erouy.ru

Josuslar 4 (kamolov) copy (3-sahifa)

Boshqalar

Vagonlardan biriga ko'mir yuklangan ekan. O'ylay-o'ylay, bu ham ko'nglimga o'tirishmadi. Taxtalar yuklangan vagonga o'tdim. Taxtalardan vagonning hamma chetlarida devor yasadim. Konteynerni esa, o'zim bilan olmagandim. Ehtiyot shart vagonning ostki qismiga magnit o'rnatib, o'shanga yopishtirib qo'ygandim. Tamom! Endi qo'rqmasam ham bo'ladi. Xudo xohlasa, shaharga yetib olsam bas.

Shu yotgancha ikki soatcha uxlabman. Bir mahal ko'zimni ochsam, poezd to'xtagan. Pastdan kimlarningdir qadam tovushlari, baqir-chaqirlari quloqqa chalinardi.

— U shu yerda. — derdi ovoz egasi. — Men o'zim eshitdim. Shu atrofga berkingan.

Nahotki, temir yo'l qo'riqchilari? Eh, mana buni sharmandalik desa bo'ladi. Professionallardan qutulishga qutulib, endi qayoqdagi qo'riqchilarning qo'liga tushib o'tirsam-a!..

O'zimni yo'qdek ko'rsatishning sira imkoni yo'q edi. Sekin o'rnimdan turib taxtalarni oldim-da, go'yo juda uyqusi kelayotgan odam kabi chuqur esnadim. Shu zahoti ko'zlarimga o'nlab projektorlar nuri qadaldi.

— Qo'lingni ko'tar!.. Yetib kelding! Poezd hech qayoqqa bormaydi! Vagondan tush!..

Itoatkorona pastga tushdim. Qo'llarimni kishanlashdi. Nima qilay? Qarshilik ko'rsatish befoyda.

Pastga tushgandan so'ng ko'rdimki, men turgan vagongina bepoyon kenglikda turardi.

Shundagina tushundim. Ular meni atayin bezovta qilishmagan. Kutishgan. Qulay paytni poylashgan. Uxlaganimdan so'ng men yotgan vagonni eshelondan uzishgan-u, boshqa bir teplovozga ulab noma'lum tarafga olib ketishgan. Ha, bular men bilan sichqon-mushuk o'yinini o'ynashgan. Faqat bu yerda men sichqon rolini ijro qilganman. Endi meni yeyishadi.

Charchaganimdanmi, yo boshqa sababdanmi, ishqilib, qo'rquvni his etmasdim. Buncha qurollangan kimsalarga qarshilik ko'rsatishdan ham naf chiqmaydi.

Ular meni mashinaga o'tqazishdi-da, qaergadir olib ketishdi. Yo'l-yo'lakay qaerga ketayotganimizni eslab qolishga urinardim. Mashinaning necha marta burilganini o'zimcha hisoblardim.

Meni bir joyga olib borib yerto'laga olib kirishdi va boshimga ko'zlarimgacha berkitib kiydirilgan qalpoqni yechishdi. So'ngra kiyimlarimni ham yechib olishdi.

Yerto'la nim qorong'i edi.

Qarshimda baland bo'yli erkak hozir bo'ldi. Bu anglashimcha professional Qotil edi. Nahotki, men yo'q qildim deb xayol qilganlar shu qadar ko'pchilik bo'lsa?.. Nahotki, o'z vazifamni oxirigacha ado etolmagan bo'lsam?..

— Senga bir nechta savollarimiz bor. — dedi u ko'zlarimga vajohat aralash boqib. — Sen bu savollarga istasang-istamasang, baribir javob berishga majbursan. Birinchisi, sen o'zi kimsan?

Indamadim. Shu tobda hecham past ketishni istamayotgandim. Baribir ishonmasliklarini bilardim.

— Ikkinchi savol. — devom etdi Qotil. — Axborotni kimlardan olgansan?

Yana indamadim.

— Olib kiring! — buyurdi u eshik oldida turgan qurolli yigitlardan biriga.

