erouy.ru

Josuslar 4 (kamolov) copy

Boshqalar

Anchadan beri bu qadar maza qilib dam olmagandim. Hammomdan qushdek yengil bo'lib chiqdim-u, kvartiraga yo'l oldim. Yo'q, endigi ishim konteynerni ochib, maxsus kod yordamida Rezidentning navbatdagi topshirig'ini aniqlash. Afsuski, ish chatoqqa o'xshab qoldi. Ilgari foydalanilgan aloqa qutisi ham, aloqa qilishimiz uchun imkon beriladigan barcha narsalar yo'q qilinibdi. Ha-a, shuning uchun ham hammomni o'ylab topishgan ekan-da!.. Endi topshiriqni yuzma-yuz uchrashibgina olish mumkin.

Topshiriq ham olindi. Bu gal men xuddi teatrdagi kabi «spektakl» namoyish etishim zarur bo'ladi. Spektakl esa, fojiali tus olishi talab qilingan. Shunday ekan, egnimdagi kiyimim ham fojiaga yaqin bo'lishi kerak. Boshimdan tortib oyog'imgacha qora kiyim kiygan bo'lishim shart.

Ko'zguga boqdim. Boshimda qora kepka, egnimda ham, oyog'imda ham qora kiyim. Bu ko'rinishim «bosh rol»ni men bilan birga ijro etuvchi shaxsni qo'rqitishi tayin. To'liq amin bo'lgach, tunda Rezident tomonidan ko'rsatilgan manzil tomon yo'l oldim. Boradigan joyim dala hovli edi. Ichkariga kirdim. Latta bilan yaxshilab o'ralgan bolg'a ko'magida yasatilgan uydagi eski ko'zguni urib sindirdim. Televizorni ag'anatdim. Ha, spektaklning boshlanishi yomon emas. Endi uy egasini kutishdan bo'lak ish qolmadi hozircha. Rezident aytganidek, u soat kechki o'nda kirib keldi. Eshikka o'rnatilgan chet el qulflarini uzoq vaqt paypaslanib ochdi. Ichkariga kirib chiroqni yoqdi-yu…

Polda sochilib yotgan ko'zgu bo'laklarida mening aksimni ko'rdi. Orqasida jimgina qarab turardim. U ma'lum vaqt harakatsiz turib qoldi. Shunda sezdimki, egnimdagi qora kiyimlar uni dahshatga sola boshladi.

Men kutilmaganda unchalik kuchli bo'lmagan zarba bilan uy egasini hushidan ketkazdim. So'ngra barcha kiyimlarini yechib tashlab, o'zini kursiga o'tqazdim-da, qo'l oyoqlarini boylab tashladim.

* * *

Xo'sh, endi-chi?.. Qip-yalang'och odam kiyimdagining qarshisida o'zini butkul himoyasiz va ojiz his etadi. Ko'z oldida faqat ajal namoyon bo'ladi.

Qarasam, sal narida juda qimmatbaho guldon yaraqlab turibdi. Qo'limga olib polga urdim. Chil-chil sindi. Ha, bu harakatim uy egasini darrov hushiga keltirdi shekilli, qimirlashga urina-urina ko'zlarini ochdi.

— Qo'rqib ketdingmi? — xayolan so'radim undan. — Qo'rqaver! Bu boshlanishi xolos. Hali hammasi oldinda.

Yarim soatcha o'z holiga qo'yib berdim. Mayli, hushini bir joyga yig'sin. O'zini qanday, qay usul bilan o'ldirishlari haqida bosh qotirsin. Xo'sh, topdingmi?.. Unda boshladik.

Og'ziga latta tiqib tashlagandim. Shartta sug'urib oldim.

— Kimsiz? — so'radi u titrab-qaqshab.

Men indamadim.

— Sizni kim bu yerga yubordi? Meni o'ldirasizmi?

Yana indamadim.

— Keling, kelishaylik! — yalina boshladi u. — Mening pulim ko'p. Judayam ko'p. Hammasini sizga beraman.

Sukut saqlashda davom etdim.

