Hayotga muhabbat by DoMiNo (tanlovga) 2
Nodir turushga urindi biroq eplay olmadi. Musht shu qadar kuchli ediki zo'rg'a nafas ola boshladi. Yana bir bola kelib umidga musht otgan edi yigitcha mushtga shu qadar epchillik bn chap berib musht otgan bolani qo'lini ushlab oldiki agar bu xolatni Bryus LI ko'rganda bormi Ustoz devorardiyov.
Sinf bir zumda jangohga aylandi, nodir edi bir burchakda inqillab, pishillab nafas olardi. Umid va begzod ularga qarshi chiqqanlarni aslida bu yerda xo'jayin kim ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Daston esa bir chetda urushni sharxlab turdi.
-umid orqenga qara, eee lalayma, tezroq bo'l, och biqiniga, tep, sol, kalla,kalla qo'y, ha shunday, o'ng qo'ling ham bo'sh kerak bo'p qolsa.
Begi, qara, qara ex attang, yana kaltak yeydiganga o'xshesan. Tur o'rningdan...
Umid asta sekinlik bn nodirning oldiga yaqinlashib borib, o'zi shundoq ham og'riqdan inqillab cho'kkalab o'tirib olgan bechora yigitni sochlaridan ushlab tortib turgazdi. Nodir tipirchilana boshladi, lekin uni qo'lidan chiqib keta olmaydi, urushay desa kuchi yetmaydi. U nodirni sochidan sudragancha begzodni oyoqlari orasiga olib kelib tashladi. Va o'ta jiddiy ohangda,
-hali ham kechirim so'ramoqchi emasmisan?
Nodirning ko'zlaridan yosha oqa boshladi, yeg'lagisi kelardi, tomog'iga nimadir tiqildi, yeg'lagandan beri bo'lib noilojlikdan undan kechirim so'rashga majbur bo'ldi.
-kechir begzod. Bilmapman, axmoqlik qilib qo'yibman.
Begzod ham o'z o'rnida uning axvolini ko'rib achindi, axir 30 ta bolani ichida kaltaklanib kechirim so'rashni o'zi bo'ladimi? Agar maktab bo'lganda ham bari sinfdoshlar tanish, iki uch kunda hamasi unut bo'lib ketadi, lekin bu yer kolej qolaversa hamma begona, turli xil tumanlardan kelgan o'quvchilar, u mana shu narsalarni biroz o'yladida, ortiq tarang qilib uni yalintirmasdan o'rnidan turg'azdi.
-ha mayli, hech qisi yo'q og'ayni, endi, yigitchilikda bo'lib turadi-da.
Endi umidga bo'lgan qiziqishi ikki xissa oshib ketgan yulduz u bn qanday qilib do'st tutunish mumkinligini o'ylay boshladi. Ahir yonida har qanday vaziyatda ham uni himoya qila oladigan yigiti bo'lishini qaysi qiz orzu qilmaydi deysiz, uning ustiga kelishgan, basavlat, ichmaydigan chekmaydigan, chiroyda ham birovdan qarz olgudek emas. Xullas haqiqiy "zalatoy paren" biroq o'ta kamgap, yuzida allaqanday mung...
Umid ortiqcha gina saqlamas edi, kim bn bo'lsa ham yaxshi chiqishib ketaverar, sofdil, mehribon kishilardan. 1 para tugagandan keyin nodir umidni gaplashib olish un chaqirdi.
-bilasanmi umid, menimcha janjaldan foyda yo'q, menga to'saddan tushirgan mushting nafas yo'limni siqib qo'ydi, lekin men bir mushtga yiqiladigan bola emasman, xolasang birga bir chiqamiz.
-kechirasan, o'zimni bosib turolmadim, qolaversa do'stimni o'larsa qilib kaltaklabsan, kechirim ham suramading, xaqoratlana ketding boshqa yo'lim qolmagandi.