Eshik ochilib, o'zim yaqindagina qutqarib qolgan Rezidentning yordamchisi kirib keldi.

Uni ko'rib turgan yerimda tosh qotib qoldim.

Yordamchining ahvoliga qarab bo'lmasdi. Yuzlari qon, shishib ketgan, qo'llari shalvirab qolgandi.

— Men istardimki, — dedi Qotil. — sizlar bir-birlaringni tanib olsanglar!

Men hamon indamay turaverdim.

— Bu o'shami? — baqirdi Qotil.

Yordamchi ohista bosh egdi. Ha, u rahbarlar talab qilganidek o'zini tutardi. Lekin bu unga yordam bera olmadi. Oradan bir daqiqalar chamasi vaqt o'tib u tanasiga kelib tushgan dahshatli musht zarbidan ingray boshladi. Shunchalar baqirardiki, og'zidan vulqondek otilib chiqayotgan ko'pik va qonlar mening ko'zlarimgacha sachrardi.

— Birinchi savolga javob ber! — takrorladi Qotil.

Men sukut saqlashda davom etdim.

Bir narsaga achinardim. Nega uni saqlab qoldim. Uch haftalar avval hayotini hozirgi qiynoqlarni boshidan o'tkazishi uchun asrab qoldimmi?

Yordamchi ingrashdan to'xtab yiqildi. Nuqul xirillar, og'zidan hamon qon ketardi. Chamasi, uning o'pkasini ishdan chiqarishdi shekilli.

— Hoy, ablah, — uning tepasiga kelib dag'dag'a qila boshladi Qotil. — ayt sherigingga, birinchi savolga javob bersin!

— Mar-ha-mat! — ingragan ko'yi shivirladi Yordamchi. — Og'riyapti!..

Shundan so'ng mening ko'z o'ngimda uni qaytadan qiynay boshlashdi. Bunga chidab bo'lmasdi. Tizillab oqayotgan qon hammayog'imni bo'yab tashladi.

Qiynoq taxminan uch soatcha davom etdi. Qotil bo'lsa, birdek takrorlardi.

— Savolga javob bersin! Ayt!

Nega jim turibman, axir? Kimligimni aytsam, biror narsa o'zgarib qolmaydi-ku! Nega bechoraning joni qiynalishiga sababchi bo'layapman? Miyamga kelgan ismni aytib yuborsam, olam guliston-ku!

Yo'q, baribir jimman! Yordamchi bora-bora og'riqni ham his qilmay qo'ydi. Deyarli o'ldi. Qotilning odamlari tomonidan kesib olingan tana bo'laklari…

Qotil nihoyat Yordamchini otib tashlashga buyurdi. Bajarishdi. Men esa, negadir dahshatga tusha boshladim. Hozir navbat menga keladi. Og'riqdan zo'riqqan tanam polga qulaydi. O'zim shafqat qilishlarini so'rab qichqira boshlayman. Yo'q, o'zimni qo'lga olmasam bo'lmaydi. Balki, bu so'nggi sinovdir?

Men butkul qurolsiz emasman. Kursda behuda qiynoqlarga chidashga o'rgatishmagan. Mana endi o'sha sinovlarning haqiqiysi qarshimda turibdi.

Ular o'ylaganimdek, meni polga qulatishdi. Tovonlari bilan boshimni mahkam bosib olishdi. Qo'llarimni, oyoqlarimni boshqatdan kishanlab tashlashdi.

— Yana takrorlayman. — dedi tepamga kelib Qotil. — Kimsan?

Ha, hozir kaltaklashni boshlaydi. Jonim og'riydi. Bardoshim yetarmikan? Men baqiraman, ingrayman, o'zimni har tarafga uraman!..

Ular badanlarimni kuydira boshlashdi. Qizigan sim bosishdi. Ko'nglimdan o'tkazganimdek, ovozimning boricha qichqira boshladim. So'ngra og'riqlarga yon berdim-u, hushimdan ketdim.

Ular ustimdan sovuq suv quyishdi. Qaytadan ko'zlarimni ochdim.

