erouy.ru

...:: Qasos! ::... [-MAJNUN-]

Qarindoshlar (insent)

...:: Qasos! ::...

- 296, 297, 298, 299, 300... Bo`ldi Kinyaz 300 ta bo`ldi! -dedi. Qorachadan kelgan, taqir bosh. Yuz qiyofasi ayyorona, bir vaqtni o`zida aqilli kishini eslatuvchi Qayum.

(Qayum yoshi 50 dan oshgan, bir necha bor suzlanib uzoq muddatga qamalgan. Jinoyatchilar orasida obro`si balant. Bir necha bor qasosli qotilliklarni amalga oshirgani uchun, Qilich deb laqab olgan. )

Hozirgina yerga yotib anjumani mashig`ini 300 marta bajarga Zoyir hansiragancha Qayumga tikilib qoldi.

(Zoyir yoshi 30 da, qallig`ini o`ldirib cho`ktirib yuborganlikda ayiblanib qamalgan. Qallig`ini jasadi topilmagan, shunga qaramay sudda ayibni o`z bo`yniga olgan. Ammo boshqa hech nima demagan. Qallig`i o`lgan kuni bir ko`zidan ayrilgan. Qamoqxonaga kelgandan buyon, irodasi bo`y sunmasligi uchun Qilichning nazariga tushgan. Unga Kinyaz laqabini ham Qayum, yani Qilich bergan.)

Zoyir biroz nafasini roslagandan keyin, tepaga qarab yotti va pres mashini qila boshladi. Qayumning ishorasi bilan yonidagi yigitlardan biri Zoyirni tizzasidan pastga bosib sanay boshladi.

- 8, 9, 10... 299, 300... bo`ldi aka 300 ta bo`ldi.

Zoyir o`rnidan turar ekan, yordam bergani uchun yigitni yelkasiga qoqib qo`ydi. O`zi esa, Qayum o`tirgan kiravatga borib o`tirdi.

- Kinyaz mana bugun ohirgi kuning, ertaga chiqasan.

- Ha, Qayum aka bu kunni 8 yil kuttim.

- Hali ham kech emas o`ylab ko`r Kinyaz. Bu yerga kelganingda 22 yoshli yigitcha eding, man haqiqiy erkak bo`lding. Lekin qasos olish to`g`ri yo`l emas! Umring menikiday qamoqxonalar o`tib ketadi. Man uchun-ku bu yer, shahardan tashqaridagi kurort. Ammo san yosh umringni g`azon qilma Kinyaz..!

- Qayum aka do`stim bo`lsayz mani niyatimdan qaytarmang! Zoyir barmog`larini qarsillatib mushtini tugdi. So`ng o`rndidan turib, biton devorni mushtlay boshladi. Bu ishni juda uzoq takrorladi...

Devorda qon izi qola boshlaganda Qayum uni to`xtatdi.

- Bo`ldi Kinyaz oldimga kel!

Zoyir mushtlarni kafti bilan artgach, Qayumni yoniga kelib o`tirdi.

- Kinyaz man shu vaqtgacha sani bu yo`ldan qaytarishga urundim. Lekin san ahtdingda sobit turding, endi sanga yordam beraman. Manabu manzilga borasan, og`zi to`la tilla tish. Darrov tanib olasan, ko`p tirjayadi. Ismi Hafiz, san unga Kalla deb murajat qil. Man Kinyazman, Qilich yubordi desang bo`ldi...

- Zoyir B...ov A...vich san yaxshi hulqing uchun, muddatidan avval ozotlikka chiqyabsan. Endi, davlatimizga foyda keltirib halol yo`lni tutgin. Bu yerga qaytib kelmagin!

Eshik oldidagi qorovul chin dildan Zoyirni qo`lini siqib qo`ydi.

- Ho`p, bo`ladi...

8 yil jazoni o`tash mobaynida. Devorni mushlayverganidan qo`llari chandiq bo`lib ketgan. Shu yillar davomida o`zini yaxshi ko`rsatib, bir vaqtning o`zida tinmay mushaklariga zo`r bergan. Qamoqdan chiqgan mahbus odatda ozib, to`zib yoki kasalvant bo`lib chiqsa. Zoyir pres, yotib tortilish mashiqlari bilan muntazam shug`ullanib kelgani uchun sog`lom jismonan baquvat bo`lib ketgan edi...