-shaytonim kuchlilik qildida, mayli endi bo'lar ish bo'ldi.
-isming nodirmi?
-ha
-bo'ldi muammo hal, oramizda hech qanaqa janjal bo'ldi deb xisoblamaymiz.
Ikovlari kelishib ketishdi biroq endi kotta kurs talabalari ham yulduzni tarifini eshitib unga qarmoq tashlashga urunib 1015 guruhiga serqatnov bo'lib qolgan edi. Ular darsning o'rtasida ham sinfga bostirib kirib bo'sh partalarga o'tirib olib qizlarni gapga solishga urunardi. Guruh yigitlaridan hech qaysisi miq etmay o'tiraveradi. Chunki ular bn tortishish yaxshi oqibatga olib kelmasligi hammaga ma'lum. Bir kuni adabiyot darsi bo'layotgan payt eshikni begona bola ochidi- da ichkaridagi har bir o'quvchiga bir bir nazar tashladi. Qidirgan odamini topdi shekil unga biroz tikilib turganida o'qtuvchining ovozidan cho'chib ketdi.
-balki eshikni yopib qo'yarsiz? Yoki shu guruhda o'qismi?
-yo'q, 3 kursmiz, biz abetan keyin o'qiymiz og'aynilar bn aylanib yurudikda, maylimi kirib o'tirsak.
-eshikni orqasidan yopib qo'ying iltimos.
-vayu, nima partalar yiyilib qoladimi, yu dimen.
Ularning suhbatiga begzod aralashdi,
-aka, biza dars o'tvomiza xalaqit qimen.
-sandan birov so'radimi? Ko'rib turiman nima qivotganlaringi, xuyyet qilaman, 1 kurslari tili chiqib qolibdimi?
-xuyetni uyda qilas, bu yer kolej, yaxshilikcha chiqing.
U begzodni masxara qilgandek, xo'p, xo'p oka, boshqa talablari yo'qmi? Choy poy kerakdir, qorinlari ochqab qolmadimikan 1 kurslari deb shundoq, kalla suqqan edikda.
- choy poy? Haaaa, vaqtliroq etmismi perashkachiman deb, sasikaligi bo'lsa olamiz 2 tadan.
Butun sinf kulgudan o'zini tiyib tura olmadi. Hamma kulib yubordi, hattoki muallim ham mirqib kuldiyov... Yana luqmalar tashlandi. "manga ham sasikaligidan, manga go'shtligidan, choyi ham bormi? Ko'p olsak chegirma ham qilib berasmi?"
Bechora bola, tagiini xo'llab qo'ygan go'dakdek yeg'lamsira boshladi, sap sariq yuzi qizara boshladi, lablari ko'karib ketdi, eshikni qanday yopganini ham bilmay qoldi.
O'qtuvchini ovozi yana sinfga sukunat chirog'ini yoqqandek bo'ldi.
-bo'ldi, ana kulishib ham oldik, endi darsga qaytamiz... Xo'sh nima haqida gaplashyotudik?Nima deyatudim? Deb savol nigohi bn hamma o'quvchilarga bir bir qarab chiqa boshladi. Begzod yana javob berdi.
-BUYUK RUS KNYAZI, NUQTA.
Yana sinf kulgudan portladi, hamma kulib yubordi, o'qtuvchi ham lablariga tabassum yugurtirdi. Shunday ajoyib manzarani para yakunlanganini bildiruvchi qo'ng'iroq buzdi.
Zum o'tmasdan boya masxara bo'lgan bola yana paydo bo'ldi bu safar yolg'iz emasdi, yonida talaygina kursdoshlari (buqachalar) ham bor edi. Ular birin ketin begzodni yoniga borishdi. Nima san shunaqa zo'r bo'p ketinmi deb gap boshladi, bir novcharoq, kartoshka burun, lekin anchagina baquvat.
-yo'g'e, aka, tushunmovchilik bo'ldi, bu okam perashka sotib yurgan ekanlar...
