erouy.ru

tonggi sms*COPY*3

Birinchi marta

Soat 6:00. Robiyani telefoniga

SMS keldi.

“Salom. Xayirli tong! Yahshi

yotib turdingmi? Mani uyg’onib,

sog’inib qolmadingmi? Mana

bugun ham usha vaqtda SMS

yozdim))”.

Robiya SMS ovozidan uyg’onib

ketib, telefonini oldi. SMS ni

o’qidi. Kulib qo’ydi. Va har

doimgi javobini yozdi.

“Assalomu Alekum. Sizga ham

Xayirli tong! Rahmat juda zo’r

uhladim. Sog’inchim, zarracha!)

)”

Yuborgandan keyin, telefoniga

qarab kulib qo’ydi. Oz kulib

turib, yuzi tezda o’zgardi. Axir

qanaqa qilib????? Hich narsaga

tushunmasdi. Qanaqa qilib SMS

keldi. Telefonini qo’liga olishi

bilan, jiringlab qoldi. Sobir

telefon qivotti. Hayron bo’ldi.

Qanaqasiga. Nahotki adashdi.

Kecha uni kimdir olib keldiku.

Telefonni oldi.

- Allo. Assalomu Alekum.

- Allo. Voalekum Assalom. Siz

Robiyamisiz. Hozir SMS ni siz

yozdingizmi? (kechagi yigitni

ovozi)

- Ha. Manga SMS keldi. Har kuni

yozadigan SMSlari. Javob

yozdim.

- Kechirasiz. Telefon hali ham

manda turibdi. Sizga hich kim

SMS yozmadi. Sizdan SMS

kelganiga, o’qib hayron bo’lib,

telefon qildim.

- Mana manga SMS keldiku.

Keyin yozdim. Yozganimdan

keyin esimga tushib, hayron

bo’lib turgandim. Siz telefon

qilib qoldingiz... (Sobir vafot

etganiga so’ngi bor ishonib,

dodlab yig’lab yubordi.)

- Robiya. Afsusdaman. Og’irroq

bo’ling. Yig’idan foyda yo’q.

Robiya yig’idan to’xtamasdi.

Onasi kelib, qizini ovutgan

bo’ldi. Robiya yana yig’lab,

yig’lab charchadi. Uhlab qoldi.

Onasi Robiyani otasi bilan

Sobirnikiga fotixa o’qigani

ketdi... Kelgandan keyin onasi

qizini boshiga kelib, “sen

albatta baxtli bo’lasan,

taqdiringga u yozilmagan ekan.

Boshqasi sani baxtli qiladi” dib,

peshonasidan o’pib qo’ydi.

Ertasi kuni tong. Soat 6:00.

Robiyani telefoniga SMS keldi.

“Salom. Xayirli tong! Yahshi

yotib turdingmi? Mani uyg’onib,

sog’inib qolmadingmi? Mana

bugun ham usha vaqtda SMS

yozdim))”.

Robiya SMSni o’qidi. Lekin javob

yozmadi. Pichirlab, siz o’lgansiz

dib qo’ya qoldi. Lekin bu unga

g’ayri tabiiydek tuyulardi.

Tushga yaqin Sobirni raqamiga

telefon qilishni dugonasidan

so’radi. Birozdan keyin

dugonasi Robiyaga qaytib

qo’ng’iroq qoldi. Telefonni

boshqa yigit olganini etdi. U

SMS yozmagan ekan dib qo’shib

ham qo’ydi.

SMS kelaverdi. Kelishdan

to’xtamadi. Har kuni. Bir xil

vaqtda, soat 6:00 da SMS

kelaverdi. 1 oy bir xil SMS.

Robiya Sobir bilan gaplashgan

oxirgi gapini esladi. “SMS

yozaman. SMSimni kutgin”

digandi. “Lekin qanaqa qilib,

buni imkoni yo’qku. Qanaqa

qilib. Ularni telefon

raqamlaridan SMS kelsade,

lekin hich kim yozmagan bo’lsa.