— Ishoning, men aytganingizni beraman! Faqat qanchaligini aytsangiz bas!..

Indamay turaverdim. Bildimki, indamasligim uni yanada ko'proq qo'rquvga solyapti.

— Ana, sandiqda hammasi. Keragini olavering! — davom etdi u. — Men achinmayman.

Men sekin temir sandiqni ochib dasta-dasta dollarlarni qo'limga oldim.

— Dollarlarmi? — so'radim atayin.

— Ha, dollarlar! Oling, hammasi sizniki.

— Qalbaki emasmi?

— Yo'q, yo'q. Haqiqiy. Ishonavering! — alam aralash jilmaydi uy egasi.

— Haqiqiy degin? — so'radim undan va gugurt chaqib dollarlarni yoqa boshladim.

Ana endi u haqiqatan dahshat iskanjasida qoladi. Shuncha pulni yoqqan odamdan nima kutish mumkin? Bundaylar odam o'ldirishdan sira tap tortishmaydi.

U menga yer ostidan qarab qo'ydi. Nigohlaridan payqadimki, hayotdan butkul umidini uzdi.

— Davom etaveraymi? — Bu Rezident tayinlagan o'nta savolning debochasi edi.

U indamadi.

— Bir narsaga kelishib olaylik. — dedim tepasiga kelib. — Agar bilganlaringni oqizmay tomizmay menga aytib bersang, birinchidan, manavi qimmatbaho buyumlaringning hammasi o'zingda qoladi. Ikkinchidan, raqobatchilardan xalos bo'lasan. Ya'ni, seni tobora yuqori cho'qqilarga yetaklovchi zinapoyalar bo'shab qoladi. Bilib qo'y, sen bizni umuman qiziqtirmaysan. Biz juda katta bir odamni qidiryapmiz. O'shani sening ko'magingda topishimiz va yo'q qilishimiz zarur. Agar aytganlarimni bajarsang, o'shaning o'rnini o'zing egallaysan. Uchinchidan, bizning ishonchimizga kirasan. To'rtinchidan, manavi yoqib yuborilgan pullaringni o'n baravar qilib qaytaraman. (Men Rezidentning sirli shkafidagi pullarga ishonib shu so'zlarni aytgandim) Eng asosiysi, hayotingni saqlab qolasan. Mabodo, jim turaversang, o'lim topasan. Lekin o'limingdan avval baribir men talab qilgan narsalarni aytasan. Shularni yodingda tut. O'yla. Vaqt ketdi.

* * *

Oradan to'rt daqiqa o'tgach, nihoyat u yon berdi. Bir soat ichida hammasini aniqladim. Evaziga «mijoz»im va'da qilingan pullarni oldi, men bo'lsam, axborotni. «Mijoz» qidirilayotgan «mollar» qaerdan kelishini yaxshi bilardi. Lekin qaerga ketishini bilmasdi. Endi biz uchun asosiy narsa — qaysi shaharga bu «mollar» olib boriladi-yu, qaerda pulga aylanishini aniqlash qolgandi. Yana shuni yaxshi bilardikki, biz «mol» deb atayotgan narsa — bu narkotiklar edi…

Men dala hovlini tark etdim.

Xo'sh, qanday aniqlaymiz?.. Turnaqator bo'lib ketayotgan mashinalar karvonini kuzatib boramizmi? Kuzatish uchun menga ruxsat etishmaydi. Negaki, har qanday yolg'iz ketayotgan mashina qurollangan kishilar tomonidan to'xtatib qo'yiladi. Ular bilan olishishdan sira foyda chiqmaydi. Hozirgi zamonda militsiya kiyimidagilarga ham ishonib bo'lmaydi. Nima ko'p, yo'lto'sar ko'p. Militsiya kiyimini topishadi-da, bemalol ko'zdan yiroq joylarga borib tirikchiliklarini qilaverishadi. Mabodo haqiqiy militsionerlar bo'lgan taqdirda ham, meni bo'limga olib borishadi-da, buyragimga ho'l latta bosib charchagunlaricha kaltaklashadi. Yana bu ham yetmagandek, o'n besh kun supurgi ushlab hovli tozalashga majbur qilishadi. Xudo ko'rsatmasin, kimligimni bilib qolishsa bormi, kameraga qamashadi-yu, tamom!.. Tashkilotimdagilar qaytib o'ligimniyam topa olishmaydi.