-og'zinga qarab gapir deb yoqasidan oldi boyagi bola (perashkachi laqabini olib sharmanda bo'lgan bola)
bularni sal naridan kuzatib turgan Umid gapga aralasha ketdi.
-xoy, xoy okalar, shoshmaylare, jamoat joyidaya, u shunday deb ularning oldiga kelib hamma bn so'rashib chiqdi.
-muammoni keragi yo'q, o'zi prablemalardan to'ydik. Tinchlik bn hal qilaylik. Sizi ismiz nimaydi deb boyagi "perashka" ga yuzlandi.
-eldor, dedi, ovozi bo'g'ilib.
-eldor aka, nima qilas ukayiz tengi bollar bn teng kelib?
-ko'p aqillik qilma! Boyagi gaplari un javob beradi.
-ayb o'zizdaku, biz silarni guruhlaringa kirib olib darsga halaqit berib kursdosh qizlaringa gap otsak achiqlaring keladimi? Bu xonadagi har bir qiz kerak bo'lsa meni singillarim. Garchand hammamizni yoshimiz teng bo'lsada ularni singlimdek himoya qilaman. Begonalar bu xonada ularga ortiqcha gap qilolmaydi. Balki gaplarim ochko yeg'ishga o'xshab qolayotgandir lekin men hech qaysi kursdoshimi hafa qildirib quymayman. Endi marhamat qilib xonani tark etsangiz.
Butun sinf qizlari qarsak chalib yubordi, ularning ko'zlariga Umid haqiqiy qaxramondek ko'rinib ketdi.
Bu gaplardan eldorni boshi aylanib qoldi, lekin mag'rurligi tutib uni yuziga shapallab quydi.
-buldi, bo'ldi gap yo'q ko'rdik paxlavo ekansiz, 1 kurslar shunaqa zo'r bo'lib ketganini bilmagan ekanman.
-aka, gap zo'rlikda emas biz erkakmiz bizni xonaga begonalar kirib qizlarimizga gap otsa indamasdan qarab turadigan xezelalardan emasmiz.
-tiling uzun ekanmi? Bu yoqa yurchi, deb uning ko'ylagidan tortdi.
-ko'ylakni qo'yvoring, g'ijim qilasiz.
-o'zi shundoq ham g'ijim bo'p yotibdiku
-yoshiz kattaligi un xurmatizi qilib turibman qo'yvoring.
-yoshimi xurmatini qilme quyvur, yur tashqarida gaplashamiz.
Endi umidni toqati toq bo'lib jaxli chiqqanidan ko'zlari kottalashib ketdi.
-tort panshaxangni, xozir shu g'ijim qilgan joyingni yuzinga chiqarib quyaman. Keyin laqabing perashkachi emas G'ijim bo'ladi.
Bu gap Eldorni ko'ziga qizigan six tiqan bn barovar bo'ldi.
Umid bir siltab uning qo'lini ko'ylagidan olib tashladida tashqariga qarab intildi. "o'zing shuni xoladin, yur tashqariga"
ular koridorga chiqishdi, 3 qavat hamma tanafusda hech kim yo'q. Bir yigit umidni qo'liga yopishdi, boshqasi unga tashlanishga urindi, begzod ham urushga qo'shildi, garchand dastonni gavdasi kichkina bita yaxshigina mushtga yaramasa ham do'stlarini kaltaklanishiga qarab tura olmasdan "bitta musht ham harnada" degan maqsadda shartta bir bolani ustiga chiqib olib do'poslayotganni oldiga borib chunonan tepdiki og'riqni zarbidan belini ushlagancha dastonga qarab "Nimaga tepasan palakat, ko'rmisan? San atedan qilding ax belima" degancha sekin o'rnidan turdi bu begzod edi, daston shoshganicha "kechirasan men sen kaltak yeyapsan dipmanda, uzr bilmasdan"
umid deyarli bari "buqacha" larni shoxini qayirdi. Ularga bunaqa chala oliftalar cho't emasdi. Guruhda umidni xurmati oshib ketdi, shu janjaldan keyin guruh qizlari "talpaga" qo'shilmagan bollarga qarab, "xayriyatey, qizlar omadimiz bor ekan, guruhimizda qizlarni himoya qila oladigan mardlar bor ekan, bazilar faqat og'izda kar kar qiladikanu joyi kelganda sichqoning uyi ming tanga bo'lib ketadikan. Guruhimizda faqat 3 ta yigit bor ekan xolos. A? Esiz ularni o'qtuvchimiz 14 ta degan ediya" degan pichinglari nodirga og'ir botib ketdi.