— Sizlar oshirib yubormadilaringmi? — Qotilning tovushini eshitdim.

— E, qanaqa odam o'zi bu? — dedi kimdir. — Hali rostakamiga qiynab ulgurmasimizdan ayuhannos solayapti.

Ikiknchi chelakdagi suvni boshimdan quishganidan so'ng yig'lay boshladim.

— O'zingni ahmoqlikka solishni bas qil! — qichqirdi yigitlardan biri. — Savolga javob ber tez!

— Kerakmas! Kerakmas!.. — Men navbatdagi zarbadan so'ng yuztuban yiqildim.

Qo'rqib ketishdi shekilli, ular nafas rostlashim uchun imkon berishdi.

Ana endi ilgarilaridan-da battarrog'iga tayyor turishim kerak bo'ladi. Ha, jallodlar bu gal meni qattiq urishmadi. Sekinroq, lekin to'xtamasdan savalay boshlashdi. Endi chidamasam bo'lmaydi. Agar har bir zarbadan keyin hushimdan ketaversam, gumonsirashlari mumkin.

Oradan besh soat o'tgach, ular charchashdi va urishdan to'xtashdi. To'g'ri-da, tinimsiz harakat qilaverish oson emas.

— Tez orada davom ettiramiz! — deyishdi ular menga. — Kut!

Buni bilaman. Shubha ham qilmayman. Chunki, bu yigitlar ham anavi Qotilga xizmat qilishadi. Qochib hech qayoqqa bora olishmaydi.

Barchalari chitqib ketishdi. Yerto'lada men va Qotil qoldik. Hozir u meni ko'ndirishga urinadi. Afsuski, xato qilibman.

— Ahmoqlikni bas qil. — dedi u lampa ortidan turib. — Qoyil qoldim senga! Senga ishonaman. Kursmi?.. Ha, kurs. Qaerdagisi? Rostovdagisimi, yo Novosibirskdagisimi? Kechir, seni munosib baholamabman. O'ylabmanki, oddiy odamsan. Sen bo'lsang, o'zimizniki ekansan. Professional! Ancha bo'ldimi kursdan chiqib ketganingga?

Men indamadim.

— Ha, azizim, bilaman, — davom etdi u hamon muloyim ohangda. — baribir hech narsani aytmaysan. Ammo aytsang, menga ham juda qiziq bo'larmidi. Xo'sh, hozir uyoqlarda ahvol qanday-a? Kim rahbar? Kimlar haydaldi? Haliyam yigitlar birovlarning suyaklarini sindirib charchashmadimi? Bo'pti, bu ularning muammosi. Sening ham muammong! Xa-xa-xa-xa!.. Og'ayni, mayli, hech narsa aytmasang, aytma. Biroq sening ahvolingni yengillashtira olmayman. Chunki, o'zing aybdorsan. Qilar ishni qilib bo'lding. Yuqoridagilarni sening sukut saqlashing bilan hech narsaga ishontira olmayman. Allaqachon shubha uyg'otib bo'lgansan. Shunday ekan, qiymaga aylanishga tayyorgarligingni ko'raver!

U jim bo'ldi-da, sigaret tutatdi.

— Sendan faqat bir narsani so'rayman. — sigaret tutunini men tomonga puflab so'z boshladi Qotil. — Ayt, zavod sening ishingmi?

Men baribir indamay yotaverdim.

— Mayli, sen menga zavod haqida aytasan, men bo'lsam, manavi qiynoqlardan tezroq qutulish yo'lini tushuntiraman. Kelishdikmi? Seni ikki kishi kaltaklaydi. Bittasi, hov o'sha basavlat yigit. Juda jahli yomon. Ayab o'tiradiganlardan emas. U haqiqiy jallod. Sen uning qorniga tep. Yo'q, yaxshisi, pastrog'iga. Ana shundan keyin uning tepkilariga ro'baro' bo'l. Qutulasan-qo'yasan. Axir, qiynalib ketding! Senga juda achinib ketayapman. Endi sening galing. Zavod sening ishingmi, yo'qmi?