Qamoqxonaning temir darvozalaridan endigan chiqgan edi. Qarshisida 50 yoshdan oshgan, g`amdan bo`lsa kerak sochlari oqarib ketgan ayol paydo bo`ldi...

Zoyir ayibdorona ayolga qarab turardi.

- Assalom... -deb ulgurmasidan yuziga tarsaki tushdi.

- Maraz iflos haliham tirikmisan! -ayol tinmay urar, borgan sayin jazavasi tutardi. Ayol ho`ngrab yig`lab yubordi, asta qaddi bukulib Zoyirnig oyog`lari ostiga o`tirdi. Zoyir engashib ayolni turgazmoqchi edi. Ammo ayol o`rnidan turmadi. Zoyirning oyog`laridan quchoqlab oldi.

- Iltimos bolamni jasadini qayerga ko`mgansan. O`tinib so`rayman, bir marta bo`lsa ham uni qabrini ko`ray, haqqiga duo qilay! -ayol o`tinib so`rardi.

Zoyir asta ayolni bag`riga bosti.

- Albatta topib beraman, albatta!

- Iltimos aytaqol, qizim Ozodani qabri qayerda. San qabrini bilasan, qizim cho`kib ketmagan! Bir oy qidirib topa olishmadi. Uning qabrini faqat san bilasan!

- Bilaman, faqat keyinroq aytaman. Oldin qiladigan ishlarimni bajarib olay! -Zoyir o`rnida turdi. Ayolni yalinib yolvorishlariga qaraman, yo`lida davom etdi...

Kun qorayganda uyiga yetib keldi. Hammayoq o`zgarib ketgan, lekin uylar o`sha-o`sha. Asta darvoza hatlab ichkariga kirdi. Ichkarida o`z ishlariga o`ralashib yurgan ayolni ko`rib o`pkasi to`lib ketdi. Ammo yig`lashga g`ururi yo`l bo`rmay, ko`zidagi bir tomchi yoshni ham artib oldi.

- Oyi...

- Zoyir bolam! -ayol sevinch ko`z yoshlarini yashira olmadi. Qo`llarini keng yoygancha o`g`liga quchog`ini ochdi. Zoyir onasini qattiq quchoqlagancha ko`ksiga boshini qo`ydi. Onasining mehirli quchog`ida butun olamni unutganday. Asta bosh ko`tardi, hovlida bir qo`lida xassaga tayangancha dadasi turardi. Qovog`i solinganidan tushundi kelgani dadasiga yoqmadi.

- Assalom a`laykum dada!

- Nega kelding oq padar?

- Dadasi bu nima deganiz? Ahir yolg`iz o`g`lim-ku! -onasi yig`lab o`g`liga qalqon bo`ldi.

- Mani o`g`lim o`lgan. Ayt uyimdan yo`qolsin!

- Yo`q... Bolam hech qayoqqa ketmaydi! -hech qachon eriga gap qaytarmagan ayol bolasi uchun eriga qarshi chiqdi.

Aslida ota harqanday vaziyatda ham o`g`lini yaxshi ko`radi. Uni duoi joni qiladi. Lekin g`urur, buni oshkor qilishga yo`l bermaydi. O`g`lini himoya qilayotgan rafiqasini bu so`zlari ayni muddo bo`ldi. Aslida o`g`lini bag`riga bosgisi kelayotgan bo`lsada, yuzini burdi indamay xonasiga kirib ketdi.

- Qo`yaver o`zi dadang ohirgi paytlarda ozroq jizzaki bo`lib qolganlar!

- Sizlarni ko`p malomatlarga qo`ydim, mani kechring oyi!

- Eee o`g`li... -ayol hursinib o`g`lini yuzlarini siladi.

- Oyijon juda charchaganman biroz dam olsam mandan hafa bo`lmasizmi?

- Voy o`g`lim nega hafa bo`lay. Ana xonang shundog`ligicha turibdi kiraqol! -dedi.