* * *

Eh, qo'limda radio, yo vertolyot bo'lganda edi!.. Afsuski, unisiyam, bunisiyam yo'q. Endi ota-buvalarimiz qo'llagan eski usullarni qo'llayman shekilli.

Do'konga bordim-da, ikkita idishda bo'yoq, bo'sh yelim xaltachalar, arqon sotib oldim. Yelim xaltachalarni bir-biriga kiydirdim. Ichiga bo'yoqlarni quydim. Og'zini arqon bilan boyladim. Arqonning bir uchiga temir ilgichlarni mahkamlab qo'ydim…

Mashinalar karvoni juda qattiq qo'riqlanishini bilardim. Kabinalarda kuzatuvchilar o'tirishadi. Bortlar atrofida ham, mashinalardan ancha orqada ham qurollangan soqchilar bo'ladi. Bunga qo'shimcha har-har joyda yana qurolli kishilar berkinib o'tirishadi. Albatta, bu mashinalarda katta pul ketib boradi. Aytgancha, oldingi hamda orqa qatorlarga besh-ettita mashina joylashtirilganki, ularda hech qanaqangi narkotik bo'lmaydi. Bu mashinalar niqob uchun shunday joylashtirilgan. Demak, men qidirayotgan narsa o'rtada. Xo'sh, qanday yo'l tutaman buyog'iga? Yo'l patrul xizmati xodimi rolini o'ynaymanmi? E, ular bu taxlit xodimlarni xodimlarni nazar-pisand qilishmaydi. Ha, poezd yo'lidan foydalanaman!.. Eng qulay usul shu…

Men mashinalar to'xtab yuk tushiradigan yaqin joydagi temir yo'l postini tanladim. Bu yerdagi shlagbaumni jinoyatchilar buzib o'ta olishmaydi. Har qanday vaziyatda ham baribir to'xtashga majbur bo'lishadi.

Navbatchi bilan tezda kelishib qoldik. Ikki shisha aroqni birgalashib ichgandan so'ng yaqin do'stga aylandik. Hatto, u bu kecha o'zining o'rniga navbatchilikda qolishimga ruxsat berdi.

O'zimcha qayta-qayta masofani, vaqt oralig'ini chamaladim. Lekin ko'zlangan mashinagacha sira yugurib o'z vaqtida yetib bora olmasdim. Vaqt ham, masofa ham menga qarshi harakatlanardi. Shunda yana kursdagi instruktorimiz aytgan gaplar yodimga tushdi.

— Eng ahmoqona g'oyalar o'ylab topishdan qo'rqmanglar. — deya tayinlagandi u bizga. — O'sha ahmoqona g'oyaning zamirida aslida bir dunyo haqiqat yashirinib yotadi.

Ana shu gaplar yodimga tushdi-yu, men o'zimga «ahmoqona» savol berib ko'rdim.

— Nega men mashinalardan berkinishim kerak? Ob'yektga tobora yaqinlashib kelayotgani uchunmi?..

Uf-f… Suvga aylanib qolsang-u, yo'lning yorilgan yeriga tushib berkinsang, yo asfalt orasidan turib kuzatsang va eng zarur paytda dast o'rningdan turib ko'zlangan ishni amalga oshirsang…

Yo'q, boshqacharoq yo'l tutaman.

Yarim kechada yo'lning mashinalar o'tadigan qismiga «Yo'l ta'mirlanayapti» degan yozuvli taxtacha o'rnatdim-da, ishga kirishdim. Yo'q, asfaltni kovlaganim yo'q. Negaki, kerakli asbobsiz asfaltni kovlab bo'lmaydi. Men temir yo'l chetiga toshchalar to'ldirilgan joydagi yerni kovladim. Hech qachon bunday qattiq ishlamagandim. Mushaklarim yorilib ketsa kerak deb o'yladim. Lekin ertalabgacha ulgurishim zarur. Xayriyat, ulgurdim. Chuqur juda qulay edi. Agar tizzalab o'tirsam, boshim ko'rinmaydi. Bemalol kuzataverishim mumkin.