-silar ko'z qismasalaring shular orqalaringdan kelmidi.
Bu gapdan yulduzni jaxli chiqib
-nodir, og'zingizga qarab gapiring, kim ko'z qisibdi? Ko'rdingizmi? Begonalar kelganda siz ko'z emas boshqa joyingizni qisib qoldingizku.
Bu gap nodirga og'irlik qildi shekil lol-lum demasdan pastga qarab tushib ketdi. Yulduz endi umid bn tanishib olish umidida yashay boshladi. Umidning aytgan gaplari quloqlari osti qo'ng'iroqday jaranglardi "bu guruhdagi kursdoshlarimga begonalar gap otishiga yo'l qo'ymiman" haqiqiy yigit shunday bo'ladida deb qo'ydi. Kunlar ketidan kunlar o'ta boshladi. Bu orada umidning oyisi Zaynab ayaning kasali xuruj qilib qoldi. Ularning yuraklari ozgina quvvatsiz. Salgina xayajonlansalar yoki ko'proq harakat qilsalar darov buklanib "gajjak" bo'lib, xolsizlanib, ko'zlari tinib o'zlarini yuqotib quyadilar. Duxtirlar ham ularni davolanishlari un bir vagon dori darmonlarni yozib bergan. Ularni har biri falon pul turadi.Zaynabxonimni yana kasalxonaga olib ketishdi. Umidni ishdan chaqirtirishdi. Bosh vrach unga zudlik bn ritsepdagi dorilarni olib kelishni buyurdi. "oyingizni axvolari og'ir, o'tgan safar ham ogohlantirgan edim, davolanishni kechiktirib bo'lmaydi." yigitcha nima qilishni bilmasdan boshi garang bo'p qoldi. Shoshganicha aptekaga yugurdi, aptekachiga qo'lidagi ritsepni berdi. Ritsepni unga uzatarkan, yuzlaridan yosh tomchilar, qo'rquv qo'llari titrab, tili gapga aylanmasdi. Aptekachi ritsepni o'qib bir bolaga bir ritsepga qarardi.
-bilasmi uka! Bu dori va ukollar juda ham qimmat. Dastlabki 3 ta dorini o'zi har bir donasi 10.000 dan. Bu yerda 3 pochka ekan 300.000 ming sum buladi. Keyingisi...
Hammasi qancha bo'ladi aka, deb so'radi ko'zidagi yoshini yengi bilan artib.
-2 milonga yaqinlashib qoladi, ukollari bn xisoblaganda.
Umidni tok urgandek qotib qoldi, nima qilishini bilmay qoldi. Qayga borishini kimdan yordam so'rashini bilasdi.
U begzodga telefon qilib unda pul bor yoki yo'qligini aytdi. Aksiga olib unda ham pul yo'q edi. Agar puli bo'lganda ayamasdi. Chunki o'tgan safar ham kompyuterga deb yeg'ayotgan 250.000 ming pulini dori darmon olish un bergandi. Bu uchovlon un pul hech qanaqa ro'l o'ynamasdi. Umidni ilojsizlik qiynardi, sherdek kuchi bor lekin...
