha boshladilar, albatta uchrashuv yakuni yotog`da tugardi. Bu esa o`z oylasiga tasir o`tqaza boshladi. Borgansayin rafiqasi Roziyadan o`zini olib qochishga urunar, kundan-kunga unga etibori kamayib borardi. Kuzning ohirgi oylari, Nargiz bilan birga bo`lgach uyiga qaytdi. Jajji qizalog`i:

- Dadajon! -deb oyoqlariga yopishib quchog`iga kirishga intilganda, negadur iymoni uyg`onib ketdi. Nazlida agar qizalog`ini bag`riga bossa, xozirgina qilgan hiyonatining kasri qizalog`iga uradiganday.

Qizginasini bu kulfatdan arsaganday, mehirsizlik bo`lsada bolasini o`zidan nari itardi.

Bularni ko`rib turgan Roziya portladi. Huddi yer ostida to`planib qolgan gazday. O`ziga bo`layotgan etiborsizlikga chidar, lekin dilbandiga o`z otasi bey etibor bo`layotganiga chiday olmadi. Bor alamlarin achchiq so`zga aylantirib Alisher tomon uloqtirdi.

Alisher, bularning hammasiga ishidagi muammolar sababligini, yana boshqalar hullas bir amallab tushuntirdi. Roziyani yolg`on bilan bo`lsada tinchlantirdi...

Uyida hecham bunday janjal ko`tarilmagani uchun, tuni bilan uxlay olmadi. Ayibdorni izladi, qidirdi aylanib aylanib ayibdor o`zi, xiyonati. Nargiz bilan aloqani uzish eng to`g`ri qaror degan fikrga keldi...

Bir necha kun o`tdi, Nargizni chaqruvlariga ishi ko`pligini boxona qilib bormadi...

Dam olish kuni bo`lgani uchun, Alisher bugun bozor uchar qilishni rejalashtirgan edi. Kutulmagan telifon qo`ng`irog`i hammasini o`zgartirib yubordi.

Telifon qo`ng`irog`i jiringladi.

- Eshitaman? -telifonni Roziya ko`tardi.

- Salom, bu Alisher U.vichni telifonimi?

- Ha... O`ziz kim bo`lasiz?

- Men uning sobiq sevgilisi bo`laman, iloji bo`lsa telifonni Alisher U.vichga bersangiz!

Roziya aqili-farosatli ayol bo`lgani uchun javob qaytarishga shoshilmadi. Ayol jiddiy ohangda, ham rasmiy murajat qilgani uchun ``sobiq sevgilisi`` degani huddi kesatiqday tuyuldi. Qo`ng`iroq ishxonadan, jiddiy masala bo`yichadur degan fikrga keldi.

- Hozir bir daqiqa! -deb javob qaytardi Roziya.

So`ngra narigi xonaga o`tdi.

- Dadasi sizni so`rashyabdi?

Alisher telifonni ola ekan:

- Kim? -deb so`radi.

- Sobiq sevgiliz!!! - Roziya salgina qovog`ini uydida xonani tark etdi.

Alisher qimtinib bir yutindiyu, telifonni qulog`iga tutdi.

- Alo`!

- Assalomu a`laykum!

Alisher bu shirali ovoz sohibasini darov tanidi.

- Telifonni olgan xotinim edi. Nega sobiq sevgilisiman deding? -Alisher qo`lga tushib qolganday, hayajonda edi, shunga alik olishni ham unutgandi.

- Sevdim dildan azoblar yutib.

Tunda tongda har onda kutib.

Sevdim hatto o`zim unutib.

Men sizchalik aldayolmadim.

- Va'alaykun assalom... - Alisher asta balkon tomon yurdi.

- Muxabbatning xor quli bo`lib.

Kundan kunga borardim so`lib.

Lek ketdingiz ohista kulib.

Men sizchalik aldayolmadim.

- Nargiz meni eshit!

- Qiziq sevish aybmikin yoki.

Gunohlarga jazodur balki?

Mening aybim gunohim shuki.

Men sizchalik aldayolmadim!

- Nargiz qayerdasan xozir?

- Bu hayotning adovatimi?

Yo qismatning adolatimi?

Yo yurakning kasofatimi?

Men sizchalik aldayolmadim!

- Nargiz xozir oldinga boraman! Qayerdasan? -dedi Alisher bu misralarni davom eshitishidan charchab.

Biroz skunatdan keyin.