— Meniki. — deya javob qildim va boshqa so'z aytmadim. Qiynalib, bosh qotirib o'lsin. Bu jumboqni umrining oxirigachayam yecha olmaydi.

— Ha, meniki degin? — jonlandi Qotil. — Unda alvido, hamkasb! Seni ortiq bezovta qilib o'tirmayman. Faqat maslahatim shuki, qiynoqlarni cho'zdirib o'tirma. Tezroq u dunyoga ketsang, o'zingga yaxshi.

U ketdi. Sal o'tmay, jallodlar kirib kelishdi va meni goh musht, goh charm tayoq bilan kaltaklay ketishdi. Ular shoshilmasdan, sal sekinroq zarba berishardi. Baribir bu zarbalardan ham jonim og'rimay qolmadi. Hatto, vaqt o'tgani sayin zarbalar soni-yu, bu «mashg'ulot» qancha davom etganini ham chalkashtirib yubordim. Ayniqsa, men qorindan past qismiga tepishim zarur bo'lgan jahldor yigit har urganda o'zicha maza qilgandek bo'lardi. Men bo'lsam, tepishga shoshilmasdim. Shunchaki… Qotilning bu harakatimdan keyin battar azoblanganimni ko'rib zavqlanishini istamayotgandim.

— Bo'ldi, tushlikka ketdik! — dedi jahldor yigit sheriklariga. — Sen hozircha damingni ol. Ovqatlan. Zerikib qolmagin, biz tez qaytamiz!..

— Ie, — hayron bo'ldim men. — hali menga ovqat ham berishadimi nima balo? — Demak, bir hafta qiynashga ahd qilishgan.

Jallodlar ketib, yerto'laga vrach kirdi va yaralarimga qandaydir maz surdi. Mana bunisi haqiqatan qiziq edi. O'zlari urib, o'zlari davolashadimi?

Kimdir kimningdir oxirigacha yeb tugatmagan sho'rvasini keltirib oldimga qo'ydi. Qo'llarimni yechib, plastmassa qoshiq tutqazishdi.

Qo'riqchilar esa, eshik oldida turgancha mendan ko'z uzishmasdi. Ha, o'zim o'zimni o'ldirib tashlashimga bular sira yo'l bermasliklari aniq. Mayli, peshonada yozilgani bo'ladi.

Men yirtilib ketgan og'zimni bazo'r ochgan ko'yi ovqat yerdim. Yerdim-u, ko'z oldimdan Qotilning basharasi ketmasdi. Ha, u hech qachon shafqat qilmaydi menga. Hatto, shafqat qilgan taqdirda ham men qabul qilmayman. Roziman. Nogiron qilib tashlashsayam mayli. Eng asosiysi, tashkilotimning sirini aytmasam bas. Qolgani hech narsa emas.

Ovqatlanib bo'lishim hamono jallodlar kirib kelishdi-yu, kaltaklashning navbatdagi qismini boshlashdi. Azoblar changalida to'lg'onib yotarkanman, go'yoki ularga mendan hech narsa kerak emas, shunchaki qiynab-qiynab xumordan chiqqilari kelayotgandek tuyulardi. Og'zim, qo'llarim aralash zarba bermayotganlaridan esa, hali nimadir aytishim, yozishim lozimligini anglardim.

Shu taxlit ikki kun o'tdi.

— Sen jonimizga tegib ketding! — deya qichqirardi basavlat jallod yer tepinib. — Tezroq o'la qolsang-chi, xumpar!

Yana zarbalar, hushdan ketishlar…

Men bu shafqatsiz jallodlardan nafratlana boshladim. Shu jumladan, o'zimni o'zim og'riqlarga pisand qilmaslikka, hissiz yotaverishga ko'niktira borardim. Chunki, mana shugina menga yordam bera oladi. Hammasiga, o'zimga ham, qarindosh-urug'larga ham tupursam-u, xuddi og'riqni sezmaganday yotaversam, albatta g'alaba qozonaman. Bora-bora qalbimda qasos o'ti alangalana boshladi. Bilaman. Qarshimdagilar juda kichkina odamlar. Kattalarini topish menga nasib etmasligi aniq. Ammo qasosning katta-kichigi bo'lmasligi rost bo'lsa, asta-sekin shu ishga kirishmasam bo'lmaydi. Bularning qo'lida xuddi sichqon kabi o'lib ketish alam qiladi. Tishimni tishimga bosib obdon o'yladim. Topdim ham. Qanday qasos olish, qachon kirishi haqida bir qarorga keldim.