Navbatchilikni topshirishdan avval ko'chani yorituvchi chiroqlardan ikkitasini sindirib qo'ydim. Chunki, ish paytida xalal beradi.

Kunduzi Rezident bergan pulga durbin, yangi mototsikl sotib oldim. Shu yerning o'zida uni bolg'a bilan urib uyoq-buyoqlarini pachoqladim, bo'yoqlarini ko'ch irib xuddi eski mototsikl ko'rinishiga keltirdim.

Narkotiklar xom ashyosi saqlanadigan ombor men qazigan chuqurdan bir chaqirimcha kelardi. Ikki kun o'tib bu yerga mashinalar yaqinlashib kelishdi. Yuklarni mashinalarga orta boshlashdi. Mening ixtiyorimda esa, bor yo'g'i ikki soatcha vaqt qolgan xolos.

O'tish joyiga keldim-da, tanish va do'stga aylanib ulgurgan navbatchining qo'liga bir shisha aroq tutqazdim.

— Iltimos, shlagbaumni yopib qo'y! — dedim uning yelkasiga qoqib. — Bu narsa hayot-mamot degani, tushun!

Aroqni ikkalamiz navbatchilik xonasida o'tirib birga ichdik. Shishadoshimning kayfiyati ko'tirilgach, boyagi gapimni yana bir bor eslatib tashqariga chiqdim. Jimjitlik. Qazilgan chuqurga tushib kuzata boshladim. Kuzatish uchun qo'limda oddiy, kichkinagina ko'zgu bor edi. Bu ko'zgu haydovchilarning diqqatini tortmaydi.

Vaqtni to'g'ri hisoblabman. Uzoq kutdirishmadi. Mashinalar karvoni asta-sekinlik bilan temir yo'lga yaqinlashib kelardi.

— Hoy, shlagbaumni tushir! — qichqirdim o'tirgan yerimda. Va o'zim maxsus tanlab olgan igna bilan bo'yoqlar solingan qopchani teshdim.

Navbatchi ovoz qaerdan kelayotganini anglay olmay menga javoban baqirdi.

— Qaerdasan?

— Tezroq bo'l, qornim og'rib qoldi! Hozir boraman.

Shlagbaum tushirildi. Aniq bilamanki, ular shlagbaumning ustidan o'tib keta olishmaydi. Yuk haddan tashqari og'ir va qimmatli.

Mashinalar karvoni kelib to'xtadi.

— Vey, nega tushirding tayog'ingni? — so'radi haydovchilardan biri navbatchidan. — Ko'tar!.. Yo'qsa abjag'ingni chiqarib qo'yaman!

Mashinalar yo'lga tushdi. Men oldindagi yengil avtomashina va yana bir yuk mashinasini o'tkazib yuborib, bort temiriga ilgichni otdim. Buning uchun menga atigi ikki-uch soniya kifoya bo'ldi. Ana, tamom!.. Endi osilib qolgan qopchadan har o'n metrga bo'yoq tomchilab boradi. Bu meni borishim kerak bo'lgan yerga yetaklaydi. Hatto, yo'l-yo'lakay qopchani ko'rib qolishsayam birovdan gumonsirashmaydi.

Sekin navbatchilik xonasiga kirib bordim. Tanishim ikkinchi shishani ham ichib bo'layozibdi.

— Nima bo'ldi? — so'radim hech narsani payqamagan odamdek.

— Nima bo'lardi? — g'udrandi u. — Hojat chiqaradigan paytni ja topibsan o'zing ham. Bu yerda sal qursa tayoq yeyayozdim.

— Bo'pti, men boray. Negadir qorin og'rishi pasaymayapti.