- Uydaman! -dedi Nargiz.

- Hozir boraman! - Alisher tezda kiyimlarini kiydi, oshxonada idish tovoy yuvayotgan Roziyaga ``Hozir kelaman!`` deb chiqib ketdi...

Nargizni uyiga yetib keldi. Zindan ko`tarilar ekan, xayolida bitta o`y.

``Tezda orani ochishim kerak!``

Eshik qo`ng`irog`ini chaldi. Eshik ochilib Nargiz salom berdi. Alisher ichkariga kirdi.

- Nega xotinimga qo`ng`iroq qilding?

Nargiz qo`llarini Alisherni bo`yniga tashlar ekan:

- Sog`indim! -deya shivirladi.

- Yo`q endi munosabatimizga chek qo`ymasak bo`lmaydi! - Alisher Nargizni bilaklaridan ushlab qo`llarini pastga tushurdi. - Xotinim janjal qilyabdi!

- Yaxshi-ku? -Nargiz telbanamo kuldi.

- Nimasi yaxshi, ahir oylam buzuladi-ku?

- Shunisi yaxshida siz meniki bo`lasiz!

- Yo`q hech qachon... Men oylam buzilishini istamayman!

- Tanlang yo meniki yo uniki!

- Men buyum emasman kinnikidur bo`ladigan!

- Yodizga solaymi? ``NARGIZ MEN SENIKIMAN`` degan so`zlarizni?

- Maqsading nima Nargiz?

- Aytdim-ku, yo meniki yo uniki!

- Shundaymi? Unda uniki! -Alisher eshik tomonga o`grildi ketish uchun.

- To`xtang... Menik emas ekansiz boshqaniki ham bo`lmaysiz!

- Bu bilan nima demoqchisan?

- Baxtli lahzalarimizni video tasmaga muhurladim. Uni xotinizga ko`rsataman!

- Shantaj qilyabsanmi?

- Ishonmaysizmi?

Alisher Nargizni ko`zlariga termuldi.

- Aldayabsan?

Nargiz kuldi.

- Yolg`ondan nafratlanaman haligacha bilmaysizmi? - U hatto kiprik qoqmadi ham. Alisherdan ko`z uzmadi.

Alisher Nargiz bilan hazillashib bo`lmasligini tushungandi.

- Iltimos nargiz es-hushingni yeg`ib ol!

- Es-hushimni o`ziz olib ketgansiz!

- Nargiz meni qizim bor... - Alisher asta eshikni ochdi. - Nargiz o`tinaman aql bilan ish qil...

- Alisher aka sizga uch kun muhlat! - Alisher zinadan pastga tushar ekan, ortidan Nargiz shunday deb baqirganicha qoldi...

Bu uch kun Alisherni hayotidagi eng og`ir kunlar edi. Har lahzada Nargiz kirib kelishidan cho`chib turardi. Bordiyu bu xiyonatni Roziya ko`rguday bo`lsa bir daqiqa ham qolmaydi. U xolda Alisher ham rafiqasidan, ham qizalog`idan ayriladi.

Uchunchi kun qosh qoraygan, xavo aynib yomg`ir yog`ib turibdi. Nargizni fel atvorini yaxshi biladi. Agar u shu bugun kelmasa, boshqa kelmaydi.

Tun qoraygani sayin endi, Nargiz kelmasliga ishonchi komil bo`lib borardi. Soat ham 21 : 00 dan oshgan.

Birdan jiringlagan telifon. Alisherni ko`ngliga hadik soldi. Telifonni ko`tarib balkon tomon yurdi.

- Alo`!

- Yomg`ir tomchisiday, yuzizga tomsam...

Tomsamu qalbizdan, asta joy olsam...

Baxtizga aylanib baxtli qilolsam...

Qaniydi yonizda bir umir qolsam... - Telifonda kulgu ovozi eshitildi. - Salom Alisher aka muxlat tugadi.

- Nargiz aqlingni yeg`!

- Kelmasangiz o`zizdan ko`ring...

Telifon qisqa signallar ketma-ketligi. Alisher o`zini qo`yarga joy topa olmasdi. Boshida ming hil hayollar. Tezda egniga qalin kiyini kiydiyu ko`chaga yugurdi. Garaj eshigini ochishga chog`langan payt yana qo`l telifoni jiringladi.

- Nargiz, meni eshit!