Qasos olishning dastlabki qismini boshladim. Yig'lay, yalina, tiz cho'kish yo'liga o'tdim. Urmasliklarini so'radim. Har bir zarbadan keyin turli taraflarga uchib-uchib ketaverdim. Qarshilik ko'rsatishni bas qildim. So'ngra ulardan qog'oz-ruchka berishlarini iltimos qildim. Bundan tashqari ovqat berishlarini ham qistirib o'tdim. Azbaroyi quvonib ketgan jallodlar shosha-pisha iltimosimni qondirishdi. Qo'llarimni yechib, stol ustiga qog'oz va ruchka qo'yishdi. Tepamda jahldor, basavlat jallod mendan ko'z uzmay tikilib turardi.

Men yig'lay-yig'lay, shoshilmasdan, barchasini qog'ozga harflab yoza boshladim.

Ora-orada to'xtab, qog'ozni yirtib tashlar va toza qog'oz olib qaytadan yozardim. Nihoyat tugatdim. Avvaldan o'ylangan vaziyat yuzaga kelishini kutib basavlat jallodga boqdim. U albatta stolga egilib yozganlarimni ko'zdan kechirishi shart edi. Men ham xuddi shuni kutardim. U uzoq kutdirib o'tirmadi va stolga engashdi. Ana shu tobda men qo'limdagi ruchkani jallodning ko'ziga kuch bilan tiqdim. Shu qadar chuqur botirdimki, naq miyasiga qadar yetib bordi. Jallod nimalar bo'layotganiga fahmi yetmasdan jon berdi.

Boshqa qo'lim bilan stol ustiga qo'ilgan qaynoq palov to'la temir idishni oldim-da, narigi qo'riqchining og'ziga qarata urdim. U baqirishga ham ulgurmadi. Og'zi qaynoq oshga to'lib qolgandi. Endi eshik ro'parasida turgan qo'riqchi menga qarata o'q uzishi kerak edi. Baxtim bor ekan. U ko'z o'ngida bo'layotgan ishlarni ko'rib bir necha soniya qotib qoldi. Men paytdan foydalanib eshik tomon yurdim. Qo'riqchi jonholatda to'pponchasiga yopishdi. Men ulgurdim. Men otgan temir idish tomog'iga zarb bilan urilib, uyqu arteriyasini uzib o'tdi. Qo'riqchi ham jon berdi. Og'ziga osh to'lib qolgan jallod hushidan ketgan ekan. Endigina o'rnidan qo'zg'almoqchi bo'lganda, ikki-uch musht ko'ksi aralash tushirdim. U ham sheriklari qatori hech qanday ovozsiz yorug' dunyoni tark etdi. Ana endi jonimni asrab qolish payti yetdi.

Yo'lak bo'ylab ehtiyotkorlik bilan keta boshladim. Bu ahvolda chiqish eshigigacha borsam, tashqaridagilar payqab qolishardi. O'lgan qo'riqchilardan birining kiyimlarini kiyib, uyoq-buyog'imdagi qonlarni artdim-u, yo'lga tushdim. Qo'limga ehtiyot shart jallodlarning pichog'ini oldim.

— Ey, ochmaysanmi? — deya shivirladim eshik ro'parasiga kelib.

— Senmisan? — so'radi tashqaridagi qo'riqchi.

— Kim bo'lardi?

Eshik zulfini sug'urilayotgan mahal sal chetga o'tib turdim. Qo'riqchi eshikni ochib ichkariga bir qadam tashlashi hamono pichoqni uning bo'yni aralash tiqdim. Qo'riqchi «tayyor» bo'ldi.