Xonasi qanday bo`lsa o`shanday, lekin ko`ziga juda g`alati ko`rindi. Bunga sabab oradan 8 yil o`tgani bo`lsa kerak. Asta xonaning xar bir burchagiga ko`z yugurtirdi. So`ngra tortdmani ochdi, eski daftarlar, kitoblar. Kitoblarni varaqladi, shunda ko`zi estalik uchun olingan eski suratga tushdi. O`zi va qallig`i Ozodaning unashtirilishlaridan avval olingan surat. Suratga tikilib qaradi, Ozoda beyg`ubor jilmayib turibdi. Asta barmog`lari bilan surat yuzini siypaladi. So`ng o`zining suratiga boqdi. Huddi yoshboladay, suratga biroz termulgach, qarshisidagi toshoynaga qaradi. Suratdagi qiyofa olam, olam orzulari bor yigitcha. Ko`zguga aks etib turgan qiyofa esa, uning maqsadi faqat qasos!

Oynaga qarab turar ekan, asta pratez ko`ziga barmog`ini botirdi. Ko`z chanog`i ichida qattiq og`riq paydo bo`ldi. Bu og`riq unga o`sha kunni yodiga tushirdi. Ko`zi oqib tushgan. Qo`lida esa, kiyimsiz, tanasi momataloq bo`lib ketgan Ozoda. Qiz deyarli nafas olayotgani sezilmas, ko`kraklarida pichoq zarbidan qolgan izlar. Avratidan qon oqib turibdi...

Bu voqea jonlangani sayin, xona ko`ziga tor bo`lib ko`rinib ketardi. Yana devorga bir-ikki musht urdi. Ammo bu devorlar, qamoqxonaning biton devori emas. Shungami mush urgan joyidagi suyoq po`kkillab qoldi. Asta jaxlini nazorat qilishga urundi. Kiravatiga cho`zilib yotgancha suratga termuldi.

- Ozoda meni kechir... Agar o`shanda qaysarlik qilmaganimda! Eeehh hali hammasini birma-bir o`ldiraman. Avval seni nomisingni toptagani uchun, bichib qo`yaman. Yo`q-yo`q kesib tashlayman. Ozg`iza solib qo`yaman. Qasam ichaman Ozoda qasam ichaman! -qasos o`tida shunchalik yonayotgani uchun bu onlarni uzoq cho`zishni istamasdi...

Bir necha soat yotgan yerida har-xil rejalarni tuzib ko`rdi. So`ng o`rnidan turib, tashqariga chiqdi. Endi ketishga shaylangan edi.

- O`g`lim yarim kechasi qayoqqa ketyabsan?

- Hovatir olmang bir joyga borishim kerak!

- Qayoqqa?

Onasi ko`zida hovotirni ko`rdi.

- Do`stim Nodirni oldiga boraychi. Biror ish topilarmikin, bekor yurmay ishlab pul topay degandim! -yolg`on gapirib bo`lsada onasini tinchlantirishni maqsad qilgan edi.

- Ertaga borarsan!

- Bugun bormasam bo`lmaydi, oyi siz hovotir olmang!

Zoyir chiqib ketdi. To`g`ri eng yaqin do`sti bo`lgan Nodirni uyiga bordi...

Eshik qo`ng`irog`ini bosdi. Sal o`tib eshik ochildi.

- Zoyir sanmisan?

- Ha o`rtog` man!

- Nega kelding? -Zoyir bolalikdagi o`rtog`i, eng yaqin do`stidan bunday sovuq munosabatti kutmagan edi.

- O`shanda eslaysanmi, suddan avval bir narsani bilib berishingni iltimos qilgan edim?

- Yodimda! Shu yerda tura-turgin man olib chiqaman. -dedida uyiga kirib ketdi. Ancha vaqt o`tgach qaytib chiqdi. Qo`lida 3 dona surat!

- Mana shularmi?

Zoyir suratlarni olib sinchiklab qaradi. Bular o`shalar!

- Ha, ha huddi shularni so`ragan edim. Rahmat o`rtog` rahmat!