Shox-shabbalar orasiga mototsiklni berkitgandim. Chiqarib oldim-da, bo'yoqlar to'kilgan iz bo'ylab jo'nadim. Bir zumda mashinalarga yetib oldim. Ammo yaqin bormadim. Hamma narsaning vaqti-soati bor.

* * *

Xom ashyoni qayta ishlab sotuvga tayyorlaydigan kichkinagina zavodga yetguncha ancha ovora bo'ldim. Baribir topdim. Xuddi shu yerda narkotik moddalar qayta ishlanib yana mashinalarga yuklanadi-da, sotish uchun olib ketiladi.

Tunlari butun atrofni daydib o'zimga kuzatish uchun qulay joy qidirdim. Topgan yerimga belgi qo'yib ketaverdim. Kunduzlari esa, maxsus kovlagan chuqurlarda o'tirib ob'yekt hududidagi harakatni kuzatdim. Tashqaridan qaraganda, bu yerda hammasi joyidadek. Odamlar ikki smenada ishlasharkan. Maxsus mashinada qo'riqchilar tunu kun zavod atrofida aylanib yurishadi. Shunday pishiq niqoblanganki, yillab o'tirsang ham nimaligini bila olmaysan. Smena asosan kechalari almashinadi. Hatto, axlatni ham to'rt tomoni yopiq mashinalarda olib chiqib ketishadi. Qaerga olib borishadi, Xudo biladi. Agar men sinchiklab o'rganmaganimda, asfalt zavodi bo'lsa kerak degan xayolga borish ham hech gap emasdi.

Mayli, nima bo'lmasin, baribir ob'yektga yaqinlashmasdan ilojim yo'q. Joy ham bittagina. Darvoza ro'parasidagi chuqurlik. Bu yerga hech kim e'tibor berayotgani yo'q. O'zimga ham qulay.

Rezident taqdim etgan konteynerni ochdim. Bunday hollarda ochishga ruxsat etiladi. Ichida menga kerakli kiyimlar mavjud edi. Kiydim. Belimga o'qdonni taqdim. Uzoq vaqt qurol tanlayolmay xunob bo'ldim.

— Keraksiz quroldan voz kechishda havaskor darrov professionaldan ajralib qoladi. — degandi kursda instruktor. — Professional qayoqdagi avtomat, yoki to'pponchalarni ko'tarib yurmaydi. Boshqa yaxshiroq qurol qidiradi.

Xo'sh, o'sha yaxshiroq qurol nima?.. Ha, mening qurolim ko'rinmaslik, sezdirmasdan harakatlanish. Bundan-da foydaliroq, kuchliroq qurol yo'q dunyoda. Mayli, ehtiyot shart ovoz pasaytirgichli kichkinagina to'pponcha ham ziyon qilmaydi.

Ishga tushishdan avval ichimni ham o'zim klizma yo'li bilan tozaladim. Siz nima deb o'ylagandingiz? Necha kunlab qimirlamasdan yotdim. Qolaversa, kechayam, bugun ham ovqat yeganman. Bu narsa ishda xalal beradi.

Tunda maxsus sumkaga kerakli narsalarni joyladim. Kamarni tekshirib ko'rdim. Sakrab-sakrab oldim. Bu ortiqcha ovoz chiqadimi-yo'qmi, shuni bilib olish. Hammasi joyidaligiga amin bo'lgach, chuqurdan chiqdim.

Bular ham ahmoq emasdi. Devorga yetishga hali ancha bor. Biroq besh-o'n qadam bosganimdan so'ng ilk minaga duch keldim. Bu mina degani faqat signal berish bilan kifoyalandi. Oldinda meni nima kutayapti? Bilmayman. Mabodo sal narida yana bitta mina shunday signal bersa-yu, bu qo'riqchilarning ekranida ko'rinib tursa, tamom! Yo qo'lga tushib halok bo'laman, yo meni tiz cho'kib uzr so'rashga, oyoqlarini o'pishga majbur qilishadi. Adashmagandim. Ikkinchi mina signal berib o'tirmas ekan. Badanimda chimillagan og'riqni his etdim.