Man javob yozsam borsa. Mani

rosa javob yozgim keladi.

Sog’indim dib. Rosa sog’indim.

Juda sog’indim. Tunlari

yostiqlarim ho’l bo’lib ketadi,

sizni eslayverganimdan.

So’gindim dib yozgilarim keladi.

Lekin kimga yozaman. Man

yozganimni ular o’qimasalar.

Kimga yozaman????” shunaqa

lar dib yig’lardi.

Yana tong. SMS keldi.

“Salom. Xayirli tong! Yahshi

yotib turdingmi? Mani uyg’onib,

sog’inib qolmadingmi? Mana

bugun ham usha vaqtda SMS

yozdim))”.

Tanish xolat. Qaytib qo’ng’iroq

qildi. Boshqa chiday olmadi.

Telefonni so’ramoqchidi.

Bunday azobga chidolmasdi.

Telefonni bir boshqa yigit oldi.

- Allo.

- Assalomu Alekum.

- Voalekim Assalom. Eshitaman

sizni.

- Manga haligacha SMSlar

kevotti. Soat 6:00da.

Avvalgidek.

- (chuqur ho’rsinib). Man Sobirni

akasiman. Uni telefonini man

olib yuribman. Avval

etganizdan keyin, kompaniyaga

bordim. Ular arxivni ko’rib,

tasdiqlashdi. Keyin telefon

ustaga olib bordim. Ular bunga

SMS yuboruvchi programma

o’rnatilganini etishdi. Unga SMS

yozib, hohlagan paytga

yuborishga qo’ysa bo’larkan.

Sobir sizga SMS jo’natishni har

kungiga qo’ygan ekan.Programmani o’chirish uchun

parol terish kerak ekan. Afsuski

bilmayman. Usta o’chirsa,

boshqa narsalar ham o’chib

ketar ekan. Ukamni telefonida

uni eslatuvchi ko’p narsalar bor.

Shunga o’chirtira olmadim.

Sizga etmoqchi edik. Lekin

qanday etishni bilmadim. Nima

dib o’ylashizni bilmadim. O’zizni

telefon qilishizni kutdim. Sizdan

bir iltimosim bor edi. Iloji bo’lsa

biznikiga keling. Onam sizni

ko’rmoqchi edilar. Ukamni

xonasi shunday turibdi. U yerga

oldin kirmasdilar. U o’lgandan

keyin, uni eslab xonasiga kirib,

sizni rasmlarizni ko’rdilar...

ushanga siz bilan

ko’rishmoqchilar. Yo’q dimang.

Hohlasangiz, uyizdan borib olib

ketishadi.

- ... (uzoq o’ylanib. Sobirni

hurmati uchun ham rozi

bo’lishga qaror qildi). Hop.

Faqat oyim ham man bilan

boradilar.

- Mayli. Sizni 11:00 larda olib

ketgani boraman. Manzilizni

etvoring.

Robiya manzilini etdi. Keyin

onasiga etdi. Onasi boshini

egib, mayli ishorasini qildi.

Sobirni akasini ularni uyidan

olib ketdi. Uyda Sobirni onasi

Xadichaxon opa ularni yig’lab

kutib oldi. Yig’i orasida, “o’glim

yeta olmagan kelinim kelibdi”

digan so’zlari ham bor edi. Ular

Robiyani quchoqlab, rosa

yig’ladilar... Sobirni akasi o’zini

bolasini quchoqlab, homush

o’tirardi...

Robiya onasi bilan qaytib olib

ketvotganda, akasi gap boshlab

qoldi: “Man ukamni yahshi

bilmas ekanman. Siz

haqingizda ko’p gapirardi.

Sovchi ham yubormoqchi edi.

Afsuski... Telefonini man olib

yuribman. Ishlatishgamas.

Shunchaki uni tanishlari, kimdir

telefon qilsa man

gaplashaman. Ko’plar uni

olamdan o’tganini bilishmidi.