- Bu kishilar sangga nimaga kerak, bular bilan nima ishing bor tushunmadim! Lekin Zoyir boshqa kelma uyimga. Sanday qotilni ko`rishni istamayman. Beychora Ozoda essiz-essiz! -dedida yuziga eshikni yopdi...

Do`sti tushunmagan bo`lsada, undan hafa bo`lmadi. Aslida nima sodir bo`lganini bilmaydi...

Endigi vazifa Qilich aytgan Hafiz Kallani izlab topish. Bu uchun ko`p vaqti ketmadi. Qilich bergan manzilni tezda topib oldi. Qandaydur foxishaxonaga kirib bordi. Eshik yonidagi qorovul yo`lini to`sdi.

- Kimsan?

- Manga Hafiz kerak!

- Bor yo`qol buyerda Hafiz yo`q! -qorovul kiritmadi.

- Manga Hafiz kerak u qayerda?

- Yo`qol dedim sanga, yo o`lgin keldimi? -qorovul buklama pichog`ini chiqarib Zoyirni bo`g`riga tiradi. Zoyir kipriq qoqmadi ham sovuqqonlik bilan qorovulni ko`ziga tikildi.

- Manga Hafiz kerak!

Bundayin souvqqonlikni kutmagan qorovul, Zoyirni birorta kalakesarlardan bo`lsa kerak deb, o`zi biroz cho`chib ketdi. Pichog`ini olayotganda, Zoyir tezda qo`lini qayirib pichoqni tortib oldi. O`zini esa bir zarba bilan yerga qulatdi. O`zi esa barmog`i bilan pichog`ni tig`ini tekshirib ko`rayotganda, u tarafga kelayotgan yigitga ko`zi tushdi.

Huddi Qilich tariflaganday, tilla tishli tirjayib turadigan yigit. Turqi huddi kuydurgan kallani eslatadi. Shunga laqabi Kalla bo`lsa kerak deb o`yladi.

- San Hafiz Kallamisan?

- Ha man. Nima ishing bor?

- Man Kinyazman mani Qilich yubordi! -Qilich so`zini eshitganidan keyin Kallani tirjaygan lablari yopilib yuzi jiddiy tus oldi.

- Kinyaz sanmisan?

- Ha man!

- Sani boshqacha tasavur qilgan edim. Ortimdan yurchi. -Kalla yo`l boshladi.

- Pichoq! -qorovul pichog`imni beradi degan maqsatda Zoyirga qo`lini uzatdi. Zoyir yana bir bor pichog`ni tig`ini tekshirdida, pichog`ni bulkadi. Qorovulga bir humrayib qo`ygach o`zini cho`ntagiga solib qo`ydi. Qorovul pichog`idan ayrilganini tushuni yana joyiga borib turib oldi...

Kalla Zoyirni o`z xonasiga olib kirdi.

- Kinyaz san ekansanda. Qoyil qoldim lekin, ho`jayinni ko`ngliga yo`l topa olibsan? -Kalla tortmadan 5 pochka 100 $ olib stol ustiga qo`ydi.

- Mana ropa-rosa 50 ming ko`kida!

- 50 ming!

- Ho`jayindan shunday buyrug` kelgan! -dedi.

Zoyir pullarni olishga shoshilmadi.

- Qurol kerakmi? -dedi Kalla.

- Mana qulol! -Zoyir mushtini ko`rsatdi.

- Hanjarchi?

Zoyir asta labini chimir jilmaydida cho`ntagida buklama pichoqni chiqardi.

- Mana qorovuling berdi! -dedi.

- Yana qanday yordam kerak?

- Manabularni topish kerak... -cho`ntagidan 3 ta suratni chiqarib stol ustiga tashladi.

Kalla suratlarni olib bir-bir termuldi.

- Manabunisini taniyman! -suratlardan birini ko`rsatdi. -Ismi Farxod bir yil avval hamkorlik qilgan edik keyin, Rossiyaga chiqib ketgan. Hozir Maskivada yaxshaydi!

- Manga aniq manzili kerak?

Kalla bir bo`lak qog`ozga manzilni yozdi.