Xayriyat, shundan so'ng minaga duch kelmadim. Buyog'iga endi emaklab ketish kerak bo'lardi. Faqat ehtiyot bo'lish talab etiladi. Kim bilsin, hozir qo'riqchilar bemalol o'tirgancha meni kuzatishayotgandir…

Bir amallab darvozaga yaqin qolganda to'xtadim. Mana shu yerda yana bitta chuqur qazisa bo'larkan. Shu chuqurdan turib zavod hovlisini kuzatish osonroq. Yo'q, chuqur kovlab o'tirgandan yaqin boraverganim ma'qul.

Qalin, naq belimdan keladigan o'tlar oralab keta boshladim. Yo'l-yo'lakay oyog'imga ilon po'stlari o'ralashgandek bo'ldi. Ha, men ilonlar uyasi atrofidaman chamasi. Bunday joyga har kim ham yurak yutib yaqinlasha olmaydi. Bilaman, hozir qaysidir burchakda ilon meni yoniq nigohlari bilan poylayapti. Lekin men ilonlardan qo'rqmayman. Ular ogohlantirishsiz tashlanishmaydi odamga. Hov anavi shirakayf qo'riqchilardan asrasin. Ular menga ro'para bo'lishsa, hech bo'lmaganda qo'rqib ketganlaridan baqir-chaqir qilib sirni ochib qo'yishlari mumkin.

Mo'ljallagan yerga yetgach, chuqur kovladim. Chuqur tepalarini shoxlar bilan o'radim. Faqat durbin sig'adigan ochiq joy qoldirdim…

Shu chuqurda o'tirgancha kunduzi zavod hovlisiga kirayotgan, hovlidan chiqayotgan mashinalarni, odamlarni sanadim. Ana, mahalliy davlat raqami bilan bir mashina keldi. Undan non tushirishdi. Ishchilarga tushlik uchunmi bu nonlar? Yo'q, tushlikmas, bir kunlik ovqat bo'lsa kerak. Qiziq, nechta ekan nonlar miqdori? Elliktachamikan? Har bir ishchiga yarimtadan. Unda yuz kishi ishlaydimi bu yerda? Mayli, o'ntasi mehmonlar, zahira uchun bo'lsin. To'qsonta aniq bo'lishi kerak. O', yana bitta mashina keldi. Soqchilar darvozani ochishga shoshilishayapti. Rahbarlar shekilli. Yuz tuzilishlari, sochlarining rangi, asosiy belgilarini eslab olishim shart.

Keyingisi ko'mir ortgan mashina edi. Nima kerak ekan ko'mir ularga? Xonalarni isitish uchunmi? Yo narkotik ishlab chiqarish uchunmi? Balki, hammomni isitishgadir?

Anavi mashina suv tashiydigan ekan. Ha, xuddi shu mashinaning ichida zavod ichkarisiga kirib olsa bo'ladi. Hisobga olib qo'yay.

Eh, kun shunaqangi issiqki, ustimdagi shox-shabbalar ham qizib borayapti. A'zoyi badanimdan ter quyila boshladi. Shunisi yetmay turgandi. Axir, menga terlash umuman mumkin emas. Birinchidan, yonimda bor yo'g'i bir shishagina suv bor. Ikkinchidan qo'riqchi itlar ter hidini tez tuyishadi. Hammasini hisobga olibman-u, quyosh masalasini o'ylamabman. Ahmoqman-da, sal nari surilsam soya tusharkan-ku!..

Yana yuk mashinasi keldi. Undan armiyadagi kabi sandiqlarni tushira boshlashdi. Qurol solinadigan sandiqqa juda o'xshab ketadi. Qiziq, shuncha qurolni nima qilisharkin? O'zlaridagilar kammikan?