- Sizni eshitaman. Namuncha yomg`irda turmasangiz!

Alisher Nargizni yaqin atrofdaligini sezib atrofga qaradi.

- Meni yuqoridan izlang!

Alisher derazalarga bir-bir ko`z tashlab borar ekan Nargiz ko`rinmasdi.

- Yuqoriga qarang!

Alisher tomga qaradi, Nargizni 9-qavat tomida ko`rdiyu tomga olib chiqadigan zina tomon yugurdi. Yetib chiqqanida esa Nargizni ko`rib, kapalagi uchdi.

- Nargiz tentaklik qilma tush yeqilasang xalok bo`lasan! - Alisher asta Nargiz tomon yaqinlashdi.

Yomg`ir yog`moqda, Nargiz esa dorvozday tomning chetida yurardi.

U o`z qilayotgan ishidan mamnun qiqirlab kuldi.

- Qo`y menga achinma o`shaman xanuz...

Faqat telba dilim tilinib qoldi...

Taqdir deb ataymi yo deymi qismat...

Sensiz yolg`izligim bilinib qoldi..!

- Yolg`iz emassan, yoningda bo`lishga harakat qilaman! - Alisher asta yaqinlashib borardi.

- Yaqinlashmang bo`lmasa o`zimni tashlab yuboraman... - u Alisherni qaltirashini ko`rib kuldi. - Sizga jazman bo`lamanmi?

- Yo`q meni tushunmading... Ahir meni sevarding-ku!

- Men nechun sevaman bilmayman o`zim,

Qachon sevib qoldim menga qorong`u.

Netayki muhabbat ko`r qildi ko`zim,

Ehtiros qalbimga, solmoqda og`u.

- Nargiz bas qil iltimos!

Alisherni bu so`zlari yoqmadimi. Nargiz ovozini bir parda ko`tardi.

- Men harchand o`zimni tiymoq bo`laman,

Lek yurak qurg`urga o`tmaydi so`zim.

Bu darddan bir kun aniq o`laman,

Men nechun sevaman bilmayman o`zim.

Kunduzlardan qochib yuraman,

Tushunmayman o`zim baribir.

Tunni juda yahshi ko`raman,

Men nechun sevaman bilmayman o`zim...

Nargiz bir necha qadam yurgach orqaga o`grildi.

- Nargiz jonim qo`llaringni ber qara yomg`ir kuchayyabdi!

- Sizga bir yaqin insonimni menga bergan vadasini aytib beraymi? - Nargiz Alisher tomonga bir qarab qo`ygach so`zida davom etdi. - ``Jonim biz birga bo`lamiz, birga yashab birga o`tlamiz`` degandi.

Alisher bu so`zlarni darov esladi. Bu uning so`zlari, vadas edi.

- Nargiz taqdirimiz shu ekan!

- Keling taqdirimizni o`z qo`limizda yaratamiz. Birga pastga sakraymiz!

- Nargiz shavqatsizlik qilma! O`tinaman qo`lingni ber, yomg`ir kuchayib boryabdi!

Nargiz osmonga qaradi.

- Bolam dadang yoninga borgisi kelmayabdi! -u ho`ngrab yig`lay boshladi. - Men yomg`irni yaxshi ko`raman. U mening ko`zyoshlarimni artadi. U sizning, mening tug`uliboq nobut bo`lgan bolamizni ko`z yoshlari!

- Bilmagan edim...

- Qayoqdanam bilardiz, alvido deb ketgan bo`lsayz! Bu yerga sizdan, oylangizdan o`ch olgani kelgandim. - u hiqqillab yig`lardi. - Ammo... Ammo muhabbatim yo`limga g`ov bo`ldi... Sizni kechirishga o`zimda kuch topdim. Siz esa hatto kechirim ham so`ramadingiz?

Alisher yuzuni yomg`ir yuvib turgani uchun ko`zyoshlarini yashirib o`tirmadi. Oriyat ham qilmadi. Nargizni qarshisida tiz cho`kdi.

- Kechir meni senga bergan azoblarim, stamlarim uchun kechir! - yelkasi silkinib-silkinib yig`lay boshladi. - Nargiz... -deb baqirib yubordi. Nargizni oyog`i toygani ko`rdiyu. Nargiz bilan qayta uchrashgan kuni, tunda ko`rgan tushi xayolidan o`tti. Tushida Nargiz jarga qulagan edi.

