erouy.ru

Josuslar 5 (kamolov) (3-sahifa)

Boshqalar

sog'inch va alam hissi qayta chulg'ay boshladi. Ko'z o'ngimda o'zim tug'ilib o'sgan qishloq, oriq-semiz, uzun-qisqa odamlar gavdalandi. Ular orasida ota-onam, yaqinlarimgina ko'rinmasdi.

Odamlar men tomon nafrat aralash boqishardi va baravariga qo'llarini oldinga cho'zib meni qarg'ashardi.

Xo'rligim keldi.

Axir, men vatanimni himoya qilyapman, shu qora-ko'zlar tinch yashashi uchun jonimni jabborga bermoqdaman. Nega ular meni qarg'ayverishadi?..

Qurib ketsin! Agar qarg'ishga arzirli xatoga yo'l qo'ygan bo'lsam, mayli, qarg'ishlari ura qolsin, xudoyim!

(davomi bor)