Begzod ham qanday bo'lmasin pul topishga kirishib ketdi. Birdan bir yo'l yulduzga iltimos qilish. Lekin umid bunga qanday qaraydi ekan. Axir qiz boladan pul so'rash... Lekin pul bo'lmasa dori-darmon ham yo'q. Dori-darmon bo'lmasa...
Nima bo'lsa bo'lar deb qizning raqamini tera boshladi. Bir zum o'tmasdan qo'ng'roqdek ovoz eshitildi.
-alo, asalomalekum
-voalekum assalom, yulduz qales?
-yaxshi raxmat, uzr taniyolmay turibman.
-man, begzodman.
-iii, begzod tanimabman. A? Kechirasiz!
-hech qisi yo'q. Sizga bir iltimos bn qo'ng'iroq qilyotudim.
-iltimos? Qanaqa iltimos?
-bilasmi? Haligi... Odam ozgina xijolat buvotida.
-ne xijolat bo'las? Begona emasmizku.
-ozgina pul kere bup qoldi! Uff, buni sizdan so'rash juda noqulay.
-pul dismi?
-ha
-nega? Tinchlikmi?...
-ha tinchlik. Bilasmi umidni oyisi kasalxonaga tushib qoldi, shunga pul kerak.
-umidbekni oyisiya? Telefonni yorib yuborgudek bo'lib so'radi qiz.
-ha
-qachon? Qaysi kasalxonada?
-markaziy shifoxonada.
-sizchi? Siz qayerdasiz?
-qayerda bo'lardim uydaman.
-unda siz ko'changizni boshiga chiqib turing man xoz boraman.
20 daqiqaga qolmasdan qiz aytilgan joyga yetib
keldi. Begzod mashinaga o'tirdi. Ular birgalashib kasalxonaga borishdi. Balnitsaga yetib kelganda qiz begzodga bir dasta $ berdi.
-bu yerda 1000 agar yetmay qolsa yana opkelaman. Men bersam noqulay shuning un siz berganingiz maqul.
-biroq, bu yerda juda ham ko'pku.
-ko'p emas, siz aval olib kiraveringchi.
-xo'p, rahmat sizga, umidga katta yordam berdingiz. U bu pullarni albatta qaytaradi.
Ular birgalashib kasalxona ichkarisiga kirishdi. Navbatchi ayoldan zaynabxonim qaysi palatada yotganini aniqlashdi. Palataga kirganlarida umid onasini qo'llarini maxkam siqib yig'lab o'tirardi. Ex yo'qchilik yomonda. Shoir ham bekorga aytmaganda "yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini" deb. Begzodni tomoq qoqishidan so'ng umid darxol ko'z yoshini artib yuziga soxta tabassum yugurtirib u bn ko'rishdi. Qizni ko'rib xayron bo'ldi. U bu yerda nima qilyabdi? Degan nigoh bn begzodga qaradi.
-assalomalekum, oyiz yaxshimilar?
-voalekum asalom, rahmat ancha yaxshilar.
O'rtoq bir minutga bu yoqa qarab yubor deb begzod tashqariga intildi, yulduzdan olgan pullarini umidga berdi.
-qattan oldin shuncha pulni?
-yulduzdan so'rashga majbur bo'ldim.
-sani ham ancha qiynab qo'ydima o'rto?
-yo'q, nega unaqa disan. U begzodni maxkam bag'riga bosib rahmat aytganicha dorixonaga yugurdi. Barcha kerakli dori-darmonlarni olib ortiga qaytdi. Uch kun o'tar o'tmas zaynabxonim ancha quvatga kirib qoldi. Bu orada yulduz ham har kuni uni ko'rgani kelar u bn soatlab suxbat qurardi. Zaynabxonimga ham qiz yoqib qolgandi. Bir kuni yigitcha onasini ko'rgani kelganida qiz endigina uning onasi yonidan chiqayotgan edi. Qiz uyalganicga yerdan ko'zini uzmasdan unga salom berdi. O'z navbatida umid ham uning salomiga bajonidil alik oldi va sekin gap boshladi.