Alisher ho`ngrab yig`larkan. Tangriga shukurona aytardi. Nargiz u tomonga emas, uning qo`llariga yiqilgani uchun. O`tirgancha mahkam bag`riga bosardi.

- Nargiz xali sen ham bahtli bo`lasan. Umrum ohiriga qadar tangridan senga baxt so`rayman...

- Siz qayg`urmang mening bahtimni,

O`ylayverib, bo`lmangiz ado.

Shu taqdirga loyiqman, balki

Meni shunday yaratgan Hudo

Yurak go`yo toshga aylangan,

Rahm- shavqat bilmayman aslo.

Bunga o`zim sababkor, balki

Balki, shunday yaratgan Hudo

Ko`z o`ngimda olam boshqa-yu,

Hayolimda o`zga bir dunyo.

Tilim sayrar, dilimda qayg`u,

Meni shunday yaratgan Hudo

Hech kimsaga o`hshamayman, lek

Hohlamayman o`hshashni hatto.

Kimlargadir yuragimda kek,

Meni shunday yaratgan Hudo.

Daryodayin oqqan bu yillar,

Yoshligimdan ayladi judo.

Ulg`ayishni hohlamas dillar,

Meni shunday yaratgan Hudo

Siz o`ylamang meni bahtimni

Hayotimni o`ylamang aslo

Hato qilsam javobgar ozim,

Asli shunday yaratgan Hudo...

Nargiz so`zlarini yakunlar ekan, so`ngi bor Alisherni mahkam quchoqlab qo`ydi...

* * * * *

Qo`limdan kelsa, seni jarlikka otardim. Arzon narxda bo`lsa ham darxol sotardim.

Ey muhabbat qutilardim qiynoqlaringdan.

Yuragimni yaralagan firoqlaringdan.

Seni yuragimga joylagan nomard.

Bo`g`zingdan tutolsam dorga osardim.

Tashvishsiz boshimga keltirding kulfat.

Sen bo`lmasang osmonga qanot yozardim.

Borliqni jumbushka keltirsang nima?

Sengamas do`stlikka ko`nglim ochardim.

Tutqunlik odati axir senga xos.

Erkinlik dardida sendan qochardim.

Muhabbat ayt kimni baxtiyor qilding.

Topolsam u haqda doston yozardim.

Kimnidir o`ldirding, hokisor qilding.

Agar shunday bo`lmasa darding olardim.

Yetar bas, seni hech to`xtatmas kishi.

Manziling be makon, mehrsiz tuyg`u.

Har fasl yashnaysan: bahor, yoz, qishi.

Kimgadir shodliksan, kim uchun qayg`u...

TAMOM...

Uchaskada qum shuvoqni boshlamasdan avval ikkita kamenni pech qurdirgami usta topib keldim. 50 yoshdan oshga uz ishni hadisini olgan amaki ekan. 20 yoshlardagi shogirdi bilan keldi. Olovga chidamli g`ishtlar topib qo`ygandim. Kamlik qilib ozroq yetmay qoldi. Qimmat, yana kamyob narsa ekan bu g`isht. Shu tashvishda usta va shog`irdini mashinaga solib Charxi tomonga bordik. Usta shog`irt aymoqi bo`lib ketishgan ekan. Charxida foxishalar ko`p bo`ladi. Shungami shogirdi aljiray boshladi. Nimadur bo`ldiyu gap aylanib ayol qassosi haqida boshlandi. Usta o`zidan o`zi bir voqeani ayta boshladi. Manga qizim emasdi, ammo katta odamni hurmat qilib o`zimi uni gapiga etiborli qilib ko`rsatdim. Voqea yigiti nomusiga tegb uylanmay tashlab ketilgan ayol haqida. U yigitini 11 yil taqib qilgan ekan. Birgina kechirim so`ramagani uchun. Yigit kechirim so`ragandan keyin butunlay hayotini tark etgan ekan. Amaki bu voqea o`zi haqida ekanligiga shama qildi.

Albatta bu cho`pchakka ishonmadim. Ammo bu mavzudan biror hikoya yaratishga ko`zim yetgani uchun. Keragli joylarini olib ozroq, reja va qoralama tayorlab qo`ydim. Vaqt o`tib mana g`oyani pishitdim. Yuqorida hikoyam harakatlari mahsuli...

ETIBOR UCHUN TASHAKKUR...

Muallif: -MAJNUN-

Sherlar Mualliflari: ???