Ana shundan so'ng eshikni yaxshilab yopgancha yo'lga tushdim. Ketayotib yong'inga qarshi o'rnatilgan qizil qutidan lom bilan qurollandim. Kim bilsin? Tashqarida meni nimalar kutayapti…

Men tashqari deb o'ylaganim aslida yana bir yo'lak ekan. Yura-yura, oxiri zinapoyaga duch keldim. Mana shu zinalar meni aniq tashqariga olib chiqadi. Badanimdagi og'riqlarga arang chidab borarkanman, qarama-qarshi tarafdan kelayotgan bir erkakka ko'zim tushdi. Kim o'zi bu? Jangarimi?

Darrov engashib, o'zimni go'yo botinkam bog'ichini boylayotganday qilib ko'rsatdim.

— Salom, Borya! — hali yetib kelmasdan qichqirdi u. — Menga qara, yuzingga nima qildi?

U ko'ngli nimanidir sezdi shekilli, birdan orqaga tislanib to'pponchasini qo'liga oldi.

Ha, uni qo'l bilan ayni damda yengib bo'lmasdi. O'q uzishimga to'g'ri keldi. O'q ovozi butun yerto'lani tutib ketdi. Shu tobda tashqaridan kimlarningdir qadam tovushlarini eshitdim. Demak, hozircha omad mendan yuz o'girdi chog'i. Yerto'laga qaytmasam bo'lmasdi.

* * *

O'q tegmadi. To'pponchada o'q ham qolmabdi. Yaxshiyamki, cho'ntagimda yana bitta to'pponcha bor. Yo'l-yo'lakay soqchilardan ikkitasini qulatdim. Endi ular chiqish va kirish eshiklarini berkitib, meni boshi berk ko'chada qoldirish harakatiga tushishadi. Aslida, men ham ularning o'rnida bo'lsam shunday yo'l tutardim.

Shu payt chiroqlar o'chdi. Men tavakkal duch kelgan tarafga qarab keta boshladim. Yuqori qavatdan kimlarningdir baqir-chaqiri eshitilardi.

— Chiroq qani? Chiroqni olib kelinglar! Biz hozir unga ko'rsatib qo'yamiz!

Bir vaqtning o'zida menga qarama-qarshi tarafdan soqchilar bo'lsa kerak, yugurib kela boshlashdi. Men devorga qisilib olgancha ularni o'tkazib yubordim. Xayriyat, sezishmadi. Endi yerto'lada faqat mengina qolgan edim.

— Uch kishidan kam yurmalaring! — kimdir buyruq berardi soqchilarga. — Hech qachon yolg'iz yurma!

Fikrlab olishga va rejalarimni amalga oshirish uchun ixtiyorimda atigi yarim soatgina vaqt qolgan. Eng alam qiladigani, qaerda ekanimni bilmasdim. Bu yerlar menga umuman notanish edi.

O'ylay boshladim.

Bu yerto'la. Demak, oyna yo'q. Yuqoriga chiqish uchun soqchilarni yo'q qilish kerak bo'ladi. Devorlarni teshib bo'lmaydi. Betondan qilingan. Yer ostini ham qazishga ulgurmayman.

Qo'rqitishdan bo'lak chora yo'q.

Polga yotib oldim-da, to'pponcha tutgan qo'llarimni oldinga cho'zib ikki marotaba qorong'ilikka qarata o'q uzdim. Shu zahoti javob o'qi yo'llandi. Ha, mening izimdan tushganlar shunchaki havaskorlar emas. O'z ishining haqiqiy ustalari.

Kimdir ovozining boricha qichqirib so'kindi. Tushundimki, navbatdagi uzgan o'qim kimgadir tegibdi.