-bizga juda ham katta yordam berdingiz, bu yordamingizni hech qachon unutmimiz, rahmat kottakon, o'z ishlarim bn bo'lib sizga rahmat aytishni unutib qo'yibman.
-hech qisi yo'q eng muhimi onangiz tuzalib qoldilarku.
-ha raxmat, yana bir bor, ha etgancha mana bu pulni olib qo'ying bu yerda 500 $ Ortib qolgani. Keyinroq qolgan 500 ni ham qetaraman xudo xoxlasa.
-iya yo'q ololmiman, hali onangiz to'liq sog'aygancha yo'q. Yana pul kerak bo'lib qolishi mumkin. Hali kasalxonaga ham to'lashingiz kerak pul odamdan aziz bo'libdimi. Keyinroq qaytarsangiz ham bo'laveradi.
Umid harchand urinmasin ammo qiz pulni olmadi.
-ha, umidjon! Telefon raqamizni bering.
-tinchlikmi?
-ha tinchlik, siz orqali xolamni axvolini bilib olamanda.
-himmm... Xo'p yozvoling 90 lik...
-xo'p mayli unda xolamga yaxshi qarang...
Qizdan baxtli odam yo'q ediChunki u umid bn yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lgan edi. O'z navbatida umid ham unga nisbatan allaqanday yoqimli xisiyoti uyg'ongandek edi. Uning mehribonligi va oqko'ngilligi, shaddodligi-yu xushchaqchaqligi umidda o'zgacha tassurot qoldirayotgan edi. Bir hafta o'tdi zaynabxonim ham aaaancha o'ziga kelib, yuzlariga qon yugurib, xolsizlik chekina boshladi. Xar kuni yulduzni uzundan uzoq duo qiladigan bo'ldi. Har kuni davron, begzod, yulduz va umid uni ko'rgani kelib suxbatlashib uni kayfiyatini ko'tarib turishadigan bo'ldi. Ayniqsa begzod gapdonligi bn davraga fayz kiritardi. Bugun 10 kuncha oldingi voqeani aytib berib xamani kuldurdi.
-xola, ishonasmi usha kuni bir bolani perashkachi deb masxara qiludik, u bizdan kotta ekan o'rtoqlari bn keldi. Koridorga chiqdik, hayriyat umid yonimizda hech kimdan qo'rqmimiz. Kursdoshlarimiz hammasi quyon yurak ekan, birortasi ham bizga qo'shilmadi, 7 kishiga 3 kishi. Urush boshlandi, men zo'rg'a amallab bitasini yiqitdim, ikinchisini ham ustiga chiqib bir musht qo'yishimni bilaman, orqamdan kimdir belimga shunaqangi tepdiki, asti qo'yaverasiz, qovurg'alarmni ombirda bitalab sug'urib olganga o'xshadi, jaxl bn orqamga qararam, manvi davron ekan tirjayganicha "uzr o'rtoq bilmay qolibman" deb turibdi. Uyatdan qizargan davron xijolatomuz
-rostan bilmay qolgandimda, men o'ylabmanki ular seni uryapti depman.
Begzod yana so'zida davom etdi, bu ham maylikuya, urush tugagandan so'ng nima didi "hayriyat 7 ta ekan, agar 20 ta bo'lganida o'zim aralashimga to'g'ri kelardi" didi uyalmasdan.
Davroni yuzi sho'rvada pishgan olmadek qizarib ketdi. Begzod hech kimga so'z bermasdi,
-bilasmi xola bir kuni bitta chumoli juda xursand bo'lib quyonning oldidan o'tib qolibdi. Uning xursandchiligi sababini quyon so'rabdi.
-namuncha xursandsan? Nima bugun tug'ulgan kuningmi?
-yo'g'e, unaqa emas.
