erouy.ru

tonggi sms*COPY*2

Birinchi marta

Bahor oyi keldi. Har kungidek

bugun ham Robiyani telfoniga

SMS keldi.

“Salom. Xayirli tong! Yahshi

yotib turdingmi? Mani uyg’onib,

sog’inib qolmadingmi? Mana

bugun ham usha vaqtda SMS

yozdim))”.

Robiya ham usha javobni

jo’natdi.

“Assalomu Alekum. Sizga ham

Xayirli tong! Rahmat juda zo’r

uhladim. Sog’inchim, zarracha!)

)”

Sobirdan yana keldi:

“Yaqin kunlar uyinga onam

bilan ammamni yuboraman”.

Bu gapga Robiyadan javob

kelmadi. Nima dib ham yozardi.

Soat 10:00larda Sobir Robiyaga

telefon qildi. Nimadir

etmoqchidi. Lekin Robiya

“keyinroq o’zim telefon

qilaman. Hozir ishlarimni

qivoliy” didi. Manimcha yana

sovchilar haqida gap ketadi dib

o’ylagandir. 2 soatdan keyin

va’da bergani uchun qaytib

qo’ng’iroq qildi.

- Allo. Assalomu Alekum.

Yahshimisiz.

- Voalekum Assalom. Ha zo’r.

Ishlarinigni qilib bo’ldingmi?

- Ha. Hozircha qilib bo’ldim. Hali

yana bor.

- Man hozir daraxtga

chiqvotudim.

- Nega?

- Ko’chada bolalarni varragi

daraxtga ilinib qolibdi.

Tepasida, olsa bo’larkan.

Ushanga iltimos qilishgandi,

“Amaki olib bering, o’zi bitta

edi. Uydagilar boshqa olib

bermimiz” diyishgandi, mayli

dib obermoqchiman. Hozir

daraxtni yarimiga chiqib

qoldim. Anaqisa haliroq o’zim

SMS yozaman. SMSimni kutgin,

albatta yozaman. Yoki o’zing

qilgin. Ishlaringni hammasini

qilib bo’lib. Maylimi?

- Hop bo’ladide.

Soat 15:00 lar bo’ldi. Bu paytda

man 10 marta daraxtga chiqib

tushardim dib o’yladi Robiya.

Nega SMS yozmayaptilar. O’zim

qilaman. Raqamlarni terdi.

Javob yo’q. Qayta telefon qildi.

Yana javob yo’q. 1 soatlardan

keyin yana telefon qildi.

- Allo. Assalomu Alekum.

- Voalekum Assalom. Kim bu?

- ... (begona ovoz edi. Robiya

nima diyishini bilmiy qoldi. Sobir

hich telefonini begonalarga

bermasdi, adashmadimmi dib

raqamga qarab qo’ydi.

Adashmagan.)

- Kechirasiz. Man Sobirga

telefon qilgandim. Ularni

chaqirib bera olmaysizmi?

- Siz Robiyamisiz?

- Ha.

- Manga Sobir siz haqingizda

etgandi. Ko’p etar edi. Juda

ham ko’p etar edi.

- ...

- Sobir endi oramizda yo’q.

- Nega.....(ovozi titrab chiqdi).

- Telefonni hozircha manda.

Baxtsiz xodisa. Boya negadir

daraxtga chiqgan ekan... usha

yerdan... yiqilibdi... Shomga

chiqaramiz. Undan ayrilib

qoldik. Man haligacha o’zimga

kelolmayapman.

- ... (Robiyani qulog’iga bu

gaplar kirmasdi)

- Uzr. Boshqa gapira olmayman.

U sizga uylanmoqchi edi. Uni

telefonini endi kim tutishini

ham bilmiman. Buguncha

manda turibdi. (aloqa uzuldi)

Robiyani hayollari ostun ustun

bo’lib ketdi. Ming hayollar.

Faqat bir gapni qaytaradi:

“Yo’q. Ishonmayman. Bo’lishi

mumkin emas. Ular

o’lmaganlar. Ular tiriklar.

O’rtoqlari hazil qilishvotti.

Kimdan bilishim mumkin? Yo’q.

Uylariga boraman. Hoziroq

boraman”. dib, yo’lga chiqib

ketdi.

Sobirni mahallasiga kirib

bormoqda. Telefonga qarab

qarab qo’yadi. Hozir Sobir

qaytib telefon qiladigandek.

Qaytib telefon qilishga yuragi

betlamiydi. “Qaysi uy ediya.

Nechinchi edi. Uylarini

eslolmayapman” dib o’ylab tez

tez ketib borardi. “Shom

bo’lishiga 1 soatcha vaqt bor.

Agar rostan ham o’lgan

bo’lsalar, odamlar to’plangan

bo’lishi kerak. Ko’chani nomi

qanaqa edi. Ha. Mana shu

ko’cha. Shu ko’cha bo’lishi

kerak. Telefonlarida shu yerda

tushgan rasmlari bor edi. Shu

ko’chadan yuraman.

Mashinalar, odamlar ko’p.

Nahotki rost bo’lsa.

Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb

baqirib yubordi. Orqasidan

ayollar kevotgan ekan. Ular

kelib, Robiyadan hol ahvol

so’rashdi.

