Hayotga muhabbat by DoMiNo (tanlovga) 2 (2-sahifa)
go'yoki hech kim yo'qday edi. Nihoyat eshik ochilib kutgan odami yetib keldi, quvonchdan yig'lab yuboray dedi, o'tirgan joyidan zag'chaday sakrab turib ketdi, va yigitni yoniga oshiqdi.
-tug'ulgan kuningiz bn deya qo'lidagi gulni unga tutqazarkan yuzidan bitta o'pib ham qo'ydi. Atrofdagilar qiy chuv ko'tarishdi, qiz bechora uyalganidan yerga kirib ketayozdi.Tug'ulgan kun nihoyatda ajoyib o'tdi, hatto umid yulduzni valsga ham taklif qildi. Haqiqiy romantika, valsga tushargan umid qizdan taralayotgan yoqimli va nafis iforni, olovli nafasni his qilib turdi. Uning yuragida bir paytlar ko'mib tashlagan sevgi uchunqlari ko'ringandek bo'lgandi. U qizdan taralayotgan iforga sarmast bo'lib qoldi. Qizning Quloqlariga bugun juda ham ochilib ketibsiz, doim shunaqa chiroyli bo'lib yigitlarni "kompot" qilib yuring deya yarim chin yarim xazil gapirdi. Hamma tarqaldi, yarim kechagacha yigitni hayolidan qiz, qizning xayolidan yigit ketmasdi. Ularning ko'z o'ngidan birga tushgan raqslari ketmasdi. Yarim kechasi chamasi 1 lar atrofida umidni telefoniga sms keldi, ochib o'qidi.
-mani uyatga qo'yib hammani oldida o'pgani uyalmadingiz. A?
Yigit biroz xijolat bo'ldi, qilgan ishi qanchalar xato ekanligini keyin angladi. Shuning un kechirim so'rab sms junatdi.
Qiz ortiq chidab turolmadi. Telefonini qo'lga olib o'sha sehrli raqamlarni tera boshladi. 9989036162** bir ozdan so'ng "allo, eshitaman" degan ovozdan qiz nima qilarini bilmay qoldi.
-allo, asalomalekum
-voalekum assalom, qales? Uzr boya ozgina xijolat qilib quydim.
-mayli, hech qisi yo'q. Uxlamayapsizmi?
(tovba qildim, qizlarga tekkan kasallik shu bo'lsa kerak, o'zlari yarim kechasi telefon qilib uyg'otib olishadida bergan birinchi savoli "uxlamayapsizmi? Nimaga uxlamayapsiz? " ex qizlar qizlar)
-endi, yotmoqchi bo'p turgandim. Siz nega haliham uyg'oqsiz. Aqilli qizlar soat 10 bo'lmasdan uxlab sahar 4 yoki 5 da turishadi.
-lekin undan ham aqilliroq va donoroqlari kechasi 2 ga yaqin uxlab, sahar soat 10 yoki 11 da turishadi.
Ikkalalari ham kulib yuborishdi. Suhbat uzoq cho'zildi, soat qanday qilib 5 ga yaqinlashib qolganini na yulduz, na Umid payqadi.