Tushuntiraman. Ko’plarni

kayfiyati juda tushib ketadi.

Manga ham qiyin. Har telefonda

uni eslab, uni tanishlariga javob

berish. Uni o’lganini eshitgan

tanishlari, u ko’p yahshilik

qilganini etib berishadi. Shu

mani ukammidi dib o’zimdan

so’rab qolaman. Hich qaysinisini

man bilmasdim. Tarixga

yozilgulik ishlar qilgan ekan.

Undan qovotganini bizani

eslashimizamas. Uni qigan

yahshiliklari ekan. Ushanga

faqat yahshilik qilish kerak

ekan. Uni birorta odam

yomonlamadi. Faqat afsus

diyishadi. Ko’pchilik akasidan

o’rnak oladi. Havas qiladi.

Manda teskarisi. Ukamga havas

qilish. Undan o’rnak olish...

Sizga yana bir gap. Sizga

Sobirni unuting dimayman.

Lekin endi o’zizni hayotingizni

qurishiz kerak. Xotiralar bilan

yashab bo’lmaydi. Uni unutsez

biza hafa bo’lmimiza. U endi

yo’q. Hich narsani

o’zgartirolmimiz. Yana sizga

boradigan SMSlar. Hohlasangiz

uni o’chirtirishim mumkin.

Kerak narsalarini ko’chirtirib

oldim. Shuni o’zizdan

so’ramoqchidim?” dib etib

qoldi. Robiya, indamadi.

Faqatgina, qolaversin dib etdi...

Ertasi kuni tong. Soat 6:00.

Robiyani telefoniga SMS keldi.

“Salom. Xayirli tong! Yahshi

yotib turdingmi? Mani uyg’onib,

sog’inib qolmadingmi? Mana

bugun ham usha vaqtda SMS

yozdim))”.

Robiya smsni yoddan bilsa ham,

baribir o’qidi. Keyin: “Aldoqchi,

uyqichi. Har doim manga o’ziz

yubormas ekansiz. Man aniq bir

vaqtda eslab yuboradilar dib

o’ylardim. Sizga ishonardim.

Yolg’onchi. Sizdan

nafratlanamaaaan, mani

tashab ketdiz” deb telefonini

devorga otib sindirdi. SIM

kartasini olib, uni ham sindirib

tashladi. U endi Sobirni

unitmoqchi edi. Boshqa telefon

ishlatmoqchi ham emasdi...

Bir necha yillar o’tib, taxminan

4 yillar. SIM karta ishlatilmagi

uchun shu aqam qayta

sotuvga chiqdi. Ancha oldin

sotuvga chiqdi. Chiroyli raqam

bo’lmagani uchunmi, yoki

nimadir sabab bu raqam

sotilmadi. Kompaniyadan bir

kishi bu raqamni sotib oldi.

Uyga kech keldi. Sumkasidan

yangi telefon olib, uni joyladi.

Va uhlab yotgan xotinini yoniga

qo’yib qo’yib, xotinini yuzidan

o’pib qo’ydi.

Erta tong. Soat 6:00. Yangi

telefonga SMS keldi.

“Salom. Xayirli tong! Yahshi

yotib turdingmi? Mani uyg’onib,

sog’inib qolmadingmi? Mana

bugun ham usha vaqtda SMS

yozdim))”.

Ayol cho’chib uyg’onib ketdi.

Yonida telefon turibdi. Telofon

bantik bilan o’ralib, qog’oz

yopishtirilgandi. Unga “Robiya

tug’ilgan kuning bilan

tabriklayman. Endi sanda ham

telefon bor. Oddiy raqam oldim.

Turmush o’rtog’ing Sanjar” dib

yozilgandi. SMS ni qayta o’qidi.

“Salom. Xayirli tong! Yahshi

yotib turdingmi? Mani uyg’onib,

sog’inib qolmadingmi? Mana

bugun ham usha vaqtda SMS

yozdim))”...

Robiya pichirlab: “Sog’indim,

lekin oldingilaridam ham

ko’proq”.