-unda nega buncha xursandsan?
-ho'o', anavi yerda qoplon, yo'lbars, sher, ayiq, bo'ri, maymun hammasi birgalashib bir kooota filni rosa kaltaklashayotgan ekan, man ham bir marta tepdim, maza qildim depti.
Ertansi kuni haligi chumoli yana quyoning oldidan o'tibdi bu safar juda ham xomush, ekan.
Ha chumoli kecha juda hursand eding, bugun hafasan desa.
Chumoli: eeeee, so'rama quyonvoy, kechagi kaltaklangan fil o'lib qolibdi, shuni menga to'nkashyaptida degan ekan.
Zaynabxonim mirqib kuldi. Qolganlar ham kulgidan o'zlarini tiya olishmadi. Nogahon umid qizning ko'zlariga qarab sehrlanib qolgandek bo'ldi, "buncha ham chiroyli bo'lmasa bu ko'zlar? Nega avval e'tibor bermagan ekanman? Yuzlari ham to'lin oydek chiroyli ekan. Qo'llarini aytmaysizmi? Nafis gul ham xijolatdan qizaradi bu qizning oldida" deya xayol sura boshladi. Qiz umidni qarab turganini sezib yerga qaragancha biroz uyalib, biroz xijolat bo'lib o'tirdi. O'n kun deganda zaynabxonimga ruhsat berildi. Bu o'n kun ichida umid va yulduz ancha tanishib do'stlashib olishdi. Qish ham yaqinlashib qoldi. Daraxtlar barglarini deyarli to'kib bo'lib tanasini og'ir yukdan xalos qilgandek uyquga ketishga shaylandi. Endi quyosh juda erinib nur sochadigan bo'ldi. 25 noyabr bugun yulduzni tug'ulgan kuni. U barcha yaqinlarini o'z quvonchiga sherik bo'lish marsadida chaqirdi, shu jumladan umidni ham. Umid tug'ulgan kunga borishni ham bormaslikni ham bilmasdi, boray desa qimatroq sovg'a olish kerak, bormay desa qiz hafa bo'ladi. Ham aytilgan joyga bormaslik uyat. U qanday sovg'a olishni o'yladi, "hali pulini ham qaytarishga ulgurganim yo'qku, qaysi yuz bn boraman? " deya ming xil xayolda. Yulduz tug'ulgan kunga zaynabxonimni ham taklif qilgan edi, biroq u tug'ulgan kunga borish axvolida emas. O'g'lini kech tushib qolayotgan bo'lishiga qaramasdan xonasidan chiqmaganini ko'rgach chaqirdi.
-umidjon, bolam bu yoqa qara!
-labbe oyijon!
-nega tug'ulgan kunga bormayapsan?
Umid talmovsiray boshladi, ayb ish qilgandek indamasdan yer chizib turaverdi.
-sendan so'rayapman nega bormayapsan?
-uni qanaqa oiladan ekanini bilasku oyi.
-xo'sh, qanaqa oila ekan?
-juda ham boy! Shuning un uncha-muncha sovg'ani mensimiydi. Quruq borgani yuz chidamidi. Qolaversa undan olgan pulni ham qaytarganimizcha yo'q.
-sovg'a odamdan aziz bo'lib ketibdimi? U atey uyga kelib aytib ketdi. Qolaversa kasalxonada yotganimda ham uz-u kun yonimda bo'ldi, sen ishda paytingda ham xolimdan habar olib turdi. Nima meni ham xurmatim yo'qmi? Agar bormasang men qattiq xafa bo'laman.
Umid noiloj borishga majbur bo'ldi. Lekin nima olib borishga hayron edi. Oxir oqibat bitta buket olib uning uyiga bordi.
Yulduz ham umidni intizorlik bn kutardi, uning ko'zi eshikda edi. Hamma kelan bo'lsa ham o'zini yolg'iz his etar, go'yoki hech kim