- Tinchlikmi qizim? Sizga hich

narsa bo’lmadimi? Yordam

kerakmasmi?

- A? (Robiya, ularga savol nazari

bilan qarab turardi. Nima

diyishini ham bilmasdi.)

- Sog’ligiz yahshimi? Hozir

baqirganizni eshitdik.

- Ha. Yo’q. Man yahshiman.

(ko’zi odamlar to’planib turgan

eshikda)

- Sizni tanimayroq turibman. Bu

yerda qanaqa ishiz bor edi?

- Manga bir narsani etib

berolmisizmi.... (u baribir

ishonmayotgan edi, shunga

aniqlik kiritmoqchi edi)

- Nimani qizim?

- Bu yerda kim vafot etdi?

- Bu yerdami? Bu yerda 90dan

oshgan bir otaxon bo’lardilar.

Ushalar bugun olamdan

o’tibdilar. Mahallani yuragi

edilar. Tetik edilar. Lekin

Yaratganni irodasi. Olamdan

o’tdilar.

- Rahmat. (beixtiyor Robiyani

yuziga tabbasum yugurdi,

ayollar unga qarab hayron

qolib, tuf tuflab qo’yishdi

o’zlarini o’zlari va yo’lda davom

etishdi.

Robiya ichidan buni yolg’on

ekanini hursand bo’lsada,

tashqi tarafdan uni aldashgani

nafrati yuzini burishtirib turardi.

“shunaqa narsa bilan ham hazil

qiladimi, man ularga ko’rsatib

qo’yaman hali. Kim bo’lsa ham

ta’zirini beraman. Aldoqchilar.

Agar Sobirni ham bunda qo’llari

bo’lsa, ularni hich qachon

kechirmiman. Yana maraka

borligini bilib etishgan. Mani

sinamoqchi bo’lishdimi?

Ko’rsataman ularga hali. Mayli,

muhimi sog’ bo’lsalar ham” dib

orqaga qarab yurdi. Baribir

sevgisi kuchlide. Nafratni ham

yenga oldi. Yana hayoliga bir

narsa kelib, telefonini oldi.

Sobirga telefon qilmoqchi

bo’ldi. O’lmaganini biladi endi.

Sobirni yod bo’lib ketgan

raqamlarini terdi. Qulog’iga

tutdi. Yonidan yana ayollar o’tib

ketishvotgandi. Ularni gaplari

qulog’iga chalindi; “Eshitilarmi

qo’shni, Xadichaxonni o’g’li

Sobir ham bugun olamdan

o’tibdi. Daraxtdan yiqilibdi. –

Voy eshitmagandim. Xudo

rahmat qilsin. Hali yosh bola

ediyu, nega daraxtga chiqibdi?

– Bolalarni varragi ilingan ekan.

Ushani olib beraman dibdi.

Tepasi qurigan shox ekan. Usha

sinib, yerga yiqilibdi. Shoxni biri

qorniga kirib ketganmish.

Yuragiga ham kiribdimiye.

Shunaqa diyishdi. – Voy,

yoshgina ediya. Manga ham

qancha yordam berardi. Hich

qahcon yo’q dimasdi. Ko’chada

ko’rib qolsa ham salomini

kanda qimasdi. Xadichaxonga

qiyin bo’libdiya. – Nimasini

etasiz. Bu yil uylantiraman

digandilar. – Unda tezroq

yuringlar. U yoqga ham

chiqishimiz kerak. – Buni

qaranglar, bitta mahalladan

ikki ko’chada bir kunda maraka

bo’lsaya.” dib bir birlari bilan

gaplashib o’tib ketishdi. Robiya

telefonni ushlagancha joyida

qotdi. Unda telefonda

hazillashishmagandi. Orqaga

qaytib, boshqa ko’chaga yurdi.

Qayrildi. Bu ko’cha ham tanish,

rasmini ko’rgan. To’g’ridagi

eshik yonida ham odamlar

to’planib turishibdi... Robiya yo’l

chetidagi daraxt tagiga turib,

piqilib yig’lab yubordi. Buni

kutmagandi. Juda og’ir zarba

bo’ldi. Yerga o’tirib qoldi. Bir

qancha vaqt o’tirdi. Behol...

Yonidan odamlar ikki tobutni

olib o’tib ketishdi. Ikki xil tobut.

Biri yoshniki, qizil duxoba

o’ralgan, biri qariyalarniki oq

surup o’ralgan. Odamlar tobutni

qo’lma qo’l qilib ketishvoti.

Robiya asta tobutga qarab

qo’ydi. Nima diyishni ham

bilmadi... Kun qoraygach, kimdir

uni turg’azib, manzilini so’rab,

uyiga kuzatib qo’ydi. Bu

manimcha usha Sobirni

telefonida gaplashgan yigit edi.

Robiya uyida yig’lashga ham

holi qolmagandi. O’ksib, o’ksib

qo’yardi. Onasi uni yonida nima

qilishni bilmasdan yurardi. Birga

olib kelgan yigit unga nima

bo’lganini etib berdi. Onani

ko’zlari yoshlandi. Qizini

sirdoshi edi. Nima yordam

qilishni ham bilmasdi. Tez

yordam chaqirdi. Doctor

Robiyaga tinchlantiruvchi ukol

qilib ketdi. Robiya uhlab qoldi..