Ohista o'rnimdan turib paypaslana-paypaslana havo so'ruvchi trubani topdim. Bor kuchimni ishga solib yuqoriga ko'tarila boshladim. Orqada esa, hamon o'q uzishda, baqirishda davom etishardi. Bir amallab yuqoriga chiqdim. Trubaga o'ngdan yana bitta shunga o'xshash truba ulangan ekan. Xuddi o'sha yoqqa qarab sirg'ala boshladim. Qarangki, qaynaydir xonadan chiqib qoldim. Xonada hech kim yo'qligiga ishonch hosil qilgach, pastga sakradim.

Xona ichkarisi bo'm-bo'sh edi.

— Xush kelibsan! — kutilmaganda orqamdan kimningdir tovushi eshitildi.

Men qo'lga tushganimni his etdim. Lekin sir boy bermadim. Pastga sakraganda xuddi oyog'imni qayirib olganday polga dumaladim. Shu asnoda to'pponchani qo'ltig'im aralash dushmanga to'g'riladim.

Afsuski, ulgurmadim. U otgan o'q qo'limdagi to'pponchaga tegib bir chetga irg'itib yubordi. Shunisigayam shukr. O'q sal yuqoriga tekkanda men yorug' dunyoni tark etardim.

— O'ldirolmadingmi? — so'radi u. — Unda yana bir bor xush kelibsan!

Sekin tepamga qaradim. Ne ko'z bilan ko'rayki, bu Qotil edi. U yana bir bor meni yutib chiqqanidan mamnun jilmayib turardi.

— Ortiqcha harakat qila ko'rma! — ogohlantirdi Qotil. — Shu yerga kelishingni bilgandim. Faqat professionallargina shunday yo'l tutishadi. O'tir!

Men sekin o'rnimdan turib xonani ko'zdan kechirdim. Bir burchakda montirovka dumalab yotardi.

— Foydasi yo'q, — dedi Qotil mening nima qilmoqchi ekanimni payqadi shekilli. — Baribir ulgurmaysan. Yaxshisi, gaplashib olamiz. Vaqt yetarli. Anavi ahmoqlar to yerto'lani titkilab, undan so'ng yuqori qavatlarda daydib chiqqunlarigacha bir yarim soat vaqt o'tadi. Keyin esa… Kechirasan-u, seni otib tashlayman baribir. Men hamkasbim bilan anavi ahmoqlar o'rtasida qo'l jangi bo'lishini istamayman. Xo'sh, nima deysan?

Men yelka qisdim.

— Ha-a, zavoddagi ishing haqida uzoq o'yladim. — davom etdi Qotil. — Lekin o'ylab o'yimning oxiriga yeta olmadim. Qanday yo'l tutganingni hozir o'zing aytib berasan. Qani, boshla! Ixtiyoringda bir yarim soat vaqt bor. Bilki, o'sha bir yarim soatni meng senga sovg'a qilib turibman. Yo'qsa, bitta o'q bilan seni tinchitib yuborsam ham meni hech kim urishmaydi. Boshla!

— Bo'pti, — rozi bo'ldim men. — Doskaga yaqin borsam maylimi?

— Bor.

Men laboratoriya doskasiga yaqin borib bo'r bilan zavodning ko'rinishini chiza boshladim.

— Mana markaziy darvoza. Manavi yerda soqchilar…

Shularni gapirayapman-u, qanday qilib Qotilni tinchitish haqida bosh qotirardim. Xo'sh, nima qilsam bo'ladi? Bo'r bilan tushirsammi? Yo'q, bu ahmoqlik. Qo'lidagi to'pponcha ishga tushadi…

— Mana devorning umumiy hajmi. Xuddi shu yerda navbatchilar turishgandi.

— Ha-a, demak mendan pana bo'lish uchun o'zimning ortimda berkingan ekansan-da! — xoxolab kuldi Qotil. — Axir, men yonginangdan o'tib ketganman o'shanda!

Men uning so'zlariga quloq tutib o'tirmadim. Allaqachon xayolimda kurash rejasini pishitib olgandim. To'satdan polga o'tirdim-da, chap qo'lim bilan zarba berdim. Ammo u zarbani qaytara oldi. Kuchli zarb meni polga qulatdi.

— Vey, yosh bolaga o'xshamasang-chi! — deya