Ketidan avtobus ishchilarning yangi smenasini olib keldi. Ana ularni eslab qolmasam bo'lmaydi. To'g'ri-da, birontasini shahar ko'chalarida uchratib qolsam, sekin gapga solardim, ko'p narsalarni aytib bergan bo'larmidi…

Shu ko'yi uzoq vaqt chuqurda o'tirib qoldim. Badanlarim uvisha boshladi. Agar kursda kunlab qimirlamay o'tirishlarni tinimsiz mashq qilmaganimda, hozir bu yerda bir soat ham o'tira olmagan bo'lardim. Tag'in o'sha paytlar norozilanibman, nolibman. Mana, shunday lahzalarda ish berarkan.

Yana suv tashiydigan mashina keldi. E, bular nima ichadi o'zi? Ichidagi suvmi, yoki boshqa suyuqlikmi?..

Kechasi mashinalar kelmadi. Aql bilan ish ko'risharkan. Boshqalarning diqqatini tortgilari kelmaganga o'xshaydi. Sababi, tungi mashinalar har qanday odamda shubha uyg'otishi mumkin.

Ertalab mashinada taxta qutilar olib kelib tushira boshlashdi. Qutilarning biri qopqog'idan qandaydir yaltiroq temir chiqib turganiga ko'zim tushdi. Ie, temir shunchalik yengilmi? Qiynalmasdan ikki kishilashib qutilarni olib kirishayapti.

Kutilmaganda kallam ishlay boshladi. Ha, bu qutilarda tobut olib kelishgan. Aniq!.. Oddiy armiya tobutlari. Lekin… Nega?

Bir mahal o'sha qutilarni qaytarib olib chiqishdi-da, mashinaga qaytadan yuklay boshlashdi. Yaxshilab e'tibor berdim. Qutilarni tushirgandagiga nisbatan ehtiyotkorroq bo'lib yuklashayapti.

Oradan hech qancha o'tmay, hovli tomondan qo'liga qo'lqop kiygan erkak chiqib keldi. Egnida oq xalat. Aftidan jarrohga o'xshaydi. U yonidagilarga nimalarnidir tushuntirdi. Qo'lidagi qo'lqopni yechdi.

To'xta! Tobutlarda murdalar bor. Aksincha bu tobutlarni nima maqsadda olib kelishadi? E, yo'q, yana chalg'iyapman. Bu odamlar juda ayyorga o'xshab qoldi. Hatto, men o'ylagandan ham ayyorroq. Ular tobutlarda narkotik olib ketishmayaptimi? U holda nega aynan armiya tobutlaridan foydalanishayapti? Oddiy tobutda olib ketishsa ham bo'lardi-ku!..

Yo'q, bu yerda boshqa gap bor. Harbiylarning tobutini yo'lda hech kim tekshirmaydi. Chunki, «mol»ni chegaradan olib o'tish lozim. U yerda esa, chegarachilar turibdi. Ana gap qayoqda!..

Yana bir narsa xayolimga keldi. Narkotikni hech qachon tobutga taxlab qo'ya olishmaydi. Sababi shuki, chegarachi itlar birpasda sezishadi. Demak, tobutlarda murdalar. Boyagi jarroh behuda qo'liga qo'lqop kiymagan. U murdani yorib ichiga narkotik joylaydi va qaytadan tikib qo'yadi. So'ngra tobutlar belgilangan shaharlarga jo'natiladi. Oldinda esa, jinoyatchilar ketib borishadi. Chegaradan o'tkazish, qay manzilga olib borish ularning zimmasida.

To'xta, men bir joyda qattiq adashayapman. Katta jinoyatning orasiga tushib qolganga o'xshayman. Hali zamon tergov guruhi oyoqqa tursa-yu, bu jinoyatchilarning ketidan tushsa. Ularga nima, kalavaning uchini t opib olishsa bas. Kalavaning uchi bo'lsa, menda. U holda meni o'zimdan bo'lak hech kim himoya qila olmaydi. Ketishim kerakka o'xshab qoldi.

Yarim kechasi ketishga tayyorgarlik ko'ra boshlaganimda, yana mashinalar shovqini eshitildi. Biroq birontayam mashina darvozaga yaqin kelmadi. Hovlidan qo'riqchilar mashinasi chiqdi. Bunisi nima endi? Yo