- Manabu, uy manzili u yerdan topa olmasang. Yaqin atroflardagi qumorxona, foxishaxonalardan topasan u yosh qizlarga juda o`ch! -deb tirjaydi. - Manabu qolgan ikkitasini uncha tanimadim. Bir haftadan keyin kelasan topib beraman.

- Man yaqinda qamog`dan chiqdim. Xozircha kuzatuvdaman. Zudlik bilan Maskivaga borishim kerak!

- Sani tushundim. Buni iloji bor! -dedida hammasini Zoyirga tushuntirdi...

Zoyir bilan Kalla asta xonadan chiqib kelishdi.

- Kinyaz qizlar bor kayf qilib ketmaysanmi? -dedi Kalla.

Zoyir asta ortiga o`grildi.

- Yana shunday taklif qilsang tilingni kesib olaman! -dedi. Bu yo`l bilan o`zini jiddiy inson ekanligini ko`rsatib qo`ydi...

* * * * *

Ikki kundan keyin Maskivaga yetib keldi. Kalla aytgan manzilni topdi, ammo Farxodni topa olmadi. O`sha atrofda kivartira oldi. Asta yaqin atrofdagi foxishaxonalarga kirdi. Avvaliga o`zbek qo`shachi, foxishalarni ko`rib har birini so`yib tashlagisi keldi. Ammo bu maqsadda kelmagani uchun, ularga etibor bermaslikka harakat qildi.

Qo`smachi bilan foxishaxonadagi yoshgina qizni narxini kelishib xonaga kirdi. Qiz asta kiyimini yecha boshladi.

- To`xta yechinma! -qizni to`xtadi.

- Nega ahir haqqimni to`ladingiz-ku? -qiz hayron bo`ldi.

- Sandan bir narsani so`rayman?

- So`rang? -dedi qiz.

Zoyin cho`ntagidan Farxodni suratini chiqardi.

- Shuni ko`rganmisan?

- Yo`q! -dedi suratga qaramay. Bey etiborlik qilayotgani uchun qizdan jaxli chiqdi.

- Avval qara ko`rganmisan? -qizni iyagidan ushlab suratni basharasiga tutdi. Qiz bu qo`pollikdan darov pukkilab yig`lay boshladi. Bir muddat jaxil ustida, o`zi ham hayvonga o`xshab ketganini tushundi. Asta qizni ko`z yoshlarini artdi.

- Kechirasan... Faqat suratga qara! -dedida qizni qo`liga suratni berdi. Qiz asta ko`zlarini artib, suratga tikildi.

- Ko`rganman!

- Qayerda? -dedi Zoyir.

Qiz asta boshini egib ko`z ostidan qaradi.

- Ikki marta bo`lganman!

- Suratga yaxshilab qara, anig` shumi?

- Ha! Huddi o`sha qizligimni shu olgan! -dedi qiz.

Zoyir asta qizga jirkanib qaradi.

- Tez-tez kelib turadimi?

- Ha!

- Ohirgi marta qachon kelgan?

- Bir haftacha bo`ldi. Yangi qizlar kelsa, birinchi bo`lib qizligini olish uchun keladi!

- Demak shu atrofda yaxshaydi?

Qiz yelka qisti.

- Yordaming uchun rahmat! -Zoyir ortiga qaytdi. Qiz bu yigit yaxshi inson ekanligini tushunib tezda oyoqlari ostiga tiz cho`kib yig`lay boshladi.

- Akajon o`zbek ekansiz, mani yurtimizga olib keting!

Zoyir qizni yelkasidan ushlab o`rnidan turg`azdi.

- Sani majburan ushlab turishibdimi?

- Ha... Mani aldab olib kelgan, Pasportimni olib qo`ygan, o`ldiraman deb qo`rqitadi!

- Ismi nima?

- Maryam! -dedi qiz.

- Maryammmm! -deb baqirdi Zokir. Xonaga darov qo`shmachi kirib keldi. Qiz asta Zoyirni ortiga berkindi.

- San o`zbekmisan? -dedi.

Qo`shmachi og`zidagi zivachkasini chaynab:

- Da! -degani hamoni Zoyir yuziga kaftini orqasi bilan tarsaki tushurdi. Qo`shmasi bu kutulmagan zarbadan dumalab tushdi.

