Shifokor, virusning jinsiy yo'l bilan yuqadimi yoki yo'qligini aytdi
Pediatr Vladimir Komarovskiy koronavirusning jinsiy yo'l bilan yuqadimi yoki yo'qligini aytdi. Bu haqda u Youtube’dagi videotasvirida COVID-19 haqidagi ommabop savollarga javob berar ekan.
Uning ta'kidlashicha, virusni yuqtirishning bunday usuli hali ilmiy isbotlanmagan, ammo qo'shimcha qildi:"Jinsiy aloqa paytida tanangizning yuqori qismining shilliq pardalari bilan aloqa qilmaslik uchun juda ko'p harakat qilishingiz kerak bo'ladi."
Komarovskiy koronavirus o'pish paytida yuqishi mumkinligini ta'kidladi va yuzma-yuz turadigan intim pozalarga e'tibor berishni maslahat berdi.
Shifokor, shuningdek, mamlakatda demografik vaziyatni yaxshilash uchun karantinni eng zo'r lahzasi deb bilishini ta'kidladi.