- O`zbekmisan! -Zoyir savolini takrorladi.

- Ha! -dedi ko`kargan yuzi, qo`n oqayotgan burnuni ushlab.

- Bu qiz necha yosh?

- 18!

- Bor qizni hujjatlari olib chiq!

- Bu qizni qarzi bor, qarzini to`lab bermagauncha ketmaydi! -dedi. Zoyir qo`shmachi qorniga qattiq tepdi. Nafasi ichiga tushib o`sha yerni o`zida dumalab qoldi. Buyam kamlik qilganday, qo`shmachini sochini tutamlab ushlab, tagidan qirqib tashladi. Huddi alvastiga o`xshab qoldi.

- Bor hujjalarni olib chiq! -yana buyurdi. Qo`shmacha qo`rqib ketganidan, tezda hujjatlarni olib chiqib berdi. Zoyir qo`lida qolgan, sochlarni qo`shmachini basharasiga otdi.

- Churq etsang. Soching o`rnida boshing bo`ladi!

- Hechkimga aytmayman! -qo`shmachi qo`rqib ketganidan tinmay qaltirar edi.

Zoyir asta qizga qaradi, qiz ham anchagina qo`rquvga tushgan.

- Yana sanga o`xshagan yosh qizlar bormi?

- Ha!

- Qani? -Zoyir qo`shmachiga qaradi.

- Ular o`zi rozi bo`lib kelgan! -dedi qo`shmachi.

Zoyir yana qizga o`grilib qaradi. Qiz bosh chayqab qo`shmachini gapini tastiqladi.

- Majburan ushlab turilmagan bo`lsa mani ishim yo`q. San qiz naralaringni yig` man bilan ketasan! -dedi. Qiz shoshgancha kiyimlarini yig`ishtirdida Zoyirni ortidan ergashdi...

Kivartiraga yetib kelgunlaricha, Zoyir indamadi. Qiz ham churq etmay ortidan ergashib keldi.

- Istasang ertagayoq ayraportga olib borib qoyaman, O`zbekistonga belet olib beraman. Agar man bilan qaytishni ihtiyor qilsan, unda o`zing bilasan..!

- Man qo`rqaman, Maryamni odamlari tutib olishidan.

- Bu yerda qancha turishimiz nomalum, o`ylab ko`r?

- Siz bilan qaytaman, ungacha uy yumishlarizni qilaman. Hamma istagizni bajaraman!

- Hamma istak deganda yotishni nazarda tutyabsanmi?

Qiz bosh chayqadi.

- Isming nima?

- Guli!

- Bilib qo`y Guli, yana bir marta shunday desang. Sani o`zim qo`shmachini qo`liga olib borib topshiraman... -dedi.

Guli qo`rqib ketdi.

- Ho`p, ho`p! -bosh chayqadi.

- O`zbek qizisan, o`zbek nomini buncha yerga urma... Ha sanga enagalik qilgim yo`q. Haladenlikdagi bor narsalar bilan qornini to`qla. Telvizir ko`r, faqat manga yaqil kelma. Savol berma, ishimga aralashma! -dedi jiddiy ohangda.

So`ng qizni xonada qoldirib o`zi chiqib ketdi...

Oradan bir hafta o`tib ketdi. Bugun ham Farxodni izlay-izlay topolmay yarim tunda qaytib keldi. Judayam charchagani uchun kresloda o`tirgan joyida uxlab qoldi. Birdan hushyor tortib, uyg`ondi. Qarshisida Guli termulib turardi. Birdan ko`zi g`azabga to`ldi.

- Manga yaqinlashma degandim-kuuuu! -baqirib yubordi. Guli bir sakrab tushdi. Zoyirni g`azabini ko`rib ikki qadam orqaga tistarildi. Zoyib o`rnidan turishdan avval ustiga yopilgan adyolni ko`rdi. Demak ustimni yopib qo`yish uchun kelgan ekan, deb o`ylab. G`azabi chiqib baqirgandidan biroz hafa bo`ldi. O`rnidan turib soatga qaradi. Kun allaqachon yorishgan. Vannaxonaga kirdi, yuz qo`lini yuvdi. Qaytib chiqdi.

- Guli!

- Ha, aka! -Guli Zoyirni oldiga keldi.

- Kechir, sanga baqirganim uchun!

- Sizdan hafa emasman!

- Manga birornima pishirib bera olasanmi?

- Ha albatta! -Guli oshxonaga kirib ketdi. Zoyir o`tirib ko`p, o`yladi. Hali beri bu katta shaxarda Farxodni topa olmaydi. Guli esa yosh go`zal, u aqlini o`g`irlab hato qilib qo`yishi mumkunligini o`yladi. Guli oshxonada yurib, birozdan keyin nonushta tayorlab chiqdi. Ovqat xidi dimog`iga uruldi. Bir ikki luqmani og`ziga soldi. Yaxshigina pazanda ekan, yoki 8 yil qamoqxonani beymaza ovqatlarini yeganigami, bu ovqat mazali tuyuldi.

- Qo`ling shirin ekan Guli?

Guli mamnun jilmaydi!

Zoyir ovqatni yeb bo`lgacha, biroz Gulini yuziga termulib turdi.

- Guli ertaga O`zbekistonga qaytamiz!

- Bo`ldimi ishiz bittimi?

- Yo`q. Sani tashlab qaytib kelaman!

- Man sizga halal beryabmanmi?

- San manga halal bermaysan. Lekin xissiyot halal berishi mumkun! Ertaga poyezda uyga qaytamiz. Man borib belet olib kelaman... -dedida dasturxonga duo qilib o`rnidan turib chiqib ketdi.

- Ho`p! -Guli bunga ko`ndi. Ortidan termulib qolar ekan, bu mart yigitni yoqtirib qolganini tushundi. Ammo u yaqin yo`latmasligini tushuna olmasdi...

Zoyir vagzalga bordi, ertangi poyez uchun, belet olib qaytayotgan edi. Ko`ziga tanish bashara ko`rindi. Tezda suratni olib, qaradi. Huddi o`zi bu o`sha Farxod. Asta mashinani burib uni mashinasi ortidan tushdi. Kechgacha taqib qilib yurdi. Oxiri tungi kulibga kirib ketdi. Tun yarimlaganda shira kayf qaytib chiqib mashinasiga o`tdi. Zoyir o`z mashinasidan tushganda, yomg`ir yog`a boshlaganini ko`rdi. Falak ham mani ishimni maqullayabdi, deb ahdi yanda qatiylashdi. Farxod mashinani yurgazmasdan avval uni yonidagi o`rindiqqa o`tirdi.

-..? -Farxod hayron bo`ldi.

- Salom! -Zoyir muloyimlik bilan salom berdi.

- Uhhh suka! O`zbekmisan?

- O`zbekman! -dedida Farxodni bo`yniga pichoq tiradi. Farxod qo`rqib ketdi.

- Qaltirama hayda mashinani? -dedi Zoyir. Farxod mashinani yurgazdi.

- Shaxardan tashqariga chiqamiz? -dedi. Farxod qo`rqanidan indamay buyruqni bajardi.

Shaxar chetiga yetganda, yomg`ir sharros quyib, atrofni ko`rib bo`lmay qoldi.

- To`xtat mashinani! -Zoyir pichig`i bilan Farxodni bo`ynidan sil tilib qo`ydi.

- Singa nima kerak, pulmi? -Farxod bo`ynini ko`tardi.

- 8 yil oldin to`g`da bir qiz va yigitni uchratganing eshingdami?

- Yo`q mani kim bilandur adashtiryabsan! -Farxod bu voqeani darov esladi, shuni uchun rangi o`chib ketdi.

- Esingda... -Zoyir piratez ko`ziga ishora qildi. - Ko`zimga qay biring chang` solganding?

- Aytyabmanu, mani kim bilandur adashtiryabsan! -dedi.

Zoyir Farxodni soniga ikki marta pichog` urdi.

- Gapir kim?

- Ahror, Ahrorr..!

Narig`i soniga ham bir ikki bor pichog` urdi. Farxod dod sola boshladi.

- O`lging kelyabdimi baqirma! -dedida pichog`ni og`ziga tiqib tilini ustiga qo`ydi. Bu